B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor


“Aqlli bog‘cha” innovatsion taklif loyihasining ko‘rinishlari



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 “Aqlli bog‘cha” innovatsion taklif loyihasining ko‘rinishlari 
 
Shu orqali bog‘chaga qabul qilingan bolalar yoshidan qat’iy nazar tarbiya va ta’lim 
jarayonida o‘z hohishi bilan va erkin holatda kasb xonalarida qaysi kasb yo‘nalishiga ko‘proq 
qiziqishi bog‘chada uzluksiz kuzatib boriladi. Bolaning psixologiyasida ko‘proq qaysi kasbni 
tanlaganligi, qiziqishi qanday kechayotganligi yig‘ilgan ma’lumotlar asosida har oyda tahlil 
qilinadi. Natijada 4 yillik ta’lim jarayonida kuzatilgan ma’lumotlar sotsiologik tadqiqot qilinib 
bolani qaysi kasbga qiziqish darajasi necha foiz (yoki soat) ekanligi aniqlanadi. Masalan, bir bola 
4 yil davomida “texnika” yo‘nalishiga 70%, tabiat yo‘nalishidagi kasbga 20%, san’atga esa 10% 
qiziqib ta’lim-tarbiya olgan bo‘lsa, keyingi bosqichda bu bola maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv 
yurtlarida tanlagan kasb yo‘nalishiga oid yaratilgan sharoitdagi auditoriyalarda bilim olsa, u 
albatta texnika sohasining yetuk, ijodkor va zamon talabiga mos, mas’uliyatli mutaxassisi bo‘lishi 
aniq.
Bu usulning yana bir ahamiyatli joyi shundaki, bolaga o‘zi tanlagan kasbi keyinchalik 
yoqmay qolsa, mashg‘ulotda charchasa, u ikkinchi ko‘rsatgich ya’ni tabiat yo‘nalishida o‘qishni 
davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Loyihaning yana bir afzalligi bolalarning ota-onalari 
farzandlarining oy sari qanday kasb yo‘nalishiga qiziqayotganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
olib uyda ham bolaning qiziqqan kasbiga doir sharoit yaratib tarbiyalash imkoniga ega bo‘lishidir. 
Natijada bog‘cha va oila a’zolarining kasb yo‘nalishi bo‘yicha tavsiya etilayotgan tarbiya usulini 
qo‘llashning samaradorligi yanada ortadi [6]. 
Keling, hozirda horijda barpo etilayotgan bolalar bog‘chasi binolari loyihalari xususida 
to‘xtalib o‘tsak. Bu bog‘chalarda yorqin ranglarning ko‘p qo‘llanilishi, hajmiy kompozitsion 
yechimi bo‘yicha turli bloklardan iborat bo‘lishi, har bir blok tarziga uning funksiyasiga qarab 
rang berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yingohlari ham qiziqarli bo‘lishi uchun 
qaysidir ertak yoki multfilmlarda qo‘llanilgan kompozitsion yechimda, masalan qaroqchilar 


184 
kemasi, kosmonavtlar majmuasi yoki boshqa shunga o‘xshash shakllarda bo‘lishiga ko‘p e’tibor 
beriladi. Lekin bu bolalar bog‘chalarida yosh tarbiyalanuvchilarning bevosita bog‘chada erkin 
kasb yo‘nalishlarini tanlash xonalari mavjud emas.
Respublikamizda bolalar bog‘chasini loyihalash ishlari “Sanitar normalar, qoidalar va 
gigienik me’yorlar” (SanPiN) asosida amalga oshiriladi. Ushbu me’yorga asosan bolalar bog‘chasi 
1 yoki 2 qavatli bo‘lishi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhi 20 nafargacha tarbiyalanuvchidan, 3 
yoshdan oshgan bolalar guruhi esa 25 nafardan oshmasligi belgilab berilgan. Bolalar bog‘chasini 
joylashtirishda mavjud binolar balandligiga e’tibor qaratish kerak, ya’ni bunda bog‘cha binosi 
xonalariga va hududiga insolyatsiya va tabiiy yorug‘likning me’yor talablarida tushishi inobatga 
olinishi kerak. Bog‘chalarni joylashtirishda piyoda harakati radiusini e’tiborga olish kerak. Bunda 
shaharda – 300 m dan oshiq bo‘lmagan, qishloq hududlarida esa 1 km dan oshmasligi talab etiladi. 
100 o‘rinligacha bo‘lgan bolalar bog‘chasi hududi 1 o‘rin uchun 40 m
2
, 100 yoki undan ortiq 
o‘rinli bog‘chalar hududi 1 o‘rin uchun 29 m
2
dan kam bo‘lmagan tarzda hisoblanishi shart. 
Bog‘chaning yashil hududi umumiy hududning 30-40 foizi miqdorida bo‘lishi kerak. Bog‘cha 
hududi o‘yin va xo‘jalik zonalariga ajratilishi, ular orasidagi masofa esa 6 m dan kam bo‘lmasligi 
belgilangan. Guruh va jismoniy tarbiya maydonlarining har birining kamida 50 foiziga kun 
davomida insolyatsiya me’yori 3 soat bo‘lishi kerak [1]. 
Bog‘cha binosida guruh xonalari, musiqa zali, jismoniy tarbiya zali, logoped xonasi, 
shifokor xonasi, ovqatlanish bloki, yuvish xonasi, maishiy xizmat xonalari bo‘lishi lozim. Asosiy 
xonalar yer ustki qismida joylashishi, bevosita tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlangan bo‘lishi va 
xonalarning balandligi 3 m dan kam bo‘lmasligi talab etiladi [1].
Yuqoridagi talablar asosida taklif etilayotgan innovatsion loyiha yechimini ilmiy-amaliy 
asosda bajarishda quyidagi muammolarga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
Yaqin vaqtlargacha bolalar bog‘chalari faqat tipovoy loyihalar asosida bunyod etilgan. 
Bugungi kunda mamlakatimizda bolalar bog‘chalarini individual loyihalar asosida amalga 
oshirishga ham ruxsat berilgan. Bunda albatta innovatsion yechimlar va texnologiyalarni qo‘llash 
zaruriyati mavjuddir. 
Loyihada bog‘cha binosi, bolalar o‘yin maydonchasi, hayvonot va botanika bog‘i hamda 
avtoturargohlar rejalashtirilishi ko‘zda tutilgan. Asosiy bog‘cha binosi 2 qavatli bo‘lib, qurilish 
maydoni 2000-3175,0 m
2
ga teng bo‘lishi tavsiya etiladi. Binoning umumiy maydoni esa 5725,0 
m
2
ga, qurilish hajmi esa 25000 m
3
ga teng. Loyihaning asosiy innovatsion yechimi uning bolalar 
erkin kasb yo‘nalishini tanlash majmuasi hisoblanadi. Bu majmua umumiy zal va undan 
kiriladigan 7 ta kasb yo‘nalishi xonalaridan iborat bo‘lishi nazarda tutilgan. Markaziy zal qismi 
doira shaklida ishlanib, shunga mos shakldagi stol (50 yoki 75 ta bola uchun) bilan jihozlanadi. 
Kasb yo‘nalishi xonalariga fundamental fanlar xonasi, mexanika xonasi, tibbiyot xonasi, san’at 
xonasi, innovatsion texnologiyalar xonasi, jahon tillari xonasi, geografiya xonasi kabi 
yo‘nalishlarni tanlab olish mumkin. Bu xonalarni talabga qarab yanada ko‘paytirish ham mumkin. 
Kasb xonalarining maydoni bog‘cha bolalari soniga qarab tanlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu 
xonalarning 30-40 m
2
atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. Erkin kasb tanlash xonalarining tashqi 
dizayn yechimi ham xonaning sohasiga mos bo‘lishligi nazarda tutilgan. 
Kasb yo‘nalishlarini tanlash xonalarini loyihalashda va ularni jihozlashda, albatta, 
ergonomik talablarga rioya etilishi talab etiladi. Xonalar va jihozlar bolalar uchun xavfsiz, ularning 
qomatlariga va fizik qobiliyatlariga mos, qiziqarli bo‘lishi kerak. Inson tanasining antropometrik 
o‘lchamlaridan tashqari dizayner uning anotomo-fiziologik xususiyatlarini bilmog‘i, chunonchi 
mushaklarning funksional imkoniyati berilgan zo‘riqishining kattaligi, massaning inson tanasiga 
tarqalishini, ichki organlar anatomiyasini, inson gavdasining holatiga qarab uning funksional 
xususiyatini bilmog‘i darkor. 
Antropometrik ma’lumotlarni insonning funksional va fiziologik imkoniyatlariga 
bog‘langan holda, ya’ni harakatining xususiyatiga, chunonchi, ish jarayonida inson hatti-
harakatiga bog‘langan holda olib borish kerak [7]. Shunday qilib, ergonomika bolalarning 
jihozlarga qulay moslashuviga, funksional o‘lchamlarining inson tanasiga uyg‘un tarzda 


185 
bo‘lishiga yordam beradi. Binoning tashqi dizayni va landshaft yechimlariga ham jiddiy 
yondoshish talab etiladi. Bunda noodatiy shakllardan va kompozitsiyalardan foydalanish yaxshi 
samara beradi. 
Kasb xonalarini jihozlashda insolyatsiya va tabiiy yorug‘lik me’yorlariga rioya qilish, 
transformatsiyalanadigan, ya’ni bir shakldan boshqa shaklga yengil o‘tadigan jihozlardan keng 
foydalanish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz aholisining aksariyat qismi yoshlardan iboratligini 
e’tiborga olsak, bunday innovatsion loyihalarning amalga oshirilishi natijasida yoshlarning 
bog‘cha yoshidan o‘zi qiziqqan kasb yo‘nalishini erkin xolatda, irsiat tuyg‘ulariga asoslanib 
o‘zining qobiliyatiga mos kasbni tanlash imkoniyatiga erishishga katta yordam beradi [8]. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish