B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

ishchi gipoteza
deyiladi. Ishchi gipotezalar asosida ish 
rejasi ishlab chiqiladi va olib boriladi. 
K.A.Timeryazev ―Gipoteza bu hodisalarni tushuntirishdagi birinchi 
harakatdir. Hodisalarni tushuntiruvchi gipotezalar, fikrlar ko‗p bo‗lishi 


34 
mumkin, lekin haqiqat bitta bo‗ladi‖, degan edi. Gipoteza, bu qalbaki 
bo‗lsa ham ma‘lum darajada o‗z foydasini beradi. SHuning uchun taniqli 
bioximik Sent-Beridi - ―Hamma ko‗rmagan narsani ko‗rganingda va hech 
kim o‗ylamagan narsani o‗ylaganingda haqiqiy yangilik yaratishing 
mumkin‖, degan edi.
Fanlarning rivojlanishi tarixida ko‗plab gipotezalar paydo bo‗lgan. 
SHulardan asosga egalari va mazmunan boylari nazariya shakliga o‗tib, 
tajribalar asosida ishlab chiqarishga tavsiya etilgan. Qolganlari tashlab 
yuboriladi. Hozirgi kunda esa fanning rivojlanishi ancha jadallashdi. 
I.V. Michurin fanning taraqqiyoti haqida: ‖Izdoshlarim mendan fan 
sohasida ilgarilab, fikrlarimizga qarshi chiqish, xattoki mehnatlarimizni 
kamsitishi va shu bilan birga fikrlarimizni, ishlarimizni davom ettirishi 
kerak‖, degan edi. Bu so‗zlari bilan I.V. Michurin kuzatuvchilarni ilmiy 
ishlarning oldingisini takrorlamas-likka yangi nazariya va gipotezalar 
ustida ish olib borishga chorlaydi. 
Nazariya bilan gipoteza bir-biridan farq qilib ishchi gipoteza ish 
darajasi ortishi bilan noto‗g‗ri deb topilishi mumkin. Nazariya esa fan 
taraqqiyoti bilan yanada rivojlanib boradi. 
Ilmiy loyiha va ishchi dastur tuzish
. Ilmiy tadqiqotlar olib borishda 
keyingi bosqich 
ilmiy loyiha
 
tuzish hisoblanadi.
 
Ilmiy ish davr talabidan 
kelib chiqqan bo‗lib, sohada mavjud bo‗lgan muammolarni echimini 
topish uchun qaratilgan bo‗ladi. Bunda, eng avvalo, tadqiqotchi o‗z oldiga 
ko‗ygan maqsadlarni rejalashtirib, ilmiy ishni olib borish tartibini 
loyihalashtiradi.
Ma‘lumki, har qanday ilmiy ishni sifatli bajarilishi uchun ma‘lum 
darajada mablag‗ talab etiladi. Ta‘lab etiladigan mablag‗ning ko‗lami 
ilmiy ishning davomiyligiga, xajmiga, murakkabligiga, talab etiladigan 
texnika vositalari bilan ta‘minlanish darajasiga, ishga jalb etiladigan 
mutaxassislar soniga va boshqa omillarga bog‗liq. SHunga ko‗ra, ilmiy 
dasturda ilmiy ishni olib borish uchun talab etiladigan sarf harajatlar 
albatta ko‗rsatilishi zarur. Ilmiy loyiha quyidagi tartibda yoziladi: 
1. ilmiy ishning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari o‗zida aks etgan 
qisqacha annotatsiya; 
2. bu sohada muqaddam olib borilgan ilmiy ishlar to‗g‗risida qisqacha 
axborot; 
3. ilmiy ish olib borilayotgan tashkilatning manzili, telefon, faks va 
internet pochtasi, ijrochilar to‗g‗risida ma‘lumotlar; 


35 
4. ilmiy ish bilan bog‗liq sarf-harajatlar, harajatlar smetasi, ilmiy 
ishning davomiyligi; 
5. ilmiy ishdan kutilayotgan natijalar va uning iqtisodiy samaradorligi 
ko‗rsatiladi. 
Ilmiy loyiha o‗z mazmuni, yo‗nalishi bo‗yicha tanlovga taqdim 
etiladi. Taqdim etilgan loyihalar ikkita va undan ortiq ekspertlar 
tomonidan o‗rganiladi. Maxsus ekspert komissiyalari tomonidan istiqbolli 
deb topilib ijobiy baholangan ilmiy loyihalarga moddiy mablag‗ ajratiladi. 


Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish