B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/126
Sana13.05.2022
Hajmi2,15 Mb.
#603116
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

Tahliliy usul
shunga asoslanganki, ilgarigi demografik dinamikadan 
kelib chiqqan holda uni eng yaqin tasvirlovchi Funksiya tanlab olinadi. 
Bu har qanday Funksiya bo’lishi mumkin, biroq, har qanday holatda 
ushbu 
Funksiya 
empirik xususiyatga ega bo’lib, demografik 
dinamikaning hech qanday umumiy matematik qonuni mavjud emas. 
Komponent usuli. 
Mazkur usul demografik prognoz ishlab 
chiquvchilari oldida keng imkoniyatlarni ochib beradi. Ekstrapolyastion 
va tahliliy usullardan farqli o’laroq, u nafaqat aholining umumiy sonini 
bilish, balki ularni jinsi va yoshiga qarab taqsimlash imkonini beradi.
Amaliyotda aholini prognoz qilish har bir jins uchun alohida yosh-
jins ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Tug’ilish uning yosh 
koeffistientlarida ifodalanadi. O’lish kuchi erkaklar va ayollar uchun 
alohida keyingi yoshgacha yashash yosh ehtimolida o’z ifodasini topadi. 
Migrastiyani jinsi va yoshiga qarab tasniflangan kutilayotgan har yillik 
netto-migrastiya atamalarida o’lchash qabul qilingan.
Hisob-kitoblar 
 atamalarida amalga oshirilib,
ularning har biri odatda 1 yoki 5 yilga teng. Ishni ro’yxatga olish yoki 
boshqa boshlang’ich ma’lumotlardan boshlab demograf prognoz 
qilishning bir stikli davomida tug’ilish, o’lim va migrastiya to’g’risidagi 
ma’lumotlarni izchil qo’llaydi. Stikl so’ngida ushbu operastiya yordamida 
hisoblab chiqilgan aholi, o’z navbatida keyingi stikl uchun boshlang’ich 
hisoblanadi. Kelgusida keyingi sanaga aholi o’sishini baholash uchun 
prognoz qilish stikli takrorlanadi. Ushbu tadbirning o’ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, prognozchi har bir prognoz stikli uchun tug’ilish, o’lim 
va migrastiyaning turli miqdoridan foydalanishi mumkin. Yuqorida 
atilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, prognozning asosliligi va 
foydaliligi boshlang’ich aholi sonini baholashning aniqliligiga va 
tug’ilish, o’lim va migrastiyaning kelgusi parametrlarini oldindan ko’ra 
bilishning aniqliligiga bog’liq. 
Tug’ilish, o’lim va migrastiya prognozlarini ishlab chiqish 
komponent usulini qo’llashning muhim sharti hisoblanadi. Biroq, agar 
ushbu usulni qo’llash sof texnik vazifa hisoblansa, demografik jarayonlar 
dinamikasini prognoz qilish katta tahliliy ishni, tug’ilish, o’lim va 
migrastiyaning o’zgarish qonuniyatlarini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy 
omillar bilan aloqalarini bilishni talab qiladi. Hatto aytish mumkinki, 
bunday prognoz qilish nimasi bilandir san’atga o’xshab ketadi. 
Hozirgi vaqtda komponent usulini qo’llashning sof hisoblash 
vazifalari to’lig’icha tegishli kompyuter paketlari bajaradi. Xususan, 
BMT tomonidan ishlab chiqilgan DemProj va Spectrum paketlarini 


153 
ko’rsatish mumkin bo’lib, ular aholi soni va tarkibini bir lahzada prognoz 
qilish imkonini beradi. AQSh stenzla byurosi komponent usulini amalga 
oshiruvchi RUP kompyuter dasturini ishlab chiqdi. 
Biroq, yana bir bor shuni ta’kidlaymizki, sof hisoblash tartibotlari – 
bu demografik prognoz qilishning eng sodda va eng qiziqarsiz qismidir. 
Prognoz qilishning ma’nosi qandaydir hisob-kitoblar emas, balki 
tug’ilish, o’lim va migrastiya tendenstiyalarini prognoz qilishdan iborat. 
Bunda bazaviy yil uchun aholi soni va tarkibi haqidagi ma’lumotlarning 
aniqligi va ishonchliligini baholash prognoz qilishdagi dastlabki qadam 
bo’lishi kerak, chunki, agar ushbu axborot noto’g’ri bo’lsa har qanday 
prognoz o’z ma’nosini yo’qotadi. 
Agar aholi soni va tarkibi haqidagi ma’lumotlarning aniqligi va 
ishonchliligi shubha uyg’otmasa, u holda prognoz qilishdagi keyingi 
qadam tug’ilish, o’lim va migrastiyaning kelgusi tendenstiyalari 
to’g’risidagi gipotezalarni olg’a surishdan iborat bo’ladi. Bunda 
demografik fanning hozirgi holati tug’ilish, o’lim va migrastiya 
o’rtasidagi aloqalarni prognoz qilishda samarali qo’llash uchun zarur va 
etarli darajada aniq va ishonchli tarzda qayd etish imkonini bermasa-da
ushbu gipotezalarni o’zaro bog’lash zarur. 
Alohida demografik jarayonlar parametrlari prognoz davrining har 
yili uchun emas, balki faqat uning ayrim nuqtalariga aniqlanishi ularni 
prognoz qilishning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi, shundan so’ng 
olingan qiymatlar oraliq sanalarga interpolyastiya qilinadi. Bunda 
ko’pincha interpolyastiya tayanch nuqtalar o’rtasida demografik 
jarayonlar parametrlarining o’zgarmasligi to’g’risidagi taxminga olib 
keladi. Masalan BMTning 1998 yildagi prognozi Rossiya uchun shundan 
kelib chiqadiki, 1995-2000 yy. va 2025-2030 yy. besh yilliklar o’rtasidagi 
davrda o’rtacha variant bo’yicha tug’ilishning umumiy koeffistienti 
reproduktiv yoshdagi bir ayol uchun 1,35 tadan 1,70 tagacha tug’ilishga 
ko’tariladi, so’ngra esa prognoz gorizont oxirigacha, ya’ni 2050 yilgacha 
shu darajada saqlanib qoladi. 2000 yildan 2025 yilgacha bo’lgan oraliq 
ko’rsatkichlar interpolyastiya usuli bilan hisoblab chiqildi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish