Tajribani tashkil etish.
Ilmiy tadqiqotlarni
rejalashtirish va to‗g‗ri
olib borishda tajribani to‗g‗ri tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega.
Tajribani tashkil etish deganda – dala tanlash , dalaning o‗lchamlarini
37
hisoblash , bir xilligini aniqlash , tajriba variantlari va qaytariqlarni to‗g‗ri
joylashtirish singari tadbirlar tushuniladi.
Tajribani tashkil etishda eng avvalo tajriba maydonining yon atrofidan
doyimiy o‗zgarmas ob‘ekt tanlab olinadi.Bunday ob‘ekt sifatida biron bir
stalba, ko‗p yillik daraxt , yirik harsang tosh va shunga o‗xshash boshqa
siljimas ob‘ektlar bo‗lishi mumkin. Agar bunday ob‘ektlar bo‗lmagan
hollarda o‗zgarmas ob‘ekt sifatida temir qaziq qoqib ko‗yiladi va har yili
tajriba variantlari va takrorlanishlar shu ob‘ektga nisbatan joylashtiriladi.
Tajriba variantlari va takrorlanishlarni joylashtirishdan avval eng
avvalo tajriba maydonining tщrtala tomonidan ximoya maydon ajratiladi.
Dala tajribalarida ximoya maydon kengligi 2.4-3.6 metrdan kam
bo‗lmasligi lozim.Tajriba maydoni avtomobil yo‗llari bo‗yida joylashsa,
yoki tajriba maydoni atrofida ko‗p yillik daraxtlar bo‗lsa ximoya maydon
kengligi ma‘lum darajada orttiriladi. Bunda yo‗l yoqasidan tushadigan
chang va boshqa zararli ta‘sirlar , ko‗p yillik daraxtlarning soyasi hisobga
olinadi.SHunga ko‗ra ximoya maydon kengligi avtomobil yo‗llari
yoqalarida 5-6 metrni, , dala atrofida ko‗p yillik daraxtlar o‗sgan xollarda
6-10 metrni tashkil etadi.
SHuningdek har bir variantda ximoya va hisoblit mavjud.Agar har
bir delyanka 100 m
2
dan iborat bo‗lsa shundan 50 m
2
hisobli maydon , 50
m
2
ximoya maydon tashkil etadi. YA‘ni , 4 qatorli variantlarda
delyankaning ikki yon tomonidagi egatlar ximoya maydon, delyankaning
o‗rtasida joylashgan ikkita egat hisobli maydon hisoblanadi.
Tajribada takrorlanishlar tajriba maydoninning shakli , katta
kichikligi, variantlar soniga ko‗ra bir yarusli , ikki yarusli va ko‗p yarusli
holatda joylashtirilishi mumkin.
Tajribalarni tashkil etishda va tajriba maydonlarini tanlashda
shuningdek ekin turi, nav xususiyati , o‗tmishdosh ekin , sug‗orish
inshoatlari , transpart va boshqa omillar hisobga olinishi maqsadga
muvofiq.
Masalan ozuqabop em-xashak ekinlari bilan bog‗liq dala tajribalari
chorva fermalari yaqinida , sholichilik bilan bog‗liq tajribalar suv bilan
yaxshi ta‘minlangan maydonlarda olib borilishi lozim. Paxtachilikka oid
dala tajribalari atrofiga kungaboqar va bir yillik dukkakli ekinlar ekilishi
yaramaydi.CHunki bu ekinlar ko‗sak kurti va o‗rgamchakkana singari
zararli xashoratlarni ko‗payishiga olib kelishi mumkin.
Dala tajribalari tashkil etishda navlar tozaligini saqlash , bunda turli
nav urug‗larini joylashtirishda ma‘lim bir belgilangan masofani
38
saqlanishiga e‘tibor qaratilishi lozim. Ayniqsa bu holat chetdan
changlanuvchi ekinlarga ta‘luqli.
Nazorat savollari
1.Ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish bosqichlari
2.Ilmiy tadqiqot uchun mavzu tanlash
3.Iilmiy loyixa tuzish
4.Ishchi dastur tuzish
5.Tajribani tashkil etish
Do'stlaringiz bilan baham: |