B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


Ilmiy agronomiyaning kuzatish usullari



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

Ilmiy agronomiyaning kuzatish usullari 
Ilmiy agronomiyaning boshqa fanlardagi mavjud kuzatish usullaridan 
keskin farq qiladigan va o‗ziga xos bo‗lgan bir necha xil uslublari bo‗lib, 
bu uslublarning o‗zi ham mazmuni va maqsadi bo‗yicha, bajarilishi bilan 
bir-biridan farq qiladi. Ilmiy agronomiyaning asosan quyidagi kuzatish 
usullari o‗simlikshunos-likda, dehqonchilikda keng qo‗llaniladi: 
1. Labaratoriya, 2. Vegetatsion, 3. Lezimetrik, 4. Dala tajriba. 
Ushbu kuzatish usullari orqali qishloq xo‗jalik o‗simliklari ustida 
kuzatish ishlari olib boriladi, ma‘lumotlar olinadi va shu ma‘lumotlar 
asosida aniq kuzatish olib borilgan xo‗jalik va konkret sharoit uchun 
tavsiyalar beriladi.
Labaratoriya kuzatish usuli, asosan hamma sohalarda o‗rganilayotgan 
faktlar va ularning qishloq xo‗jalik ekinlarining urug‗lariga, o‗simliklarga 
ta‘siri labaratoriya sharoitida o‗rganiladi. 
Bunda ma‘lum bir sharoit yaratilib, aniq xulosa olish mumkin. Misol 
uchun chigitlarning unuvchanlik darajasini aniqlash. Bunda chigitning 
unish uchun zarur bo‗lgan namlik, yorug‗lik va harorat sun‘iy ravishda 
yaratiladi. Ushbu maqsadlardagi tajribalar termostadlarda, bokslarda, ob-
havo kameralarida o‗tkazilib, sun‘iy usulda yaratilgan faktor sozlab 
turiladi. Labaratoriya tajribalarida ko‗pincha mineral o‗g‗itlarning aniq 
o‗zlashtirish koeffitsienti, pestitsid va har xil kimyoviy moddalarning 
miqdori organizmlarga ta‘siri ham o‗rganiladi. 
Labaratoriya kuzatish usulining qulay tomoni shundan iboratki, sodir 
bo‗lgan holatda faktorlarning ta‘siri qanchalik qismga ega ekanligini 
aniqlash imkonini beradi. Buning uchun maxsus mikrobiologik, bioximik 
va bakteriologik laboratoriyalar mavjud bo‗lib, bularda hosilni 
shakllantirishdagi muhim faktorlar o‗rganiladi. Labaratoriya kuzatish 
usuli bo‗yicha ish olib borish uchun maxsus uslublar mavjud bo‗lib, ushbu 
uslublarda bajariladigan ishlarning usullari va bosqichlari ko‗rsatilgan 
bo‗ladi. Labaratoriya sharoitida bajarilgan kuzatishlar natijalarining 
aniqlik darajasi ko‗p jihatdan olingan tuproq o‗simlik namunalarining olish 
usullariga va qanchalik aniq olinganligiga ham bog‗liqdir. SHuning uchun 
namunalar iloji boricha hamma qaytariqlardan, hech bo‗lmasa kamida 2 ta 
qaytariqdan olinadi. 


29 
Vegetatsion kuzatish usuli yoki tajribasi o‗simliklarning mineral 
moddalar bilan saqlanishi, suv va yorug‗lik sharoitlari, o‗sishning 
jadallashtiradigan moddalarning ta‘sirini hamda o‗simliklarning o‗sishi va 
rivojlanishiga ta‘sir etadigan boshqa faktorlarni o‗rganishda katta 
ahamiyatga ega bo‗lib, bu qator amaliy masalalarni hal etishga qaratilgan 
ilmiy tekshirish ishlarida keng qo‗llaniladi. Vegetatsion tajriba sharoitida 
o‗simliklarning oziqlanishi, ularning o‗sish dinamikasini (o‗zgarishini), 
meva tugishi, hosil to‗plashi kabi faktorlarni aniq kuzatish dala sharoitiga 
nisbatan qulay. 
Lezimetrik kuzatish usuli boshqa kuzatish usullaridan farqli o‗laroq, 
o‗simliklarning hayot faktorlari va tuproqdagi protseslarning dinamikasi 
maxsus lezimetr (beton yashiklar) da o‗tkaziladi. Bunda asosan ozuqa 
moddalar va suv balansi kabi muhim masalalar tabiiy sharoitda 
o‗rganiladi. Lezimetrik kuzatishning qulay tomoni shundan iboratki, yon 
yoki pastki tomoni ochiq bo‗lib, tabiiy sharoitda yuqorida aytilgan 
faktorlar yoki muammolar o‗rganiladi. O‗rganilayotgan faktorlar mos 
holda lezimetrni o‗lchamlari har xil bo‗ladi. Ko‗p hollarda hamma 
tomonlari bir metrdan bo‗lgan, ya‘ni 1m, kub xajmgacha, devorlarining 
qalinligi 0.3-0.5 metrgacha bo‗lgan lezimetrlardan foydalaniladi. 
Lezimetrlarda asosan dehqonchilik, melioratsiya, tuproqshunoslik, 
agronomiya va o‗simlik fiziologiyalari sohalarida suv balansi, ozuqa 
elementlarining 
o‗zlashishini, 
atmosfera 
yog‗ini 
miqdori 
va 
o‗simliklarning oziqlanishida nishonlangan izotoplardan foydalanish 
muammolari o‗rganiladi. Ba‘zi hollarda g‗ishtlik yoki metallardan 
tayyorlangan lezimetrlardan ham foydalaniladi. Kuzatishning lezimetrik 
usuli dala sharoitida kuzatilganligi va vegetatsion kuzatish usuliga yaqin 
bo‗lganligi uchun kuzatish usulini 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish