3.15-rasm. Geodezik punktdagi tur. 3.16-rasm. Oddiy piramida (a) va shtativli piramida (b).
Turlar tog‘ning o‘tkir cho‘qqilarida, agar barcha yo‘nalishlar yerdan turib ko‘rinsa va qoya grunt 1,5 metrdan kam chuqurlikda joylashgan bo‘lsa qo‘llaniladi (3.15-rasm. O‘lchamlar santimetrda berilgan). Tur ustiga vizir silindrli oddiy piramida quriladi. Agar piramidani qurish imkoni bo‘lmasa, unda vizir silindri bevosita turga o‘rnatiladi.
Oddiy piramidalar (3.16, a-rasm) barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tur yoki shtativdan kuzatishning imkoni bo‘lganda quriladi. Agar qo‘shni punktlarda kuzatishni ta’minlash uchun asbobni yerdan 2–3 metrga ko‘tarish talab etilsa, unda asbobni o‘rnatish uchun shtativli piramida (shtativ piramidadan ajralgan holda) quriladi (3.16, b-rasm). Kuzatuvchi uchun maydoncha piramida ustunlari ga, shtativni undan ajratgan holda o‘rnatiladi. Piramidalar ba landligi 5–8 metr bo‘lgan yog‘och yoki metaldan quriladi.
|
|
10
|
|
|
|
9
|
|
|
7
|
8
|
|
|
6
|
|
|
|
|
5
|
|
|
4
|
|
|
|
|
3
|
|
signal asosining
|
11
|
2
|
|
plani
|
|
|
|
|
1
|
|
3.17-rasm. Oddiy signal. 3.18-rasm. Murakkab signal: 1 – signal ustunlari ning asosi; 2 – signalning asosiy ustunlari;
3 – venets; 4 – krestovina; 5 – bolvanka;
6 – ichki piramida ustuni; 7 – kuzatuvchi uchun maydon; 8 – stol; 9 – tom; 10 – vizir nishoni;
11 – oraliq ustun.
Oddiy signal (3.17-rasm) bir-biridan ajratilgan ikkita pirami dalardan: vizir silindriga ega tashqi 1 va kuzatuvchi uchun maydoncha va asbob o‘rnatish uchun stolga ega ichki 2 pi ramidalardan tashkil topadi. Ichki piramida uchqirrali, tashqi pi ramida esa uchqirrali yoki to‘rtqirrali rasmga ega bo‘ladi. Tashqi piramida asosidagi asosiy ustunlar orasidagi masofani kuzatuvchi maydonchasigacha bo‘lgan balandlikni 1/5 hissasidan 2 metrga kaptita qilib olinadi. Oddiy signallar 10 metrgacha balandlikda quriladi; ular yog‘ochdan yoki metaldan, doimiy va yig‘iluvchi
bo‘lishi mumkin. Yig‘iluvchi belgilar avtotransport borishi uchun qulay bo‘lgan rayonlarda qo‘llaniladi. Ko‘pincha ichki pirami dalar punktda doimiy o‘rnatiladi, tashqi yig‘iladigan bo‘ladi, uni punktdan punktga olib yuriladi.
Murakkab signal (3.18-rasm) konstruksiyasi bo‘yicha oddiydan shunisi bilan farq qiladiki, unda asbob o‘rnatish uchun maxsus stolga ega ichki piramida oyoqlari bilan yerga tayanmasdan balki signal ustunning asosiga tayanadi (kuzatuvchi maydonchasidan 6 metr pastda).
Belgining oraliq ustunlari signalning qurish sifatini oshira di. Murakkab signallar 11 dan 40 metrgacha balandlikda qurila di. Ular to‘rtqirrali konstruksiyaga ega bo‘lib, yerda yig‘iladi (go rizontal holatda), so‘ngra tugallagan rasmda vertikal o‘rnatiladi. Bu holda balandlikda xavfli ishlarni bajarish zarurati tug‘ilmaydi, hamda belgi qurishda ishlab chiqarish unumdorligi oshadi.
Murakkab signalning tashqi piramidasi uchburchak asosining kengligi uni balandligining ¼ ga teng bo‘lib, kuzatuvchi maydon gacha 2 metr qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |