22
Kommunikativ kompetensiyani maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘nalishi bo‘yicha
qaraydigan bo‘lsak, maktabgacha yosh – bu shaxsning jadal rivojlanish davri, bu hissiy va
intellektual sohalarning birligi sifatida ong yaxlitligini shakllantirish, turli xil faoliyatlarda
bolaning mustaqilligi va ijodiy individualligi asoslarini shakllantirish bilan bog‘liqligini, yana
shuningdek, J.Ravenning «…kompetentsiya – bolaning qiziqish darajasiga qarab individual
ravishda namoyon bo‘ladi», degan fikrlarini tushunib yetgan holda kollej o‘quvchilarida nutq
madaniyati va fikrlash ko‘nikmalarini birgalikda shakllantirilgandagina amalga oshirish
mumkinligini anglashimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish
mashqlarini olib borishda o‘zlari ham bolalardek rolga kirishib bajara oladigan, o‘zbek xalq
og‘zaki ijodi namunalaridan foydalana olishga va to‘g‘ri fikr-mulohaza chiqarishga o‘rgatib
borishimiz muhimdir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining keng tarqalgan, bolalar uchun sevimli bo‘lgan
ertak janrlaridan foydalanishda ijobiy va salbiy qahramonlarning tilidan so‘zlayotganda bularning
hayotga bo‘lgan munosabatlarini ifodalashda o‘quvchining so‘z boyligi va nutqining grammatik
tuzilishini rivojlantirishga yordam beradigan til vakolatlarini shakllantirish eng katta
imkoniyatlarga ega. O‘quvchilar ertaklarni aytib berishda qahramonlar tilidan so‘zlay olishga,
ichki his-tuyg‘ularini uyg‘ota olishga, bolalarning so‘zlash mahoratini sezilarli darajada
boyitishga harakat qilishda o‘zlarining shaxsiy harakatlarining faollashishi, tasvirni yaratishda,
g‘oyalarni amalga oshirishda ijodkorlikning namoyon bo‘lishi, harakatlar, yuz ifodalari,
intonatsiya yordamida badiiy obrazni uzatish, o‘z nutqining o‘zini o‘zi boshqarish darajasini
oshirish, uni takomillashtirishga intilish, bolalar bilan gaplashayotganda uyatchanlik, qo‘rqoqlik,
ishonchsizlikni yengish kabi bir qancha hislatlarni shakllantirgan bo‘lmog‘i lozimdir. Pedagogika
kollejlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilarga nutq
madaniyatini o‘rganib olishlari uchun o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar muntazam ravishda
amalga oshirilib borishi muhimdir. Mashg‘ulotlar ko‘proq o‘yin tarzida, ertaklarni sahnalashtirib
jonli yetkazib bera olish ko‘nikma va malakalarini shakllantiririb borishga, o‘quvchilarning
o‘zlariga mustaqil ravishda milliy xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda yangi
obrazlarni yaratishga o‘rgatib borish ham nutq boyligining ortishiga, fikrlash doirasining
kengayishiga olib keladi. O‘quvchilar izlanishlari natijasida bir-birlari bilan erkin muloqatga
kirishishda diologik nutqdan foydalanish qoidalarini, o‘zlari o‘ylab topayotgan ertak
qahramonlarining boy sarguzashtlarini yaratish maqsadida o‘zbek tilining izohli lug‘atidagi
jumlalarni izlab topishga harakatlari natijasida monologik nutqini ham rivojlantirib boradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, pedagogika kollejlarida ta’lim olayotgan
o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda mustaqil va amaliy
topshiriqlarni birgalikda bajarib borishlari, o‘zlari erkin holatda yangi g‘oyalarni izlab topish
uchun ijodiy muhitning yaratilib berilishi o‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmalari va nutq boyligining
oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: