194
noob’ektiv munosabatning shakllanishi, madaniyatlararo qadriyatlarni tushunmaslik va hatto
madaniyatlararo nizolarga olib kelishi mumkin.
Madaniyatlararo muloqot va madaniyatlararo kompetensiya muammosi ko‘pgina
olimlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi. Jumladan, rus olimlari I.I.Xaleev, S.G.Ter-Minasov,
G.M.Andreev, T.A.Dmitrenko, N.M.Gromov, N.D.Galskov, V.P.Furmanov, A.A.Leontev,
I.A.Zimnyaya, I.L.Bim, R.P.Milrud, Ye.S.Polat, V.V.Safonova, P.V.Sыsoev, V.V.Oщepkova,
A.A.Mirolyubov, G.V.Elizarova, G.V.Grom, g‘arb mamalkatlari olimlari M.Byram, M.Fleming,
V.Spitzberg, L.Samovar, R.Porterlar mazkur muammoga murojaat qilganlar.
Madaniyatlararo kompetensiyaning nazariy asoslarini belgilab olish maqsadida mazkur
tadqiqot ishi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi quyidagi atamalar va tushunchalarga murojaat
qilish zarur. Bular “madaniyat”, “til”, “madaniyatlararo muloqot” tushunchalaridir.
Zamonaviy gumanitar fanlarda “madaniyat” tushunchasi fundamental tushunchalar qatoriga
kiradi. Madaniyat tushunchasi semiotika, sotsiologiya, tarix, antropologiya, aksiologiya,
kulturologiya, etnologiya, falsafa va boshqa qator fanlar doirasida o‘rganiladi. Ularning har biri
o‘zining o‘rganish predmeti sifatida madaniyat tushunchasining bir tomoni yoki vazifasini
belgilab oladi, o‘zining metodlari va usullari nuqtai nazaridan yondashadi, natijada madaniyat
tushunchasiga o‘zining ta’rifini beradi.
Madaniyatni aksariyat hollarda har xil insonlarni birlashtiruvchi vosita sifatida ta’riflashadi.
Shuningdek, unga muayyan millat tomonidan asrlar mobaynida jamlangan manba sifatida
qaraladi, ya’ni, tabiatga nisbatan bo‘lgan munosabatning barcha shakllari, g‘oyalardan to til
semantikasigacha bo‘lgan tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Giddensning yozishicha, madaniyat
muayyan bir ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilgan qadriyatlar, hayotda amal qilinishi kerak
bo‘lgan me’yorlar hamda insonlar tomonidan ishlab chiqariladigan moddiy boyliklarda namoyon
bo‘ladi degan g‘oyani ilgari suradi.
Talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini tarkib toptirishda ularga jahon adabiyoti
va tarixi, urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish pedagogdan doimo keng ma’lumotlilik, faollik
bilan munosabatda bo‘lishni, tashabbuskorlik, izlanuvchanlikni talab qiladi. Talabaning
madaniyatlararo kompetensiyaviyligini rivojlantirishda ularning ehtiyojini qondirish, qiziqishini
o‘stirish mustaqil ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va boshqa) orqali amalga oshirilishi
maqsadga muvoffiq bo‘ladi. Mustaqil ishlar pedagog va talaba faoliyatining uzviy bog‘langan
tomonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda talaba o‘z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o‘z nuqtai
nazari, qarashlarini shakllantirish bilan birga dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi.
Mustaqil ishlash ko‘proq darslik ustida ishlash, manbalarning o‘z mazmunini tahlil etish, ma’ruza,
referat, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish (chet tilida ham), kartochkalarga yozma javob
berish, turli jadvallar, diagrammalar sxemalar tuzishni taqozo etadi. Bularning bari talabadan
izlanuvchanlikni talab qiladi. Mustaqil ishlar, seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbalarga
asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: