B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Литература
1.
Никитина Ю.В. Расстройства акустического спектра у детей. –М., 2019. 
2.
Горячева Т.Г. Аутичный ребенок. –М., 2018. 
3.
Либинг М.М., Баянская Е.Г., Никольская О.С. Воспитание ребенка с аутизмом в 
семье. –М., 2018. 
4.
Димитрошкина Л. Аутизм как вредоносная родовая программа. 2018. 
5.
Рудин О.С. Развитие речи у аутичных детей. 2009. 
6.
Н.В.Дроздова "Социальная психология"
7.
Аврамов И. Свидания с социумом. 2017. 
8.
Андреева И.Н. Социальная педагогика. –М., 2000. 
9.
Фирсов М.В. История социальной работы. 2006. 
10.
Алексеева Л. Семья в условиях социальных рисков. –М., 2009. 
11.
Алексеева Л., Хабарова О. Мониторинг наркотической зависимости детей и 
подростков. 2010 
12.
Рудденс Э. Социология. 1999. 
 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 


176 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING KASBIY 
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI 
Mamadalieva M.X. 
Surxandaryo viloyati XTXKT va MOXM, o‘qituvchi 
Barkamol shaxsni har tomonlama rivojlantirish muammosining yechimi, bugungi kunda 
jamiyat hayotida alohida ahamiyatga ega. Buning uchun bugungi kunga qadar ta’lim-tarbiya 
jarayonida mavjud bo‘lgan ayrim an’analardan voz kechish zaruriyati tug‘ilmokda. Jumladan, 
ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan an’anaviy ta’lim jarayoni orasida mutanosiblikni 
ta’minlagan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tizimini belgilab berish muhim 
masalalardandir. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni erkin rivojlanishi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan insonning xaq-huquqlari haqidagi qonun-qoidalarga 
amal qilib, jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchisi bo‘lishga undash orqali amalga oshiriladi. 
Axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini tashkil etish jihatdan rivojlantirish shuning uchun 
ham zarurki, bu jarayonda barqaror rivojlanadi va bolalarga samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyati vujudga keladi. Birinchidan, mazkur muammoning amaliyotdagi holati tahlili shuni 
ko‘rsatdiki, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini 
tashkil etish jihatdan rivojlantirishga aksariyat holatlarda e’tibor qaratmaydilar. Ikkinchidan, 
ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida, bolalarni axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini 
tashkil etish jihatdan rivojlantirishda, axborot texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari 
vujudga keldi. Axborot texnologiyalari vositasida bolalarda axborot madaniyati haqida bilimini 
shakllantirishning pedagogik jihatdan tashkil etish o‘z samarasini beradi. 
Axborotlashgan pedagogik ta’limda didaktika va axborot, jamiyat a’zosining intellektual 
rivojlanishini jadallashtirish zarurligini aniqlovchi ta’lim-tarbiya maqsadlariga erishishni 
ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik ta’sirga ega bo‘lib, bolaning intellektual salohiyatini 
namoyish etishni va rivojlanishini o‘zining asosiy maqsadi etib qo‘yadi. Bu maqsadga, zamonaviy 
axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini joriy etish orqaligina to‘liq erishish mumkin.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga 
yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini taklif etadi. Bu muhitdagi didaktika 
fikrlashni, shaxsning salohiyati va imkoniyatlarini, estetik tarbiyani, unda axborot madaniyatini 
tarbiyalashni, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishni, o‘quv-axborot faoliyati bo‘yicha malaka va 
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 
Yuqoridagilarni inobatga olib, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy 
etishning pedagogik maqsadlari bayon etiladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalari o‘quvchi 
shaxsining: 
-
fikrlashini; 
-
estetik tarbiyasini; 
-
kommunikativ qobiliyatini; 
-
optimal qaror qabul qilish malakasini; 
-
axborot madaniyatining rivojlanishini ta’minlaydi. 
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari, o‘quv-tarbiya jarayonlarining barcha 
bosqichlarini jadallashtiradi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida, ta’lim-tarbiya 
jarayonini tashkil etish o‘quvchi-yoshlarida axborot madaniyatini shakllantirish sifati va 
samaradorligi oshirish jarayonida ularning axloqiy sifatlarini rivojlantirish nazariyasi va 
metodikasini ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, o‘quvchi-yoshlarida 
axborot madaniyatini shakllantirish jarayoni, shuningdek, o‘quvchilarni zamonaviy talablar 
asosida turli g‘oyalarni tahlil etish jarayonida faol ishtirok etishlari borasidagi ijtimoiy 
zaruriyatdir. Ikkinichidan, tarbiyalanuvchi shaxsida axborot madaniyatini shakllantirish hamda 
ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadlarini to‘g‘ri belgilash talab etiladi. Tarbiyalanuvchi shaxsida 


177 
axborot madaniyatini shakllantirish, bir-birini to‘ldirishi lozim bo‘lgan uchta tashkiliy, ya’ni, 
organik tizimlardagi biologik, individual tajribani tashkillashtiruvchi psixik va insonlarni madaniy 
jihatdan tashkillashtiruvchi ijtimoiy jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunda faoliyat maqsadlari 
umumlashgan holatda emas, balki pedagogik ta’sirning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo‘lgan har bir 
insonga nisbatan alohida e’tibor qaratish talab etiladi, ya’ni pedagogik vazifalarning hal etilishi 
avvalo tarbiya sub’ektining individual sifatlariga tayanadi. Motivatsion sifatlar, intellektual 
salohiyat, hissiy va irodaviy sifatlar, amaliy ko‘nikmalarga va o‘z-o‘zini boshqarish layoqatiga 
ega bo‘lishlari individuallikning asosiy mezonlari bo‘la oladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish