147
darslarning sifati to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi uchun zaruriy axborotlar to‘plashi
lozim.
M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaevlar boshqaruvni – o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab
qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir deb
ta’kidlab, quyidagicha ta’rif beradi: “Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning
bajarilishini nazorat qilish jarayonidir” .
Hozirgi zamon amaliyotida boshqaruv insonlarning hatti-harakatini tartibga keltirish bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyat sifatida izohlanadi.
Boshqaruv atamasi nisbatan kengroq ma’noni anglatadi, mazkur tushuncha orqali ma’lum
bir shaxs tomonidan biron-bir ob’ektning boshqarilishini, ya’ni nafaqat insonlarni, balki, mashina,
dastgoh yoki texnologik qurilmalarni boshqarishni, shuningdek, mazkur boshqaruvchilarni ham
boshqarishni tushunish mumkin.
Yaponlar boshqaruvni avvalo, to‘la berilib ishlash, agar kerak bo‘lsa, o‘zini qurbon qilishga
ham tayyor turish, deb tushunadilar. Yaponiya boshqaruv sohasida ulkan yangiliklar yaratgan
mamlakatlardan bo‘lib, hozir ham dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
Har qanday faoliyat boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan iborat bo‘lib,
mazkur tizimlar o‘rtasidagi aloqa insonlarning o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi va mavjud
o‘zaro munosabatlar ularning faoliyatini ifodalaydi. Shunday ekan, ixtiyoriy faoliyat boshqaruvni
talab etadi, shaxsning individual faoliyatida inson o‘zini-o‘zi boshqaradi va natijalarga erishadi.
Boshqaruv insonlarning barcha faoliyatlariga tegishli jarayon bo‘lib, hayotiy ehtiyojlarni
qondirishda, maqsadlarga erishishda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni rejalashtirish,
tashkil etish, nazorat qilish tahlil qilish va baholash, mazkur jarayon ishtirokchilariga ta’sir
ko‘rsatish orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni ifodalaydi.
Boshqarish amaliyotidan ma’lumki, rahbarlik faoliyati o‘ziga xos murakkab jarayon bo‘lib,
u rahbardan nafaqat oliy ma’lumotga, balki yetarli kasbiy tayyorgarlikka, boshqaruv yunalishida
bilim, ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, ma’lum tajribaga ham ega bo‘lishni talab etadi. Ta’lim
muassasalarini boshqarish jarayonida rahbarlarning eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etuvchi
funksiyalaridan biri – bu qaror qabul kilish funksiyasi bo‘lib, ularning sifati ta’lim muassasasi
salohiyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, hodimlar bilan bir qatorda ta’lim
muassasasi faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish - bu birinchidan, ta’lim muassasasi jamoasini
uyushtira bilish, ya’ni jamoada ahillik, birdamlik va hamkorlikni vujudga keltirish, jamoa a’zolarini
jipslashtira olish va ikkinchidan o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkillashtira olish qobiliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: