B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
 
Abdullaeva B.S. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, p.f.d, professor
 
 
Inson shaxsining barcha bilimlari rivoji darajasiga qator yangi talablarni ilgari suruvchi 
jamiyatni axborotlashtirish ta’lim tizimini ham chetlab o‘tmadi. Yaqindagina maktab bitiruvchisi 
katta hayotga juda sekin o‘zgaruvchan holda qadam qo‘yardi. Bugungi kunda axborot oqimining 
shiddatli o‘sishi (jamiyatda axborot turlarining keskin o‘sishi) sababli har bir yangi avlod asosiy 
bilimlarni talab etuvchi butunlay yangi vaziyatga duch kelmoqda. Ko‘plab yetakchi olimlar bilim-
ma’rifatli ta’lim paradigmasiga asoslangan mavjud an’anaviy maktab modeli bugungi zamon 
talabiga javob bermasligini ta’kidlamoqdalar. Zamonaviy ta’lim muassasalari ijtimoiy faol, ijodiy 
tafakkurga ega shaxsni, bitiruvchilarda axborot oqimiga yo‘naltirilgan malakalarni 
shakllantirishga, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, mustaqil ta’lim, mavjud bilimlarni 
chuqurlashtirish va kengaytirishni o‘z oldiga qo‘ygan. Axborot kompetentligi tushunchasi 
bugungi kunda aniq belgilangan va mustahkamlangan hisoblanmaydi. Mualliflar mazkur 
tushunchaning talqinida urg‘uni turlicha qo‘yadilar. Hozirgi vaqtda “axborot madaniyati” atamasi 
qo‘llaniladigan qator ishlar mavjud bo‘lib, bunda, axborot kompetentligi to‘g‘risida gap boradi, 
ayrim tadqiqotlarda mualliflar “axborot kompetentligi” va “axborot madaniyati” atamalarini 
sinonimlar sifatida qo‘llaydilar.
Ammo mazkur tushunchalarni farqlash lozimdir. B.S.Gershunskiyning ishida ta’lim 
natijalari darajalarining pog‘onalari belgilangan bo‘lib, ular o‘sib borishi bo‘yicha quyidagicha 
ko‘rinishga egadir: savodlilik - ma’lumotlilik - kasbiy kompetentlik - madaniyat - mentalitet [1].
«Pedagogik ensiklopediya»da madaniyat “jamiyat rivojining, inson ijodiy kuchi va 
qobiliyatlari, ularning o‘zaro munosabatlaridagi, shuningdek, ular tomonidan yaratiladigan 
moddiy va ma’naviy qadriyatlardagi tarixiy muayyan darajasi. Madaniyat o‘z ichiga ... inson 
faoliyatida amalga oshiriladigan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar, intellektual, axloqiy va estetik 


10 
rivojlanish, dunyoqarash darajasi, muloqot usullari va shakllarini kiritadi” deb ta’riflanadi [2; 
b.486]. B.S.Gershunskiyning yuqorida ko‘rsatilgan ishida madaniyat – bu “insonning 
ma’lumotliligi va kasbiy kompetentliligining oliy ifodasidir. Aynan madaniyat darajasida insoniy 
individuallik to‘liq ko‘rinishda ifodalanishi mumkin” [3; b. 85] deb ta’riflanadi. 
Adabiyotlarda “axborot madaniyati” tushunchasini ta’riflashga ko‘pgina yondashuvlar 
mavjud. Adabiyotlar tahlili mazkur tushunchaning ko‘p qirraliligi to‘g‘risida xulosaga kelish 
imkonini beradi. Madaniy yondashuv nuqtai nazaridan madaniyat insonning umumiy 
madaniyatining tashkil etuvchisi sifatida, insoning axborot jamiyatida hayot faoliyati usuli 
sifatida, insonning ijtimoiy ahamiyatli axborotning butun hajmini o‘zlashtirishi davomidagi uning 
ichki olamining uyg‘unlashuvi jarayoni sifatida qaraladi. 
Tor ma’noda axborot madaniyati axborot bilan maqsadga muvofiq ishlash ko‘nikmasi va uni 
olish, qayta ishlash va yetkazish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, ya’ni 
axborot ehtiyojlarini qondirish uchun yo‘naltirilgan axborot faoliyatini amalga oshirish sifatida 
qaraladi. Mazkur holatda, axborot kompetentligi to‘g‘risida aytish o‘rinlidir. 
«Axborot kompetentligi» tushunchasining mazmuniga turli mualliflar nimalarni 
kiritishlarini ko‘rib chiqamiz. O.N.Krilova, axborot kompetentligini shaxsning axborotni mustaqil 
izlash, tanlash, tahlil qilish, tashkil etish, ifodalash va yetkazish qobiliyati sifatida qarash 
mumkinligini ta’kidlaydilar [4]. 
Amerikalik pedagog F.S.Shlextining ta’kidlashicha «maktab dasturining tayanch kursini 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan o‘quvchilar o‘z bilimlarini tanish vaziyatlarda qo‘llashga 
o‘rganadilar, diplomga ega bo‘ladilar, ammo axborot bilan mustaqil ishlash va bilim egallashni 
bilmaydilar, axborot jamiyatida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar» [5; b.6]. Shuning uchun 
zamonaviy umumiy ta’lim maqsadlaridagi asosiy ustunliklardan biri sifatida axborot 
kompetentligi hisoblanadi. N.A.Morozova o‘zining ishida [6] shaxs rivojlanishining turli yosh 
davrlarida turli asosiy kompetentliklarni shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi (masalan, 
maktabgacha davrda – birinchi navbatda shaxsiy va kommunikativ; maktab davrida – 
umummadaniy, o‘quv-bilish, axborot, kommunikativ; kasbiy tayyorgarlik davrida – qadriyatli-
mazmunli, umummadaniy, ijtimoiy-mehnat, axborot, kommunikativ, siyosiy va ijtimoiy, 
ko‘pmadaniyatli jamiyatda yashash kompetentliklari, butun umr davomida ta’lim olish qobiliyati 
va istagini amalga oshiruvchi kompetentliklar). Ammo insonning butun hayoti davomida 
shakllantirish zarur bo‘lgan qator kompetentliklar ham mavjuddir. Bunday kompetentliklarga 
axborot kompetentligi ham kiradi. 
«Umumiy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash strategiyasi»da asosiy kompetentliklar 
strukturasida axborot kompetentligi yaqqol ko‘rinishda kiritilmaganligiga qaramay, u mustaqil 
bilish faoliyati sohasidagi kompetentliklar – «turli axborot manbalaridan, jumladan maktabdan 
tashqari manbalardan bilimlarni egallash usullarini o‘zlashtirish tarkibida kuzatiladi». Mazkur 
hujjatning matnida asosiy kompetentliklar to‘plami axborot va kommunikatsion kabi sohalarni 
qamrab olishi kerakligi ta’kidlanadi. 
O.G.Smolyaninova shuningdek axborot kompetentligini “axborotni izlash, qabul qilish, 
qayta ishlash, ifodalash va yetkazishning, axborotni umumlashtirish, tizimlashtirish va bilimga 
aylantirishning universal usuli” sifatida talqin etadi [7; b. 161]. 
N.X.Nosirova bo‘yicha axborot kompetentligi quyidagilar kabi elementlarga ega bo‘ladi:
-
texnik, dasturiy vositalar va axborot sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallashga motivatsiya, ehtiyoj va qiziqish;
-
zamonaviy axborot jamiyatining tizimini ifodalovchi ijtimoiy, tabiiy va texnik 
bilimlarning majmui; 
-
izlanishli bilishga oid faoliyatning axborot asosini tashkil etuvchi bilimlar;
-
izlanishli bilishga oid faoliyatning operatsion asosini belgilovchi usullar va amallar;
-
dasturiy ta’minot va texnik resurslar sohasida izlanish faoliyati tajribasi; 
-
«inson-kompyuter” munosabatlari tajribasi [8].


11 
Axborot faoliyatidagi kompetentlik shuningdek axborot texnologiyalarining salbiy 
oqibatlarini bartaraf etish qobiliyatida ifodalanadi (masalan, haqiqatdan yiroqlashish, 
kompyuterdan qo‘rqish, muloqotning pasayishi, muloqot bo‘yicha sherigining shaxsini hisobga 
olmaslik va uni xabarlar to‘plamiga tenglashtirish hisobiga mehnatni noinsonparvarlashtirish va 
boshqalar).
Adabiyotlar tahlili «axborot kompetentligi» tushunchasining ko‘p qirraliligi to‘g‘risidagi 
xulosaga kelish imkonini beradi. Ahamiyatli belgilar qatoriga axborot dunyoqarashi, informatika 
sohasidagi nazariy bilimlar, axborotni izlash, tahlil qilish va foydalanish bo‘yicha bilimlar, 
ko‘nikmalar va malakalar majmui, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning amaliy 
ko‘nikma va malakalari, faol ijtimoiy qarashlarning va ta’lim muhiti sub’ektlari motivatsiyasining 
ifodalanganligi kiritiladi. 
«Axborot kompetentligi» tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan tor va keng ma’noda 
o‘rganiladi. Tor ma’noda axborot kompetentligi axborotni izlash, qabul qilish, qayta ishlash, 
taqdim etish, uzatish uchun yangi axborot texnologiyalari, zamonaviy texnik vositalar va 
metodlardan foydalanish ko‘nikmasi bilan bog‘lanadi. Axborot kompetentligi nafaqat axborot 
bilan ishlash uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi bilan, balki 
axborotni tahliliy-sintetik qayta ishlashni amalga oshirish, axborot-izlash tizimi sifatida 
kutubxonadan foydalanib axborot-izlash vazifalarini hal qilish, ya’ni an’anaviy texnologiyalardan 
foydalanish bilan axborot faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq. 
Ta’limni modernizatsiyalash mazmunida bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlash sifatining integral 
ko‘rsatkichi sifatida kasbiy kompetentlikni tushunish kerak bo‘lib, u muayyan bilimlar va 
ko‘nikmalar majmui orqali belgilanmaydigan, balki insonning aniq bir vaziyatda egallangan 
bilimlar va tajribalarini amalga oshirish ko‘nikmalarini ifodalaydi. O‘qituvchining kasbiy 
mahorati o‘z ichiga turli kompetentliklarni, jumladan axborot kompetentligini kiritadi. 
Zamonaviy sharoitlarda o‘qituvchining axborot kompetentligi uning umuman kasbiy 
pedagogik kompetentligini belgilashi ma’lumdir.
Shu tariqa, o‘qituvchining axborot kompetentligi uning kasbiy kompetentligining zaruriy 
tashkil etuvchisi sifatida qaraladi. Turli mualliflar o‘qituvchining axborot kompetentligiga 
informatika asoslari sohasidagi bilimlar va ko‘nikmalar; ta’lim sohasidagi hujjatlarning asosiy 
turlari va nashr ko‘rinishlarini bilish; axborotni analitik-sintetik qayta ishlashning formal 
metodlarini egallaganlik; kasbiy axborot ehtiyojlariga mos ravishda axborot izlash usullarini 
egallaganlik; axborotni interpretatsiyalash hamda ta’lim va tarbiya vazifalariga moslashtirish 
ko‘nikmalari; o‘quv axborotini bayon etish ko‘nikmalari; yangi axborot texnologiyalari va Internet 
tarmog‘idan foydalanib axborotni to‘plash, qayta ishlash, izlash, saqlash va taqdim etish bilan 
bog‘liq ko‘nikmalar; o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun unda yangi 
axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari kabi tashkil etuvchilarni 
kiritadilar. 
Kompetentlikning tabiati shundayki, u faqatgina insonning qadriyatlari bilan uyg‘un 
birlikda, ya’ni mazkur faoliyat turidan chuqur shaxsiy manfaatdorlik sharoitida namoyon bo‘lishi 
mumkin. Shuning uchun axborot kompetentligining kognitiv (bilimlar) va operatsional-texnologik 
(ko‘nikmalar, tajriba) komponentlaridan tashqari individda axborot faoliyatini sifatli amalga 
oshirishga ichki motivatsiyaning mavjudligini, mazkur faoliyatga qadriyat sifatidagi 
munosabatning mavjudligini ko‘zda tutadi. 
Axborot kompetentlikning shakllanishining mumkin bo‘lgan yo‘llarining tahlilida u yoki bu 
mutaxassisning axborot kompetentligi o‘z ichiga nimalarni kiritishini aniqlash zarur. Turli 
tadqiqotchilar o‘qituvchining axborot kompetentligi tarkibidagi qanday tashkil etuvchilarni 
ajratishlarini ko‘rib chiqamiz. 
O‘qituvchi axborot kompetentligining tuzilishi maktabdagi mavjud turli ma’lumotlar bazasi 
bilan ishlash, ularni qabul qilish va ularni o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga aylantirish qobiliyati va 
tayyorligi; olingan ma’lumotlarni tizimlashtirish hamda o‘qitishning shaxsiy usullarini tashkil 


12 
etish qobiliyati va tayyorligi; sinf jamoasi bilan ishlab faoliyatga qo‘shilish, hamkorlik qilish; 
axborot va kommunikatsiyani o‘zlashtirishning yangi texnologiyalaridan foydalanish. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish