B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Adabiyotlar: 
1.
Н.М.Назарова. Специальная педагогика. –М.: Аcадемиа, 2000.
2.
M.Yu.Ayupova. Logopediya. –T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti, 
2011.
3.
Л.С.Выготский. Собрание сочинений. – М., 1983. т.5. 
4.
Л.О.Бадалян. Невропатология. Учебник для студентов дефектологических 
факультетов педагогических институтов. –М.: Просвещение, 1987.
5.
Богданова Т.Г., Корнилова Т.В. Диагностика познавательной сферы ребенка. –М.: 
Роспедагенство, 1994.
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 


16 
SOG‘LOM AVLOD TARBIYASIDA TIBBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH VA 
RIVOJLANTIRISH OMILLARI 
 
Abdunazarova Z.Sh. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali, o‘qituvchi 
 
Sog‘lom avlodni shakllantirish – jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish negizida 
amalga oshriladi. Buning uchun esa, jamiyatning har bir a’zosi sog‘lom turmush tarzini yo‘lga 
qo‘yishi, salomatlikni madaniyatlilikning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilish lozim. Yoshlar 
hayotida, yurish-turishida ham mana shunday yangicha tafakkurning shakllantirilishi bu boradagi 
barcha muammolarga yechim bo‘lib xizmat qiladi. 2008 yilda qabul qilingan “Yoshlar yili” 
dasturida yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllantirishning asosiy komponentlari:

yoshlarning tibbiy madaniyat darajasini oshirish; 

sog‘lom oila qurishga intilishni shakllantirish; 

OITS, giyoxvandlik, kashandaliva boshqa zararli odatlarga qarshi kurash bo‘yicha 
profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish; 

yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish; 

yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish sifatida belgilandi. 
Bu me’yoriy xujjatlarning barchasida aholi va yoshlar salomatligini muhofaza qilish, 
yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllantirish imkoniyatlari deklarativ jihatdan ko‘rsatib 
berilgan. Shu nuqtai nazardan yondoshadigan bo‘lsak, bizning nazarimizda, talaba-yoshlardagi 
reproduktiv madaniyatni shakllantirishning asosiy komponentlari va yo‘nalishlarini quyidagicha 
belgilash maqsadga muvofiqdir: 

qizlarni oilaviy hayotga ruhiy, jismoniy va tibbiy jihatlardan tayyorlash; 

talaba-yoshlarda sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv madaniyatni o‘zlashtirishiga 
erishish; 

oila, mahalla, ta’lim muassasalari, NNT, ommaviy axborot vositalari va tibbiyot 
xodimlari hamkorligida tashviqot-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. 
Ma’lumki, sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat qilish, 
faol dam olish, sport bilan doimiy shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy, kasbiy va 
psixologik gigienaga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, zarurli odatlardan o‘zini tiyish, har yili 
shifokor ko‘rigidan o‘tib turish va sog‘lom oilani shakllantirishda o‘z ifodasini topadi. 
Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi bu shaxsning sog‘lom oilani shakllantirish va sog‘lom 
farzand ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikmalarida ham o‘z ifodasini topadi. Bugungi kunda 
oliy ta’limda talaba-yoshlarni intelektual, kasbiy, ahloqiy va madaniy rivojlanish talablarini 
qondirishda, ulardagi sog‘lom turmush tarzi borasidagi bilim, ko‘nikmalarni, reproduktiv 
madaniyatni shakllantirish ta’lim maqsadlarining asosiy qismi bo‘lib hisoblanmoqda. 
Xususan, pedagogik kasb doirasidagi mutaxassislarda. Xo‘sh, buning zaruriyati nimada?
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan keng 
foydalanib kelinayotgan bir paytda onalar xastaliklari, bolalar o‘limi, zaif, nogiron bolalarning 
tug‘ilishi miqdorining ortib borayotganligi, onalar va bolalar salomatligining yomonlashuvi 
kabi noxushliklarning ham kuzatilayotganligi bevosita oila masalalariga, onalar va bolalar 
salomatligiga, sog‘lom onalardan sog‘lom farzandlarning tug‘ilishi masalasiga alohida e’tibor 
berishni, yoshlarni, hali oila qurib ulgurmasdanoq ularni oilaviy hayotga har tomonlama 
tayyorlash bilan bir qatorda, ularda oilada farzandlarning dunyoga kelishi va shu bilan bog‘liq 
masalalarga oid ilmiy asoslangan bilimlarini o‘z vaqtida va yuqori saviyada berishni taqozo 
etadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson sog‘ligining 20-25% atrof-muhit ta’sirida, 20% 
nasliy omillar asosida, qolgan 55% har-xil sabablar, o‘z sog‘ligi turmush tarziga bo‘lgan 
e’tibori ta’sirida shakllanar ekan. Sihat-salomatlik muammolari bo‘yicha keltirilgan mazkur 


17 
dalillar, shaxsning sog‘lom turmush tarzi borasidagi tasavvurlari, savodxonlik darajasi 
shaxsning o‘sib, voyaga yetishida asosiy omil ekanligini isbotlaydi. 
Sihat-salomatlik – shaxsning ijtimoiy biologik o‘sish jarayonidagi asosiy omil bo‘lib 
hisoblanadi. Mazkur tushuncha tahliliga adabiyotlarda turlicha yondashuvlar mavjud. 
Masalan, V.Dal lug‘atida “Sihat-salomatlik – bu organizmning tiriklik holati, kasallikning 
yo‘qligi” deya izohlansa, butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti salomatlik tushunchasining 
quyidagi ta’rifini taklif qiladi, ya’ni: “Salomatli – bu nafaqat kamchiliklar va kasalliklarning 
barham topishi, balki uni to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy-ma’naviy, muvaffaqiyatli 
muhofaza qilishdan iboratdir”. Yuqoridagi izohlarga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, bizningcha, 
“Sihat-salomatlik – bu insonning tom ma’noda kasalliklardan holi bo‘lgan fizik va aqliy 
holatidir”. 
Tibbiy ensiklopediyalarda sihat-salomatlik tushunchasi 4ta asosiy yo‘nalishga bo‘lib 
izohlanadi va o‘rganiladi: 
1.
Holati bo‘yicha sog‘liq. Bu yo‘nalish – organizmning umumiy holatini belgilovchi, 
uning biologik o‘sishi va rivojlanish jarayonini belgilaydi. 
2.
Harakat bo‘yicha sog‘liq. Bu yo‘nalish – inson organizmi har xil a’zolarining harakat 
vazifalarini ta’minlash, o‘sish darajasini belgilaydi. 
3.
Ruhiy sog‘liq. Bu atama fanga 1979 yilda kiritilgan bo‘lib, inson ruhiy xolatini 
aniqlaydi. Shaxsning ruhiy holati ya’ni quvonch-tashvishlari, turli o‘zgarishlar, voqealarning 
sihat-salomatlikka bo‘lgan ta’sirini tabiiy va ijtimoiy imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘rganadi. 
4.
Ma’naviy sog‘liq. Bu shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, o‘z xatti-harakatlari, 
ichki kechinmalarini tartibga solish, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik va ulardan hayot 
tarzini yo‘lga qo‘yishda foydalanish, og‘ir hayotiy vaziyatlarda oqilona yo‘l tanlash 
ko‘nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi. Ba’zi bir rus olimlari masalan, T.F.Akbashev, 
B.A.Klassov insonning ma’naviy salomatligini uch omil birligida ya’ni ijtimoiy, intelektual 
va reproduktiv sog‘liq bilan to‘ldiradilar. 
Ularning fikricha, intellektual sog‘liq fikrlash, axborotlarni qabul qilish va uni 
yetkazishda o‘z aksini topsa, ijtimoiy sog‘liq, insonni ijtimoiy faolligida jamiyatda o‘z o‘rnini 
topishi, kasbiy kamolotida o‘z ifodasini topadi. Reproduktiv sog‘liq esa ota-onalar bilan 
bo‘lgan aloqada, oilaviy munosabatlar, jinsiy madaniyat, farzand ko‘rish va uni tarbiyalash 
bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda namoyon bo‘ladi.
Salomatlik, sog‘lom turmush tarzi muammosi bo‘yicha shug‘ullanuvchi 
tadqiqotchilardan R.Ayzman ham shaxs salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganar ekan, 
uning quyidagi darajalarini ajratib ko‘rsatadi: 
-
jismoniy, ya’ni genetik, biokimyoviy, metabolik, morfologik, funksional; 
-
ruhiy, ya’ni hissiy, aqliy, shaxsiy; 
-
ijtimoiy-ma’naviy yoki ahloqiy. 
Inson jismoniy salomatligining asosini shaxs individual taraqqiyotining biologik dasturi 
tashkil qiladi, deydi olim. Ruhiy salomatligini esa inson qalban umumiy qulaylikka ega 
bo‘lishi, xulq-atvorining mutanosib tarzda boshqarishi, shuningdek, ahloqiy salomatligi esa 
qadriyatlar tizimi, ijtimoiy muhitda individ xulq-atvorining barqarorlashuvi kabilarni qamrab 
oladi. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda. reproduktiv salomatlik alohida yo‘nalish sifatida 
o‘rganilmagan bo‘lsada, shaxs ma’naviy-ahloqiy salomatligining tarkibiy qismi sifatida tadqiq 
etilgan. 
Ma’lumki, reproduktiv so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, tiklanish, takrorlanish, “produco” – 
yarataman ma’nosini anglatadi. Reproduktiv – biologiyada organizmning o‘ziga o‘xshash 
organizmlarni yaratishi, ko‘payishi ma’nosini bildiradi. Reproduktiv salomatlik esa – ayolning 
qachon va qanday sharoitda ona bo‘lishi va undan tug‘ilajak bolaning ham salomatligi uchun 
maqbul shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan salomatlik ko‘rinishidir. Reproduktiv 


18 
madaniyat tushunchasi reproduktiv salomatlikka qaraganda kengroq masalalarni qamrab oladi. 
Bunda, asosiy e’tibor, shaxsning reproduktiv salomatlik borasidagi nazariy bilimlarining 
amaliy ifodasi, shuningdek, oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasining to‘laqonli 
anglashi bilan bog‘liq savodxonlik darajasiga qaratiladi.
Chunki, tadqiqot muammosi sanalgan talaba-yoshlarda reproduktiv madaniyatni 
shakllantirish ma’naviy-ahloqiy barkamol shaxs, yetuk mutaxassisni tarbiyalashda, 
shuningdek, respublikamiz aholisining milliy, demografik, ekologik, etnopsixologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, aholining bir 
maromda o‘sishi va rivojlanishi, ya’ni, demografik mo‘tadillikni ta’minlashga ham xizmat 
qiladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish