B. R. Nazarov oliy geodeziya


-klass geodezik tarmoqlar



Download 3,01 Mb.
bet22/67
Sana28.01.2022
Hajmi3,01 Mb.
#414938
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Bog'liq
oliy geodeziya asoslari

2-klass geodezik tarmoqlar. 2-klass tarmoqlari ko‘pincha tri­ angulyatsiya usuli bilan uzluksiz (tutash) uchburchaklar to‘ri ko‘rinishida, 1-klass astronomo-geodezik tarmoqlar poligonlarini to‘la to‘ldiradigan rasmda barpo etiladi (3.13–3.12-rasm).



3.12-rasm. 1-klass triangulyatsiya po­ ligoni ichiga 2–4-klass triangulyatsi­ yalarini barpo etish sxemasi:

1 – 1-klass triangulyatsiya tomoni;





  1. – 2-klass triangulyatsiya tomoni;




  1. – 3-klass triangulyatsiya tomoni.

Uchburchaklardagi eng ki­ chik burchaklar 30° gacha rux­ sat etiladi. Tomon uzunligi bir qator faktorlarga va birin­ chi navbatda joyning relyefi­ ga bog‘liq holda 7 km dan 20 km gacha bo‘lishi mumkin: ular o‘rtacha 12–13 km ga teng bo‘ladi. Relyef rasmlari yax­ shi ifodalangan joylarda 2-klass triangulyatsiyasini yirik uch­ burchaklar bilan ularga 3-­klass punktlarini o‘rnatish orqa­ li rivojlantirish maqsadga mu­ vofiq bo‘ladi. Bunday geodezik





belgilarning­ minimal balandligi ta’minlanadi, bu esa iqtisodiy nuqtayi­ nazardan muhim ahamiyatga ega. 2-klass triangulyatsi­ yasida bazis tomonlari bir oraliqda va har 25 ta uchburchaklarni oralab joylashtiriladi. Bazis tomonlaridan biri 1-klass poligonining o‘rta qismida olinib, uning uchlarida 1-klass triangulyatsiyasidagi aniqlikda Laplas punktlari aniqlanadi. Bazis tomonlarning uzun­ ligi 1:400000 dan katta bo‘lmagan o‘rta kvadratik xatolik bilan, burchaklar esa 1'' dan oshmaydigan xatolik bilan o‘lchanadi.

44


3 va 4-klass geodezik to‘rlari. 2-klass to‘rlarining geodezik punktlarini talab qilingan zichlikda keyingi zichlashtirishda ular 3 va 4-klass to‘rlarini rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshi­ riladi. 3 va 4-klass to‘rlari triangulyatsiya, poligonometriya va trilateratsiya usullari bilan barpo etishi mumkin. Har bir rayon­ uchun bu to‘rlarni rivojlantirishning shunday usul va chizma­ lari tanlanadiki, unda boshqa teng sharoitlarda talab qilingan aniqlikni ta’minlab, mablag‘ va vaqtni tejash imkoni bo‘lsin. 3 va 4-klass triangulyatsiya tarmoqlari 2-klass geodezik tarmoq­ lariga qo‘yiladigan yaxlit uchburchaklarni mustahkam sistema­ si ko‘rinishda barpo etiladi. 3 va 4-klass uchburchaklarida bir xil klass tomonlari orasidagi burchaklar 20°dan kam bo‘lmasligi kerak. 3-klass tomon uzunliklari 5–8 km ga teng, 4-klassda esa 2–5 km ga teng bo‘ladi. Turli uchburchaklar sistemasiga tegishli va o‘lchangan yo‘nalishlar orasida o‘zaro bog‘lanmagan punktlar orasidagi masofalar 3-klass to‘rlarida 4 km gacha ruxsat etiladi, 4-klass tarmoqlarida 3 km gacha ruxsat etiladi, aks holda bu sis­ temalar tegishli yo‘nalishlarini o‘lchash yo‘li bilan birlashtiriladi. 3 va 4-klass tarmoqlarida gorizontal burchaklar 1,5'' va 2,0'' dan katta bo‘lmagan (uchburchaklarning bog‘lanmasliklari bo‘yicha) o‘rta kvadratik xatolik bilan o‘lchanadi.
3 va 4-klass tarmoqlarini poligonometriya usuli bilan barpo etilganda shu klass punktlarini aniqlash yuqori klass punktlari­ ga tayanuvchi bittalik yo‘l yoki yo‘llar sistemasini o‘tkazish orqa­ li amalga oshiriladi. Tugun punktlari orasida, hamda tugun va boshlang‘ich punktlar orasida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan buri­ lish nuqtalariga ruxsat etiladi. 3-klass yo‘lining eng kichik to­ moni 3 km, 4-klassda 2 km yo‘l qo‘yiladi. 3 va 4-klass poligo­ nometriya punktlarida gorizontal burchaklar 1,5'' va 2,0'' (yopiq poligonlarning­ bog‘lanmasliklari bo‘yicha) o‘rta kvadratik xato­ lik bilan o‘lchanadi. 3 va 4-klass poligonometriya yo‘llarida to­ monlar uzunligi 1/200 000 va 1/150 000 o‘rta kvadratik xatolik bilan o‘lchanadi.
Barcha klasslardagi davlat geodezik tarmoqlari har bir punkti­ da undan 0,5–1 km masofada (o‘rmonda 250 m yaqin bo‘lmagan) ikkitadan oriyentir punktlari o‘rnatiladi, ular yer osti markaz­ lari bilan mahkamlanadi. Oriyentir punktlari syomka yo‘llaridan azimutal bog‘lash maqsadlari uchun ham foydalanilishi mum­

45


kin. Davlat geodezik tarmoqlarining barcha punktlari baland­ ligi asosan trigonometrik nivelirlash orqali aniqlanadi; faqat­ gina tekis va sal notekis joylarda 4-klass geometrik nivelirlash qo‘llanadi.

1954–1961-yillardagi Asosiy nizomga muvofiq barpo etiladi­ gan davlat geodezik tarmog‘i quyidagi umumlashtirilgan texnik ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi (3.5-jadval).


















Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish