41
Qolgan shart –sharoitlar va omillar hamma variantlarda bir xil bo‗lishi
kerak. Kultivatsiya , sug‗orish, o‗g‗it solish, tuproqqa ishlov berish kabi
omillar boshlangan kunda tugashini ta‘minlash shart . Aks holda olingan
ko‗shimcha hosil azotning yillik me‘yori hisobiga etishtirilganiga
ishonchsizlik (shubxa) vujudga kelishi mumkin. Ushbu ta‘labga rioya
qilinmasdan dala tajribasining samaradorligini ham to‗g‗ri aniqlab
bo‗lmaydi.
Ba‘zi turdagi dala tajribalarida bu talabdan bir chetga chiqilganga
o‗hshaydi. Misol uchun, tuproqqa chukurlatib ishlov berish
o‗rganilayotgan dala tajribalarida chukur ishlov berilayotgan variantlarda
tuproqning namligi , namlik rejimi va harorati biroz o‗zgaradi.
Lekin bu
holni ta‘siri juda katta bo‗lmaydi. Baribir ta‘sir etuvchi ko‗shimcha omillar
birga o‗rganilsa maksadga muvofiq bo‗ladi.
Agar ikkita yangi g‗o‗za navi solishtirib o‗rganilganda ko‗chat
qalinligiga e‘tibor berish lozim. Ma‘lumki, har kaysi nav o‗ziga xos
oziqlanish maydoni va ko‗chat qalinligini ta‘lab etadi. SHuning uchun
qolgan omillarning bir xilligini saqlagan holda ko‗chat qalinligi
o‗rganiladi. Demak, hamma turdagi dala tajribalarida bir xillik prinsipiga
amal qilgan holdagina aniq va ishonchli ma‘lumotlar olish mumkin.
YUqorida sanab o‗tilgan
dala tajribalarini olib borilda amal qilinishi
zarur bo‘lgan talablardan biri dala tajribalarini tarixi aniq va alohida
tajriba uchun ajratilgan maydonlarda bajarilishdan iborat
.
Dala tajribalarini alohida tajriba uchun ajratilgan maydonlarda
o‗tkazishning kulay tomoni shundan iboratki,
bu holatda tajriba
maydonining tarixi, o‗tmishdosh ekinlaraniq bo‗lganligi uchun , hamda
o‗tgan yili kancha miqdorda kimyoviy moddalar va mineral o‗g‗itlar
ishlatilganligi aniq bo‗lib, ularning kelgusi yilda kayta ta‘sirini hisobga
olgan holda ilmiy ishni rejalashtirilsagina olingan natija fakatgina
o‗rganilayotgan omilning ta‘siri bo‗lib hisoblanadi.
Olib borilgan dala tajribalaridan ma‘lumki , bir xil chukur xaydash
mineral o‗g‗it va kimyoviy moddalarning kayta ta‘siri ekanligi 20-40%
gacha ko‗shimcha hosil olish mumkin. Bundan tashqari tuproqning tabiiy
unumdorligini aniqlash uchun hamda almashlab ekish sxemalari bo‗yicha
olib boriladigan dala tajribalari uchun asosan uzoq muddat talab qilishi
bilan birga, endi o‗rganilayotgan omillarni solishtirish yoki to‗g‗ridan –
to‗g‗ri bajarish imkoni yaratiladi.
Dala tajribalari
olib borishda nihoyat
oxirgi to‘rtinchi ta’lab, bu
olingan hosilni va uning ishonchlilik darajasini aniqlashdan iborat
42
bo‗lib, dala tajribalarining yakunlovchi , iqtisodiy ko‗rsatkichini
baholovchi asosiy ta‘lab bo‗lib hisoblanadi. Dala tajribasidan olingan
olingan hosildorlik bo‗yicha o‗rganilayotgan omilning o‗simlikka son va
iqtisodiy jixatdan samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Lekin olingan
bu xulosalar, tajribadan olingan hosil olinganda
va statistik baholanib ,
konikarli deb topilganda asosli bo‗lib hisoblanadi.
Dala tajribalarining sxemasi to‗g‗ri tuzilganda , olib borilgan kuzatuv
ishlari va bajarilgan ishlar uslub (metodika) asosida a malga oshirilgan
hamma maydon to‗g‗ri tanlanganda tajribadan olingan ma‘lumotlar va ular
asosida qilingan xulosalar konikarli deb hisoblanadi. Aks holda, tajriba
konikarli deb topilib, bekor kilinadi.
Dala tajribasini olib borayotgan kuzatuvchi ko‗pincha uch xil
xatolikka duch kelishi mumkin:
1.
Tasodifiy
2.
Muntazam uchraydigan xato (doyimiy)
3.
Ko‗pol xato
Ko‗p hollarda tajribalarni olib borishda tasodifan biror kamchilikka
yo‗l ko‗yilib, kuzatish natijasida bu tasodifiy xatolik bo‗lib shakllanadi.
Agarda kiymati juda kichik bo‗lsa ham, tasodifiy yo‗l ko‗yilgan tajriba
kuzatishlaridan aniq ma‘lumot olib bo‗lmaydi.
Tasodifiy yo‗l ko‗yilgan xato ko‗p
jixatdan variantlar va
kuzatishlar soniga bog‗liqdir. SHuning uchun yo‗l ko‗yilgan tasodifiy
xatolarni yo‗qotish uchun va aniqlik darajasini oshirish uchun
ko‗rsatkichlarning o‗rtachasi topiladi. Misol uchun, variant yoki
kaytariqlar bo‗yicha hosildorlik ma‘lumotlariko‗shilib, variant yoki
kaytariqlar soniga bo‗linib, o‗rtacha hosildorlik topiladi.
Tasodifiy xatoliklarning miqdorini tajribalarda
kamaytirish uchun
kuzatishlar va kuzatilayotgan o‗simliklar sonini oshirish kerak. Bunday
holat fenologik kuzatishni amalga oshirish uchun o‗simliklarni ajratishda
ham ko‗rildi. 100 dona o‗simlikni bir joyda tanlagandan ko‗ra 2-5 joydan
tanlansa bir joyda tanlangansa yo‗l ko‗yiladigan tasodifiy xatolik kamroq
bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: