B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Таким образом,
постепенное усложнение работы по формированию экономических 
представлений у дошкольников способствует: 

формированию экономического сознания дошкольника; 

приближению к реальной жизни; 

пробуждению экономического мышления; 

получению знаний об основных профессиях и умению рассказывать о них; 

обогащению детского словаря; 

выработке таких качеств как чувство собственного достоинства, умение честно 
соревноваться и не бояться проигрыша, стремление доводить начатое дело до конца; 

возникновению интереса к деньгам, осознанию правил их честного зарабатывания. 
Литература: 
1.
Галкина Л.Н. Экономическое воспитание детей дошкольного возраста в семье / 
Л.Н.Галкина // Бъдещите изследования: Материали за 9-а Международна научна практична 
конференция, 2013. - Т. 13. - Педагогически науки. - София: Бял ГРАД-БГ, 2013. - С. 29-32.
2.
Гогоберидзе А.Г. Дошкольная педагогика с основами методик воспитания и 
обучения: учебник для вузов. Стандарт третьего поколения / А.Г.Гогоберидзе; под ред. 
А.Г.Гогоберидзе, О.В.Солнцево. – СПб.: Питер, 2013. – 464 с.
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
ZAMONAVIY TA’LIM SHAROITIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA 
TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH 
 
O‘razimbetova A. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti
 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, o‘rta ta’lim muassasalari, 
xususan, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari ta’limi tuzilmasi va mazmunini tubdan yaxshilash 
ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tayanch kompetensiyalarini 
shakllantirish masalasi hozirgi uslubiy adabiyotlarda til, lug‘at boyligi va nutq madaniyati haqida 
bilimlarga turlicha yondashuvlar asosida hal qilinadi.
Rasmiy hujjatlarda yangi atamadan foydalanish misollari mavjud, masalan «Umumiy ta’lim 
mazmunini modernizatsiyalash strategiyasi»da quyidagilar ifodalangan: «o‘quvchilarning 
intellektual, huquqiy, axborot va boshqa sohalardagi asosiy kompetensiyalari majmui to‘g‘risida 
gap bormoqda» [1]. Kompetensiyalarga yo‘nalganlik, shuningdek, asosiy mezonlari bilim, 


337 
ko‘nikma, malakalar (BKM) bo‘lgan eski ta’lim paradigmasidan ajratishni, bunda BKMlarni 
ta’lim jarayonining zarur elementlaridan biri sifatida saqlash bilan ta’minlaydi. 
Birinchi nuqtai nazar uchun quyidagicha fikr xos: kompetensiya shaxssiz, bu me’yor, 
talablar, sifatlar to‘plami, mutaxassisning o‘ziga xos malakaviy tavsifi. Uning vazifasi inson, 
mutaxassis, o‘quvchi ma’lum sharoitlarda va ma’lum joyda nima qilishni bilishi kerakligini 
aniqlashtirishdan iborat. Unga yechiladigan muammolarning yoki bajariladigan ish turlarining 
murakkabligini ifodalovchi mos darajalar, toifalar tayinlanishi mumkin. Kompetentlik mazkur 
holatda o‘rganilayotgan kompetensiyaga ega bo‘lgan insonning mavjud sifati tariqasida u xususiy, 
mahalliy xarakterga ega bo‘ladi. 
Agar, masalan, biror-bir kasbiy faoliyat uchun bir necha kompetensiyalarni egallash 
to‘g‘risida gap borsa, unda kompetentlik integrativ sifat kabi xizmat qiladi va kasbiy kompetentlik 
deb ataladi. 
Ikkinchi nuqtai nazar «kompetensiya» tushunchasini kengaytiradi va uning doirasiga 
insonning o‘zlashtirgan funksiyalariga yakuniy talablarni, balki unda shakllanadigan psixik, 
fiziologik, aksiologik, ijtimoiy, faoliyatli tuzilmalarni ham qamrab oladi. Faqat shundan keyingina 
kompetensiyalar kompetentlik mavqeiga ega bo‘ladi, chunki ularning ob’ektiv mazmuni shaxsiy 
sifatlarning sub’ektiv obraziga aylanadi. Ikkinchi nuqtai nazarning birinchisidan farqi 
«kompetentlik» tushunchasini kengroq talqin etishdangina iborat. 
Uchinchi nuqtai nazarga ko‘ra, kompetensiyalar to‘g‘risida faqatgina ularni xususiy 
masalalar va vazifalarni yechishga tayyorlik va qobiliyatlilik bilan bog‘liqligi to‘g‘risida aytish 
mumkin, kompetentlik esa insonning muayyan sohadagi qator kompetensiyalarni egallaganligi 
to‘g‘risida guvohlik beruvchi kompleks tavsif sifatida qaraladi. Xususiy va mahalliy 
kompetentliklar tushunchasi mazkur holatda ma’nosini yo‘qotadi. 
Keyingi o‘rganishlarda ikkinchi nuqtai nazarga tayanamiz. Unga ko‘ra «o‘quvchilarning 
kompetensiyalarini rivojlantirish» so‘z birikmasi nafaqat o‘rinli, balki maktab ta’limiy 
faoliyatining mazmunini ham tashkil etadi.
Tanlangan nuqtai nazar taniqli pedagog A.V.Xutorskiyning fikri bilan aloqador bo‘lib, u 
kompetentlikni insonning mos kompetensiyaga egaligi, maktab ta’limining maqsadi esa ierarxik 
tuzilishga ega bo‘lgan kompetensiyalarning shakllanishi va rivojlanishi deb hisoblaydi [2]. 
«Kompetensiya» atamasiga aniq ma’noli mazmun berishga ko‘pgina urinishlar mavjud. Bu 
boradagi muvaffaqiyatli va kamroq muvaffaqiyatli fikrlar tahlili bizni bahslarning davom etishi 
zaruratiga ishonch hosil qilishimizga va o‘z variantimizni taklif etishimizga undadi. 
Kompetensiyani muayyan sinf muhiti ob’ektlari va jarayonlarida ma’lum mahsulotni olish 
bilan sub’ektning xabardorligi, ko‘nikmalari, mazmunli yo‘nalganlik, moslashuv imkoniyatlari, 
faoliyat tajribasi va usullarining tizimli majmui sifatida ta’riflaymiz. Kompetensiya umumiy 
holatda jarayon sifati va uning natijalariga muayyan faoliyatli bosqichning mazmunli qismi 
doirasidagi ma’lum me’yor, talablar majmui sifatida tushuniladi. U shaxssiz va ko‘p omilli. Bir 
tomondan, u bajarilgan ishning sifati, belgilanadigan omillarning muayyan majmuini ifodalaydi, 
boshqa tomondan esa – har bir omil uchun miqdoriy shkalani belgilashi mumkin. 
Kompetentlik, ma’lum insonning ma’lum kompetensiyani egallashi darajasini ifodalaydi. 
Kompetentlik ostida mos kompetensiyalarning mavjudligi va faol holatini tushunamiz, ularga 
ko‘ra, inson ma’lum muammolarni amaliy hal etadi va buni kelajakda amalga oshira oladi. 
Kompetensiyalar va kompetentlik ta’limiy ifodalarini ta’riflash bir qancha murakkabroqdir. 
Ayrim mualliflardan farqli ravishda, biz mazkur tavsiflarni faqatgina insonning ta’lim 
muassasasidagi davriga bog‘lamagan bo‘lar edik. Uzluksiz ta’lim g‘oyasi madaniy me’yor 
shakliga ega bo‘lgan va yangi ta’lim paradigmasining asosini tashkil etgan sharoitlarda, o‘quv 
jarayoni muayyan muassasalar, qat’iy muddatli chegaralar va aniq ajratilgan o‘quv davrlari 
doirasidan tashqariga chiqadi. Ochiq ta’lim modeli umumta’lim o‘quv muassasalariga kirib 
kelmoqda, uning birinchi belgisi mazkur ta’lim bosqichidagi qonuniy eksternat hisoblanadi. 
Keltirilgan fikrlarning oqibati sifatida ta’limiy kompetensiya yuqorida umumilmiy 


338 
«kompetensiya» tushunchasiga ayrim umumiy tushunchalarni ochib berishda, berilgan ifodasi 
bilan belgilanadi. 
Natijada quyidagi ta’rifga ega bo‘lamiz: ta’limiy kompetensiya – o‘quvchining ta’lim 
sohalari va o‘quv fanlari tarkibiga kiritilgan namunaviy ob’ektlar va jarayonlar muhitida ma’lum 
mahsulotni olish bilan V.P.Bespalko shaxsiy asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritgan: 
ijtimoiy, ekzistensial (tajriba), psixik (intellektual), biologik (irsiy) [3]. Minimallik talabi ixtiyoriy 
maktab va ixtiyoriy o‘quvchi uchun ta’lim jarayonini amalga oshira olishni ta’minlaydi. Shu bilan 
birga, mazkur talab sharoitlar mavjud bo‘lgan joyda (qobiliyatli o‘quvchilar va mahoratli 
o‘qituvchilar) ixtiyoriy yuqori yutuqlarga yo‘lni to‘sib qo‘ymaydi. V.P.Bespalko shaxsning asosiy 
xususiyatlariga qisqa (annotatsiyali) ta’rifni va ularni shaxs sifatlari tushunchasi orqali talqinini 
keltiradi. Shaxsning ijtimoiy xususiyatlari strukturasiga insonning dunyoqarashi, axloqi, estetik va 
mehnat sifatlari kabi sifatlar kiradi. Aynan shaxsning ijtimoiy xususiyatlari bilan insonning 
insonlar orasidagi, tabiatdagi eng umumiy xulqi, uning u yerdagi sodir bo‘layotgan jarayonlarga 
munosabati va ulardagi ishtiroki darajasi belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, asosiy kompetensiyalarning ko‘rib chiqilgan oltita majmui bir jihati 
bilan bir-birini eslatadi, boshqasi bilan esa ular farqlanadi. Pedagogika sohasidagi mahalliy va 
xorijiy olimlar tomonidan taklif etilgan asosiy kompetensiyalar majmui tahlili, maktab ta’limiga 
zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy talablar mazmunida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy 
kompetensiyalari mualliflik to‘plamini ishlab chiqishga undadi. Asosiy kompetensiyalarni 
tanlashning nazariy asosi bo‘lib, pedagog olimlar va psixolog olimlarning inson tabiati, uning 
sub’ektli vazifasi va mohiyatli xususiyatlari masalalaridagi tadqiqotlari, shuningdek, ta’limda 
kompetentli yondashuvning konseptual qoidalari xizmat qildi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish