Omillar
187
- maktab jamoasi faoliyati hamda pedagogik xodimlarning faoliyatini baholash mezonlarini
ishlab chiqish yo‘nalishlaridagi ijtimoiy-psixologik ko‘nikma va malakalar [4, 116-117-b.].
UO‘TMdagi tartib, intizom, pedagoglarni mehnat unumdorligi, ta’lim jarayoni
samaradorligi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari darajasining zamonaviy
talablarga javob berishi, ta’lim muassasasi faoliyatining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun
pedagog xodimlar o‘rtasidagi ish taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘z vaqtida ularni qayta
tayyorlash va malakasini oshirib borish, ularning faoliyatini ob’ektiv baholash va rag‘batlantirib
borish, ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga imkoniyatlar yaratish hamda boshqaruv
jarayoniga innovatsion yondashuvlar texnologiyalarini loyihalashtirish va joriy etish UO‘TM
rahbarining bilimi, pedagogik va kasbiy mahorati, shuningdek uning boshqaruv qobiliyatiga
bog‘liqdir.
Demak, boshqaruv jarayonida rahbar uchun eng zarur bo‘lgan xususiyatlardan biri
pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish va mazkur jarayon ishtirokchilari faoliyatini
muvofiqlashtirish yo‘nalishidagi notiqlik va talabchanlik, nazoratga moyillik va kuzatuvchanlik,
ishontira olish va xotirada saqlab qolish, tarbiyaviy munosabatlarda faollik va o‘rnak bo‘lish kabi
xislatlarini uning pedagogik qobiliyati deb hisoblab, pedagogik qobiliyatning tashkiliy tizim
sifatida uning komponentlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
UO‘TM rahbarining jamoa faoliyatini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, turli
vaziyatlarda ko‘zlangan maqsadning mazmun va mohiyatini, unga erishish yo‘llarini va mazkur
yo‘nalishdagi vazifalarni barcha ijrochilarga aniq va ravshan, tushunarli tarzda yetkazish, ularda
mazkur vazifalarni bajarishga mas’uliyat xissini shakllantirish va motivlashtirish, shuningdek
maqsadga erishishda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va ongli intizomni vujudga keltirish
yo‘nalishidagi imkoniyati, ya’ni tasavvuri, tushunchalari, bilim, ko‘nikma va malakasi, tajribasi
va faolligini uning didaktik qobiliyati komponentlari sifatida keltirish mumkin.
UO‘TM
rahbarining jamoa a’zolari, pedagogik xodimlar va o‘quvchilarning ichki dunyosiga
kira bilishi, psixologik kuzatuvchanlik, bo‘ysunuvchilarning vaqtinchalik psixik holatlari bilan
bog‘liq nozik tomonlarini tushuna bilishi, bo‘ysunuvchilarning turli vaziyatlardagi xatti-
harakatlari, ya’ni turli xil topshiriqlarni bajarish jarayonida yorqin ifodalanadigan, ularning turli
faoliyati jarayonida tashqi hamda ichki dunyosida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni ko‘ra bilishi
uning perseptiv qobiliyatining rivolanganlik darajasini belgilaydi.
Ongli intizom shakllangan ta’lim muassasasida rahbarni xodimlar tinglamay, balki eshitishi
va tezda oson tushunishi zarur. Shunday ekan, berilayotgan topshiriqni xodimlar tomonidan o‘z
vaqtida ko‘ngildagidek bajarilishi uchun ularga topshiriqning mazmun-mohiyati va ahamiyatini,
shuningdek, topshiriqni bajarish jarayonidagi funksional vazifalarini ijrochilarga to‘liq va asosli
tarzda tushuntirish jarayonida, rahbarning o‘z fikrini yoki topshiriqning mazmun va mohiyatini
bo‘ysunuvchilarga tushunarli tarzda yetkaza olishi uning notiqlik qobiliyati bo‘lib, bunda
rahbarning nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan, intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy, dona-dona
hamda stilistik va grammatik jihatdan bexato bo‘lishi lozim.
UO‘TM rahbarining suhbat, yig‘ilish, maslahat va shunga o‘xshash, jarayonlarida o‘z
fikrini, his-tuyg‘ularini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq
va ravshan qilib ifodalab berishi hamda pedagogik jarayon ishtirokchilarining faoliyatini samarali
tashkil etish yoki ularni foliyatida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish orqali kerakli
o‘zgartirishlar kiritishidagi bilvosita ta’sir ko‘rsata olishi nutq qobiliyatining rivojlanganlik
darajasini ifodalaydi.
Rahbarning ta’lim muassasasi jamoasini uyushtira bilish, ya’ni jamoada ahillik, birdamlik
va hamkorlikni vujudga keltirish, jamoa a’zolarini jipslashtira olish, sog‘lom muhitni tarkib
toptirishi va o‘zining boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishi va to‘g‘ri tashkillashtira olishi,
ya’ni, buyruq berish, topshiriq ijrosini nazorat qilish va bajarilishini ta’minlash, xodimlar
faoliyatini baholash hamda turli xil qarorlar qabul qilishi va uni nazorat qila olishi UO‘TM
rahbarining tashkilotchilik qobiliyati ifodasidir.
188
Rahbarning UO‘TM jamoa a’zolari bilan samimiy muloqotda bo‘lishi, boshqaruv
muloqotini to‘g‘ri tashkil etishi, jamoa ko‘ngliga to‘g‘ri yo‘l topa bilishi, ular bilan pedagogik
nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashi, pog‘onaviylikni minimal darajada
bo‘lishi hamda unda pedagogik taktning mavjudligi kommunikativ va kognitivlik qobiliyati
darajasini ifodalaydi.
Rahbarning pedagogik takti ya’ni vaziyatga ko‘ra pedagog xodimlarni faoliyatiga ob’ektiv
yondashish, to‘g‘ri baholash va rag‘batlantirish, jazolash, pand-nasihat qilish holatlarini va uning
natijasini oldindan his eta bilish qobiliyati hisoblanadi. Pedagogik taktga ega bo‘lgan rahbar
xodimlarga, pedagogik jarayon sub’ektlariga yoki ma’lum hodisa yoki voqelikning ishtirokchilari
(sababchilari)ga e’tibor berib ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari
bilan hisoblashadi, eng muhimi – bo‘ysunuvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullaridan oqilona
foydalanishni biladi, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga
e’tibor beradi, aniq funksional vazifalarni hisobga oladi, xodim shaxsining psixologik
xususiyatlari va uning imkoniyatlarini hamda mazkur pedagogik holatlarning natijaviyligini
oldindan hisobga olib faoliyat yuritadi.
Boshqaruv jarayonidagi ziddiyatlar va muammolarni vujudga kelishiga asosiy sabab,
rahbardagi pedagogik taktning yetarli shakllanmaganligi yoki yo‘qligi sabab bo‘ladi. Ya’ni
UO‘TM rahbari tomonidan pedagogik xodimlarga ortiqcha talablarning qo‘yilishi, izchillikka
amal qilmaslik va sub’ektlarning shaxsiy imkoniyatlari darajasini inobatga olinmasligi,
shuningdek, bir shaxsga birdaniga bir necha vazifalarni bir vaqtning o‘zida yuklatilishi hamda
unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lmaslik noqulay vaziyatlarni vujudga kelishitga sabab bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |