2-klass geodezik tarmoqlar. 2-klass tarmoqlari ko‘pincha tri angulyatsiya usuli bilan uzluksiz (tutash) uchburchaklar to‘ri ko‘rinishida, 1-klass astronomo-geodezik tarmoqlar poligonlarini to‘la to‘ldiradigan rasmda barpo etiladi (3.13–3.12-rasm).
3.12-rasm. 1-klass triangulyatsiya po ligoni ichiga 2–4-klass triangulyatsi yalarini barpo etish sxemasi:
1 – 1-klass triangulyatsiya tomoni;
– 2-klass triangulyatsiya tomoni;
– 3-klass triangulyatsiya tomoni.
Uchburchaklardagi eng ki chik burchaklar 30° gacha rux sat etiladi. Tomon uzunligi bir qator faktorlarga va birin chi navbatda joyning relyefi ga bog‘liq holda 7 km dan 20 km gacha bo‘lishi mumkin: ular o‘rtacha 12–13 km ga teng bo‘ladi. Relyef rasmlari yax shi ifodalangan joylarda 2-klass triangulyatsiyasini yirik uch burchaklar bilan ularga 3-klass punktlarini o‘rnatish orqa li rivojlantirish maqsadga mu vofiq bo‘ladi. Bunday geodezik
belgilarning minimal balandligi ta’minlanadi, bu esa iqtisodiy nuqtayi nazardan muhim ahamiyatga ega. 2-klass triangulyatsi yasida bazis tomonlari bir oraliqda va har 25 ta uchburchaklarni oralab joylashtiriladi. Bazis tomonlaridan biri 1-klass poligonining o‘rta qismida olinib, uning uchlarida 1-klass triangulyatsiyasidagi aniqlikda Laplas punktlari aniqlanadi. Bazis tomonlarning uzun ligi 1:400000 dan katta bo‘lmagan o‘rta kvadratik xatolik bilan, burchaklar esa 1'' dan oshmaydigan xatolik bilan o‘lchanadi.
3 va 4-klass geodezik to‘rlari. 2-klass to‘rlarining geodezik punktlarini talab qilingan zichlikda keyingi zichlashtirishda ular 3 va 4-klass to‘rlarini rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshi riladi. 3 va 4-klass to‘rlari triangulyatsiya, poligonometriya va trilateratsiya usullari bilan barpo etishi mumkin. Har bir rayon uchun bu to‘rlarni rivojlantirishning shunday usul va chizma lari tanlanadiki, unda boshqa teng sharoitlarda talab qilingan aniqlikni ta’minlab, mablag‘ va vaqtni tejash imkoni bo‘lsin. 3 va 4-klass triangulyatsiya tarmoqlari 2-klass geodezik tarmoq lariga qo‘yiladigan yaxlit uchburchaklarni mustahkam sistema si ko‘rinishda barpo etiladi. 3 va 4-klass uchburchaklarida bir xil klass tomonlari orasidagi burchaklar 20°dan kam bo‘lmasligi kerak. 3-klass tomon uzunliklari 5–8 km ga teng, 4-klassda esa 2–5 km ga teng bo‘ladi. Turli uchburchaklar sistemasiga tegishli va o‘lchangan yo‘nalishlar orasida o‘zaro bog‘lanmagan punktlar orasidagi masofalar 3-klass to‘rlarida 4 km gacha ruxsat etiladi, 4-klass tarmoqlarida 3 km gacha ruxsat etiladi, aks holda bu sis temalar tegishli yo‘nalishlarini o‘lchash yo‘li bilan birlashtiriladi. 3 va 4-klass tarmoqlarida gorizontal burchaklar 1,5'' va 2,0'' dan katta bo‘lmagan (uchburchaklarning bog‘lanmasliklari bo‘yicha) o‘rta kvadratik xatolik bilan o‘lchanadi.
3 va 4-klass tarmoqlarini poligonometriya usuli bilan barpo etilganda shu klass punktlarini aniqlash yuqori klass punktlari ga tayanuvchi bittalik yo‘l yoki yo‘llar sistemasini o‘tkazish orqa li amalga oshiriladi. Tugun punktlari orasida, hamda tugun va boshlang‘ich punktlar orasida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan buri lish nuqtalariga ruxsat etiladi. 3-klass yo‘lining eng kichik to moni 3 km, 4-klassda 2 km yo‘l qo‘yiladi. 3 va 4-klass poligo nometriya punktlarida gorizontal burchaklar 1,5'' va 2,0'' (yopiq poligonlarning bog‘lanmasliklari bo‘yicha) o‘rta kvadratik xato lik bilan o‘lchanadi. 3 va 4-klass poligonometriya yo‘llarida to monlar uzunligi 1/200 000 va 1/150 000 o‘rta kvadratik xatolik bilan o‘lchanadi.
Barcha klasslardagi davlat geodezik tarmoqlari har bir punkti da undan 0,5–1 km masofada (o‘rmonda 250 m yaqin bo‘lmagan) ikkitadan oriyentir punktlari o‘rnatiladi, ular yer osti markaz lari bilan mahkamlanadi. Oriyentir punktlari syomka yo‘llaridan azimutal bog‘lash maqsadlari uchun ham foydalanilishi mum
kin. Davlat geodezik tarmoqlarining barcha punktlari baland ligi asosan trigonometrik nivelirlash orqali aniqlanadi; faqat gina tekis va sal notekis joylarda 4-klass geometrik nivelirlash qo‘llanadi.
1954–1961-yillardagi Asosiy nizomga muvofiq barpo etiladi gan davlat geodezik tarmog‘i quyidagi umumlashtirilgan texnik ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi (3.5-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |