340
hisoblanadi. Maktabgacha davr yoshidagi bolaning savollari shunchalik ko‘pki,
ularning
savollariga javob topish mushkul bo‘lib qoladi. Ba’zida ularning savollariga qanday javob bersam,
to‘g‘ri bo‘larkan deb o‘ylab qolasan kishi. Bola albatta, o‘z savollariga javob olishi zarur. Olganda
ham eng chiroyli, mukammal, to‘g‘ri javob olishi zarur. Ular savollariga javob olishmaguncha
tinchishmaydi. Baribir, shu bir savolini beraveradi. Shu vaqti bolani urushib, jerkib sindirmasdan,
tushuntirish ishlarini sinchkovlik bilan olib borilishi tarbiyaning ijobiy davom ettirilishi bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda sahna faoliyatining o‘rni katta. Bolaning
tarbiyasiga sahna faoliyati bir vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu vosita yordamida bolalarga axloq-
odob, yaxshilik, to‘g‘rilik, do‘stlik, saxiylik, odamiylik kabi tushunchalardan xabardor qilinadi va
shu tushunchalar singdiriladi. Yaxshi kishi bilan yomon kishilarni farqlashni o‘rganadi. Yaxshi
inson bo‘lishning mukofoti, yomon odamga jazo muqarrar ekanligini anglab yetadi.
Sahna
tomoshalari yomon odatlarni emas, yaxshilikni o‘rganishga dav’at etadi. Shu o‘rinda buyuk
sahnashunoslardan biri 1915 yil “Oyna gazetasi”da “Umumiy odatlarni naf va zararidin paydo
bo‘laturg‘on natijalarni teatrxonada iyonan ko‘rsaturlarki, har kim mundin ta’sirlanib, yomon
odatlarni tark etib yazshilikni ziyoda qilmoqg‘a sabab bo‘lur.” - degan fikrlarni aytgan ekan [1.
129-b.].
Shuning bois, sahna faoliyatida tomoshalar mazmunini ibratli, saboq beruvchi asarlar bilan
boyitish asosiy vazifadir. Maktabgacha ta’limda bayram tomoshalari, sahna o‘yinlari, qo‘g‘irchoq
teatrlari vositasida bolalarni tarbiyalash muhim mashg‘ulot turi. Sahna asarini tayyorlashda, uning
ta’sirchanligini rol ijrochilari-aktyorlar birinchi navbatda ochib beradi. Sahna dekaratsiyasi,
liboslar, grim ikkinchi o‘rinda egallaydi. Obrazlarni gavdalantiradigan rol ijrochilarini to‘g‘ri
tanlash,
shu personajga mos, loyiq bo‘ladigan ijodkor ijrochini topish teatr mazmunini ochib
berishda asosiy mezonni belgilaydi. Sahnashunoslar aktyorlarni “sahna san’atining shohi” deb
atashadi. Sahnada rol ijrochisini tanlashda uning so‘ziga-nutqiga katta talab qo‘yiladi. Teatr san’ati
namoyondalaridan biri Nemirovich Donchenko “Agar aktyor teatr san’atining shohi bo‘lsa, uning
boshidagi toji so‘z san’atidir. So‘z – aktyor ijodining zamirida yotgan barcha xatti-harakatlar
tojidir.” – degan ekan [2. 365-b.]. “Nutq-qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi”-
degan R.Emirson [2. 364-b.]. Albatta, nutq orqali barcha ichki kechinmalarni to‘liqligicha
ifodalash imkoniyati berilgan. So‘zni to‘g‘ri qo‘llay olishda katta hikmat bor. Kaykovus
“Qobusnoma” asarida “Suxandon kishilar bila ham suhbatda bo‘lg‘il va qanday qilib so‘zlash
kerakligi shartlarin ham bilg‘il.”-deya nasihat qiladi [3. 48-b.]. Nutqda so‘zning qudratini bolalar
ham juda yoshligidan anglamog‘i kerak. So‘z qudratini
idrok etishiga yordam berish, nutqni
o‘stirish, shakllantirish, rivojlantirish sahna faoliyatining ko‘p jihatdan yaxshi tashkil etilishiga
bog‘liq. Avvalbor, yaxshi mazmunli asar tanlash, asar qahramonlariga mos keladigan aktyorlar-
bolalarni tanlash, yaxshi sahna dekaratsiya yaratish, chiroyli me’yorida
grim qilish, yetarlicha
repetitsiya-mashq qilish sahna asarining sifatli chiqishiga olib keladi. Bolalar bilan birgalikda
sahna tomoshasini tashkil qilish va sahna asarini birgalikda tahlil qilish tafakkurni o‘stiradi.
Bundan tashqari ijodiy qobiliyatlar namoyon bo‘ladi. Bitta asarni sahnalashtirib bolalarga bir
qancha tushunchalarni singdirish mumkin. Agarda bir ibratli, ta’lim-tarbiya beruvchi asarni o‘qib
bersak, yaxshi natija. U asarni hikoya qilish yoki bolalarga hikoya qildirish, yana yaxshi natija.
Tanlangan asarni sahnalashtirsak, yanada yaxshi natijaga erishiladi. Bu jarayon tajribada sinalgan.
Tanlangan ertak, masal, hikoyalarni o‘qib berish doim ham yaxshi natija beravermaydi. Ularni har
xillik, rang-baranglik qiziqtiradi.
Shu bois, sahnalashtirish bolalarning mayda motorika, yirik
motorika, sensormotrikasini rivojlantiradi. Avvaliga sahna faoliyatiga qiziqishi, qobiliyati bor
bolalar bilan ishlanadi. Keyin tomoshabin bo‘lib o‘tirgan bolalarda ham rol ijro etish tushunchasi
paydo bo‘ladi va sahnada rol ijro etgan bolalardan aktyorlikni o‘rganadi. Ular ham sahna ishiga
yo‘naltiriladi. Shu tariqa sekinlik bilan barcha bolalar sahna faoliyatiga jalb qilinadi. Sahna o‘yin
kabi bolalarni o‘ziga tortadi. Ular sahnada so‘zlaydi, chuldiraydi, o‘yraydi, quvnaydi,
harakat
qiladi. Sahna bolalarga axloqiy, jismoniy, estetik va boshqa tarbiyani bir vaqtda beraoladi.
Miloddan avvalgi VI asrda yashagan Ezop masallari g‘oyaviy jihatdan adabiy bo‘lib,
voqealar ixcham, sodda tilda izchil bayon qilingan. Rivoyatlarga qaraganda, Ezop frigiyalik qul
341
bo‘lgan, keyinchalik qullikdan ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan. Delfada
o‘ldirilgan. Antik davrda ma’lum bo‘lgan masallarning deyarli barchasi Ezopniki bo‘lgan. Ezop
masallari syujeti barcha Yevropa masalchiligi syujetiga asos bo‘lgan. Uning masallari personajlari
odamlar va asosan, o‘ta shartli ravishda hayvonlar tashkil etgan. Masal (arab.-namuna, misol) -
didaktik adabiyot janri. Ta’limiy xarakterdagi, aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy shakldagi
asar [4.]. Asar mazmuni majoziy, ramzli obrazlar asosida quriladi. Ijtimoiy hayotdagi
munosabatlar ko‘pincha qushlar, qurt-qumursqalar, hayvonlar vositasida tanqid motivlari ostiga
olinib maqol, hikmatli so‘zlar va iboralar
tarzida xotima, ta’limiy xulosa yasaydi.
Misol tariqasida qadimgi yunon masalchisi Ezopning “Chumoli va Kaptar” masalini
sahnalashtirilganda:
Do'stlaringiz bilan baham: