B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995. 
2.
Basovskiy L.E. Prognozirovanie i planirovanie v usloviyax rinka. 
Uch.posob. M.: 2006.-260 s.
3.
Bezrukov V. Organizastiya gosudarstvennogo planirovaniya i 
regulirovaniya
 
ekonomiki // Planovoe xozyaystve. 1990 g. № 3. – 69 s. 
4.
Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Zohidov G’.E. 
Mintaqalarni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini 
prognozlash.-T.: 
TDIU,2010.- 216b. 
5.
Jumaev X.N., Otaniyazov B., Yugay L.P., Jalilov A. Matematik 
programmalashtirish: darslik. – T.:”Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti, 
2005. – 230b. 
6.
Knish M.I., Perekatov B.A., Tyutikov Yu.P. Strategicheskoe 
planirovanie investistinnoy deyatelnosti: Ucheb. posobie. – SPB.: Izd. 
dom “Bizness – Pressa”, 1998. – 315s. 
7.
 
O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y 
“O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.
 


99 
6-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISH VA IQTISODIY 
HODISALARNING TAMOYILLARI
 
 
6.1. Indikativ rejalashtirish funksiyalari. 
6.2. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy 
qoidalari. 
6.3. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari. 
6.4. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari. 
 
 
6.1. Indikativ rejalashtirish Funksiyalari 
 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat va nodavlat sektorlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli ravishda boshqarish usuli sifatida 
indikativ rejalashtirish rivojlanadi.
Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan 
mutanosib asoslarda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirishga jalb qilish usuli hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchilar, 
xaridorlar va umuman bozorga ta’sir etishning iqtisodiy vositalaridan 
foydalanishga asoslanib, davlat va xususiy sarmoya manfaatlarini 
uyg’unlashtirish imkonini beradi.
Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki 
alohida ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiruvchi axborot 
hisoblanadi. Bu borada u tavsiyaviy xususiyatga ega: ko’rsatkichlar 
strategiya yoki iqtisodiy harakat to’g’risida qarorlar qabul qilishda 
indikatorlar sifatida foydalaniladi. Indikativ reja qamrab olgan xo’jalik 
yurituvchi subyektlar uchun uning ko’rsatkichlari majburiy hisoblanadi, 
chunki ularni bajarmaslik rejada qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga 
olib keladi.
Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning 
ayrimlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosati bilan 
belgilansa, boshqalari rejalashtirish jarayonida aniqlanadi. Asoslangan 
ustuvor yo’nalishlar zamirida tegishli rag’batlantirish mexanizmlari ishlab 
chiqiladi; milliy ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalar bo’yicha o’rta 
muddatli dasturlar doirasida davlat va xususiy sektorning birgalikdagi 
sa’y-harakatlari evaziga investistiya kelishuvlari tuziladi.


100 
Indikativ rejalashtirishda korxonalar muvofiqlashtiruvchi organga 
(bu ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lishi mumkin) o’zining mahsulotni 
sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul 
qilinsa, bu ikkala tomon uchun ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a) 
muvofiqlashtiruvchi organ hajmlarni amalga oshirish va rag’batlantirish 
tizimiga kiritadi; b) korxona olingan majburiyatni bajarishga majbur 
bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va 
quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal qilgan, farq 
faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki 
u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning 
dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining 
holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining 
holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini 
tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi 
davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet 
mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona 
bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan 
foydalaniladi.
Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga 
ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan 
amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab 
masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv 
organlari tizimi barcha bo’g’inlarining ham o’zaro, ham mintaqaviy 
organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish