Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son
Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 yil, 6-son, 70-modda //
www.lex.uz.
2.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari. – T., 2017 //
www.lex.uz.
3.
Mirziyoev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –
T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
4.
Qodirova F.R., Kadirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. –
T.: Istiqlol, 2006. – 114 b.
֍
–
֍
–
֍
181
BOG‘CHA BOLALARI ERKIN KASB TANLAYDI
–
“AQLLI BOG‘CHA”
INNOVATSION LOYIHASI
Mamatmusaev T.Sh.
Toshkent arxitektura qurilish instituti, arx.f.d.
Qosimov I.I.
Toshkent arxitektura qurilish instituti, professor
Mexriev D.A.
OOO «MINARET PROJECT», arxitektor
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, jahon andozalariga mos keladigan turli ob’ektlarni,
jumladan, boshlang‘ich va maktab yoshigacha bolalarga ta’lim tarbiya berish maskanlarini qurish
bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalarni tarbiya maskanlarini qurish va
qayta ta’mirlash ishlariga innovatsion yondoshishga doir ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha
ta’lim vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF-5198-son Farmoni hamda 2018 yil 30 sentyabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3955-son Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi
«Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada qo‘llab-
quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 391-son Qarorida, shuningdek
maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish,
maktabgacha ta’lim muassasalarini qurishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, davlat va
xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi arxitekturaviy
shakllarini joriy etish lozimligi belgilab berilgan. Ularda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish,
ularni balog‘atga yetishish davrida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish va
sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit
yaratish maqsadida “Aqlli bog‘cha” va unda bolalarning erkin kasb yo‘nalishini tanlash
imkoniyatini yaratish, innovatsion dizayn yechimlar, elektron axborot tizimlarini keng joriy etish
zarurdir.
Umuman olganda, Respublikamizdagi maktabgacha ta’lim maskanlari atroflarini
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan,
birinchi navbatda bolalarning intellektual va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan
maxsus kasb xonalar va ularda o‘yin hamda o‘yinchoqlarning turlari va hajmiga ko‘ra davlat
standartlarini ishlab chiqishni amalga oshirish lozim.
O‘tgan yillar davomida ta’lim muassasalarini qurish, maktabgacha ta’lim muassasalarida
zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, bugungi kun talabiga javob bera oladigan
mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishdek keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari rejaviy yechimida asosiy va ustuvor
bo‘lgan muammolarni hal qilish borasidagi ilmiy vazifalar quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim muassasalarining hozirgi mavjud holatidagi arxitekturaviy
yechimlarini tanqidiy o‘rganish;
bolalarni ta’lim tarbiya maskanlarini qurishdagi arxitektura va dizayn yechimiga doir
ilmiy-amaliy ishlarni bajarishda xorij tajribasini o‘rganish va zarur xulosalar chiqarish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida kasbiy mahoratni egallashida bola ongini
shakllantirishga va ularning erkin kasb yo‘nalishini aniqlashga yordam beradigan xonalarning
innovatsion arxitektura va dizayn yechimlarini ishlab chiqish;
bog‘chaga qabul qilingan bolalarni yoshidan qat’iy nazar tarbiya va ta’lim jarayonida o‘z
hohishi bilan va erkin holatda kasb xonalarida qaysi yo‘nalishga qiziqishini bog‘chada uzluksiz
ravishda kuzatib va hisobga olishda elektron axborot tizimini joriy etish va boshqalar.
182
Umuman olganda, bola qaysi yoshida kim yoki qaysi kasb egasi bo‘lishini xohlaydi, undagi
irsiyat tuyg‘ulari kamol topyaptimi? kabi muammolar yechimini tahlil qilish mutaxassislar
zimmasida ekanligini inobatga olish zarur. Odatda, bolalarni kasb tanlash masalasi faqat o‘rta
maktabda boshlanadi. Aslida olganda kasbga qiziqtirish va uni erkin xolatda tanlash allaqachon
bolalar bog‘chasidan boshlash zarurligi tavsiya etilayotgan “Aqlli bog‘cha”ning arxitekturaviy
dizayn yechimida o‘z aksini topishi lozim.
Ma’lumki, bolalikdan mehnatga qiziqish, zarur mehnat ko‘nikmalari va shaxsiy fazilatlar
shakllanadi. O‘qituvchilar va ota-onalarning vazifasi bu lahzani o‘tkazib yubormaslikdir.
Ye.F.Seerning ta’kidlashicha, kasbiy o‘zini o‘zi belgilash shaxsning o‘ziga xos kasb va
madaniyatda o‘zini namoyon qilishida muhim omil hisoblanadi [2]. Bugungi kunda shaxsni
professional ravishda aniqlashning bir nechta modellari mavjud. Ruxshunos olim Ye.A.Klimov
ta’kidlashicha, kasbiy o‘zini o‘zi belgilashni odamning aqliy rivojlanishining eng muhim
belgilaridan biri sifatida, uni professional hamjamiyatga kiritish jarayoni deb biladi. Shuning
uchun shaxsning kasbiy shakllanishning har bir bosqichi o‘ziga xos va ahamiyatlidir. Psixologning
ta’kidlashicha, insonning kasbiy rivojlanishi uning butun hayoti davomida ro‘y beradi [2].
Inson fe’lida mujassam bo‘lgan ba’zi bir fazilat yoki illatlarga to‘xtalib, uni ertaklar,
rivoyatlar, hikoyalar, xalq maqollari misolida izohlaydi, ayni mavzudagi ulamolarning o‘gitlari,
donolarning hikmatlarini keltirish, ularni alohida ta’kidlash va oila davrasida mutolaa qilish
muhim ahamiyat kasb etadi [3].
Shunday qilib, shaxsiyatning professional rivojlanishining birinchi bosqichi o‘z-o‘zini
anglashning shakllanish davrida (2-3 yoshda) boshlanadi va o‘smirlik davriga qadar (10-12 yosh)
davom etadi. Keyingi bosqichda – ikkilamchi variantlar – ta’lim va kasbiy yo‘nalishlarni izlash va
tanlash mavjud. Bu jarayon o‘smirlik davrida (15-16 yoshgacha) sodir bo‘ladi.
Shu sababli kelajakdagi kasbni tanlash uchun bolani maktabgacha yoshdan tayyorlashni
boshlash kerak. U ota-onasi yoki bobosi va buvisi kim bo‘lib ishlaganini bilishi, turli kasblarning
o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishishi, shuningdek u o‘sib ulg‘ayganida kim bo‘lishni
xohlayotganiga qiziqishi kerak.
Bolalarning ijtimoiy o‘zini o‘zi belgilashi va bolalarning ijtimoiy tashabbusini rivojlantirish
hozirgi bosqichda birinchi navbatda dolzarb bo‘lgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, chunki
hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab erkin harakat qila oladigan, o‘z taqdirini o‘zi belgilash
madaniyatiga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash muammosi birinchi o‘rinda turibdi. Buning uchun
ijtimoiy tizimda yashash tajribasini shakllantirish, kasbiy istiqbollarni belgilash juda muhimdir
[4].
Zamonaviy maktabgacha ta’limning mazmuni bolaning sub’ektiv tajribasi doirasiga to‘g‘ri
keladi. O‘quv jarayoni oqilona va hissiy tajribani o‘z ichiga olishi kerak. Voyaga yetganlarning
vazifasi bolaga ushbu tajribani anglashga yordam berish va o‘yin modellari yordamida
umumlashtirilgan shaklda tuzatishdir.
Bolalarda mehnatga nisbatan hurmatli munosabatni shakllantirish uchun kattalar
kasblarining har xil turlari, mehnatning odamlar hayotidagi o‘rni, ish natijalari va odamlarni ish
jarayonida harakatlantiruvchi sabablar to‘g‘risida fikrlarini boyitish muhimdir. Maktabgacha
yoshdagi bolalar kattalar faoliyatining mohiyatini tushunishga qodir. Bunday bilimlar jamiyat va
har bir insonning vazifalarini tushunishni ta’minlaydi, bolalarning xatti-harakatlarini tartibga
solishga, ularning shaxsiy ishlariga, kattalar ishiga, odamlar tomonidan yaratilgan narsalarga
bo‘lgan motivlari va munosabatlarini tiklashga yordam beradi.
Aynan shu tarzda bolada ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy talablar va jamiyatda qabul qilingan
me’yorlarni o‘zlashtirish jarayoni amalga oshiriladi, shaxsning axloqiy asoslari shakllanadi. Bu
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning asosiy vazifalaridan biridir [5].
Bolalarga bog‘cha sharoitida ta’lim berishning noyob muqobil usullarini joriy etish muhim
ahamiyatga ega ekanligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoevning konsepsiyasida alohida urg‘u berilgan. Jumladan:
183
tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi
vazifalarni bajarishda quyidagi ixtiro - “NAU-XAU” katta ahamiyat kasb etadi;
maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-
tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish,
tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
konsepsiyadagi vazifalarni bajarishda erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va
tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda har yili baholab borish.
Birinchi innovatsion loyihada bolalar bog‘chasining bugungi standarti talablaridan kelib
chiqqan holda, loyihada ko‘rsatilgan maxsus xonalarini qurish kerak. Ushbu xonalar bolalar
e’tiborini tortuvchi, kasb yo‘nalishiga doir ma’lumotlar, olimlar va buyuk tarbiyachilar, multfilm
va o‘yinchoqlar bilan ta’minlanadi. Masalan texnika, san’at, tibbiyot, botanika, hayvonot dunyosi,
geografiya, fundamental fanlar xonalari va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |