B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

5.3.
 
Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ rejalashtirishda 
axborot texnologiyalarining ustunliklari 
Hozirgi zamonda kompyuter ko’plab kasblar xodimlari mehnat 
vositalarining ajralmas qismiga aylandi. U prognozlashtirish va 
rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi iqtisod xodimlari 
tomonidan ham faol qo’llaniladi. Informatikaning axborotni olish va 
qayta ishlash usullari va vositalari bo’yicha amaliy darajasini aks 
ettiruvchi, bilimlarning muayyan sohalarida nazariyani amaliyotda 
qo’llash sohasini qamrab oluvchi axborot texnologiyalari iqtisodiy 
oldindan ko’ra bilishning ko’plab masalalarini oqilona hal etish imkonini 
beradi.
 
Axborot texnologiyalari – bu boshqaruv obyektining optimal 
bozor parametrlariga erishish uchun boshlang’ich ma’lumotlarni apparat 
va dasturiy vositalar yordamida qaror qabul qilish mexanizmining 


95 
ishonchli va tezkor axborotiga aylantirish usullari majmuidir. Ular 
kompyuterlar, lokal va global tarmoqlar, multimediya texnologiyalari va 
hokazolarni o’z ichiga oladi. 
Iqtisodiy 
hisob-kitoblarda 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat? Axborot texnologiyalari 
jahon evolyustiyasining o’ziga xos katalizatori sifatida ishtirok etadi. Fan-
texnika taraqqiyotining rivojlanish va uning natijalaridan xo’jalik 
amaliyotida foydalanish jarayonini aks ettirgan holda axborot 
texnologiyalari jamiyatda iqtisodiy o’sishning muhim vositasiga aylanib 
bormoqda. Axborot texnologiyalarini iqtisodiy asoslashlarda qo’llash 
hisob-kitoblarni tezlashtirish va ularning aniqligini oshirishning garovi 
bo’lmoqda. 
Davlat, mintaqa yoki firma darajasini prognozlashtirish va 
rejalashtirish masalalari ko’plab o’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq 
omillarni aks ettiruvchi murakkab jarayonni o’zida namoyon etadi. 
Axborot texnologiyalari bilimlarning sifat jihatdan yangi darajasini aks 
ettirib, buxgalteriya ma’lumotlari hisobini yuritishning zamonaviy 
vositalarini, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullarini namoyon etgan 
holda samarali boshqaruv imkoniyati yanada kengaytiradi, ya’ni ular 
tadbirkorlikning 
muayyan 
sharoitida 
harakatlarning 
maqsadga 
muvofiqligi va asosliligi to’g’risida qaror qabul qilishga yordam beradi. 
O’z faoliyatining kelgusi natijalarini rejalashtirish bilan 
shug’ullanuvchi tadbirkorning barcha qarorlari xo’jalik yuritishning 
samaradorligiga erishishga intilish bilan shartlangan. Ushbu samaradorlik, 
odatda, daromadlar va xarajatlar nisbatida o’z ifodasini topadi, bunda 
daromadlar xarajatlardan ustunlik qiladi. Daromadlar va xarajatlarning 
ijobiy saldosi firmaning har bir bitimida (operastiyada) tegishli 
mezonning ishtirok etishini belgilab beradi. Har bir operastiyadan (yoki 
ularning aksariyatidan) foyda olish butun tashkilot xo’jalik yuritishi 
samaradorligining asosini yaratadi. Mamlakatdagi ko’plab firmalar 
ishlashining samaradorligi esa yakuniy iste’molchining manfaatlarini 
hisobga olgan holda davlatning butun iqtisodiyoti samradorligi uchun 
zamin yaratadi. Lekin, butun ushbu zanjirning asosida iqtisodiy shaxs 
xo’jalik yuritishining samaradorligi yotadi. Firmadagi har bir operastiya 
(bitim) va ularning butun yig’indisi o’zining umumiy samaradorligining 
bir qismi ko’rinishida axborot texnologiyalarini qo’llash samaradorligini 
o’z ichiga oladi. 
Axborot texnologiyalaridan foydalanishnig muayyan samaradorligi 
ularni qo’llashdan olinadigan umumiy daromadlarni kompyuter 


96 
tizimlarini xarid qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish bo’yicha tegishli 
uzoq muddatli investistiyalar bilan taqqoslash orqali belgilanishi mumkin. 
Axborot texnologiyalarini qo’llashning yillik samaradorligini ham 
aniqlash mumkin. Buning uchun kompyuter tizimining amalda yuzaga 
kelgan iqtisodiy samaradorligini 0,32 ga teng bo’lgan normativ 
koeffistient bilan taqqoslash tavsiya etiladi. To’g’ri foydalanilganda 
axborot 
texnologiyalarini 
qo’llash 
odatda sarmoyaning yuqori 
rentabelligiga 
olib 
keladi 
(ba’zan 
81%ga 
etadi). 
Axborot 
texnologiyalaridan foydalanish odatda xodimlar sonini kamaytiradi
mehnatga haq to’lash xarajatlari va tegishlicha vaqt birligiga tushum 
hajmining oshishiga ko’maklashgan holda barcha xarajatlarning 
tejalishiga olib keladi. 
Kompyuter tizimining samaradorligini baholash bir necha tarkibiy 
qismlarga, xususan markaziy prostessorga bog’liq. Uning samaradorligiga 
tezkor xotira hajmi, jihozni modernizastiyalashni hisobga olgan holda 
mulk qiymati, dasturiy ta’minotni tarqatishning avtomatlashtirilganligi va 
boshqalar ta’sir ko’rsatadi. 
Axborot 
tizimiga 
nisbatan 
qo’yiladigan 
umumiy talablar 
investistiyalarning barqarorligi va ishonchliligini, himoyalanganligi va 
saqlanishini o’z ichiga oladi. 
Kompyuter tizimlarini xarid qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish 
xarajatlari quyidagilar qiymati bilan aniqlanadi: 
1. Apparat-dasturiy vositalar (uzoq muddatli investistiyalar, yangi 
tizimlarni listenziyalash, modernizastiyalash va navbatdagi yangilashlar); 
2. Ma’muriylashtirish (tarmoq va tizimni ma’muriylashtirish, 
jamg’aruvchilar ma’muriylashtirish, mehnat, subpudrat haqi); 
3. Qo’llab-quvvatlash (texnik qo’llab-quvvatlash, o’qitish, moddiy-
texnika ta’minoti xizmatlari, xizmat safari xarajatlari, xizmat ko’rsatish 
va qo’llab-quvvatlash shartnomasi, qo’shimcha xarajatlar); 
4. Ishlanmalar (ilovalarni yaratish, testlash va hujjatlarn tayyorlash);
5. Kommunikastiya vositalari (liniyani ajratish va serverlardan 
foydalanish).
Egalik qilish umumiy qiymatini pasaytirish boshqaruvning turli 
vazifalari, shu jumladan prognozlashtirish va rejalashtirish uchun 
qo’llanilishi mumkin bo’lgan axborot tizimini tanlashga bog’liq. Biroq 
ushbu vazifalar, odatda, buxgalteriya hisobi dasturlari mavjud bo’lgan 
taqdirda hal etiladi. 
Shunday qilib, iqtisodiy hisob-kitoblarda axborot texnologiyalarini 
qo’llash oqilona yondashuv chog’ida firmaga jalb etiladigan axborot 


97 
oqimlari maydonini keraytirish, axborot oqimlarini tezlashtirish, 
zararlarni kamaytirish va o’z faoliyatini xavfsizlantirish imkonini beradi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish