11.3. Aholi o’sishini prognoz qilish usullari
Quyidagilar demografik prognoz qilishning asosiy usullari
hisoblanadi: u yoki bu matematik Funksiyani qo’llashga asoslangan
usullar (ekstrapolyastiya va tahliliy usullar), shuningdek komponent usuli.
Matematik Funksiyalarni qo’llashga asoslangan usullar.
Ayniqsa
ular uchun ishonchli demografik statistika mavjud bo’lmagan kichik
hududlar (masalan, u yoki bu mamlakat mintaqalari) ushbu toifa
usullarini qo’llash uchun asos hisoblanadi. Mamlakat darajasida aholini
prognoz qilish uchun matematik usullar kamdan-kam hollarda
qo’llaniladi, chunki ushbu usullarga xos bo’lgan aholi soni o’sishining
tarkibiy qismlaridagi va yosh-jins tarkibidagi o’zgarishlarni hisobga
olmaslik prognoz qilishda katta hatolarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Mintaqa darajasida bunday xatolar ehtimoli quyidagi qo’shimcha shart
yordamida kamaytirilishi mumkin: mintaqalar aholisining umumiy soni
mamlakat uchun prognoz natijalaridan farq qilmasligi lozim. Shunday
qilib, mamlakat uchun prognoz mintaqa darajasida aholini prognoz qilish
uchun nazorat parametri sifatida ishtirok etadi.
Matematik usullar ba’zan tarixiy dinamikani tahlil qilish va global
darajada aholi sonini prognoz qilish uchun ham qo’llaniladi. Matematik
usullar faqat aholining umumiy sonini prognoz qilish imkonini beradi.
To’g’ri, erkaklar va ayollar sonini alohida tarzda prognoz qilish ham
mumkin, lekin ular yig’indisi aholining umumiy sonidan farq qilishi
ehtimoldan holi emas.
Ilgari aholi sonini prognoz qilishga nisbatan yondashuvlar o’z
tabiatiga ko’ra yaqqol yoki yashrincha matematik usullarga asoslanar edi.
Matematik usullarni qo’llash shuni nazarda tutadiki, aholi soni
151
to’g’risidagi mavjud empirik ma’lumotlar asosida uning bo’lajak
parametrlarini oldindan aytib berish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan
ayrim matematik ifodalar tanlab olinadi. Matematik usullardan
foydalanish qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, ular faqat aholining
umumiy sonini prognoz qilish imkonini beradi, lekin uning tarkibining
o’zgarishini oldindan ko’ra bilish imkonini bermaydi, masalan, yoshi,
jinsi, irsi bo’yicha taqsimlash. Ikkinchidan, agar ko’p faktik ma’lumotlar
mavjud bo’lsa, tanlab olingan matematik ifoda, odatda, ularning har biri
orqali o’tmaydi. Bu prognoz ko’rsatkichlarini oldindan aytib berishning
ishonchliligini pasaytiradi. Uchinchidan, matematik yondashuv shuni
nazarda tutadiki, ilgari aholi dinamikasini belgilab bergan ijtimoiy va
iqtisodiy omillar kelajakda ham o’zgarishsiz ko’rinishda qoladi.
Prognoz qilish uchun turli matematik Funksiyalarni qo’llash
mumkin. Biroq, ko’pincha chiziqli, eksponenstial va mantiqiy
Funksiyalardan
foydalaniladi.
Bunda
chiziqli
va
eksponenstial
Funksiyalarni qo’llashga asoslangan prognoz qilish ba’zan shartli
ravishda ekstrapolyastion usul deb, mantiqiy va boshqa Funksiyalarni
qo’llashga asoslangan prognoz qilish esa tahliliy usul deb nomlanadi.
Quyida ekstrapolyastion va tahliliy prognoz qilishning asosiy usullarini
ko’rib chiqamiz.
Ekstrapolyastion usul.
Ushbu usul chiziqli va eksponenstial
Funksiyalardan, ya’ni davr mobaynida aholi sonining o’rtacha yillik
absolyut o’zgarishlari to’g’risidagi yoki o’rtacha yillik o’sish sur’atlari
to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Agar ushbu
ko’rsatkichlar ma’lum bo’lsa, u holda aholi sonining butun prognoz davri
mobaynida o’zgarmasligini taxmin qilgan holda uni istalgancha yillar
oldinga hisoblab chiqish mumkin. Prognoz qilishning eng soda
usullaridan biri hisobot davri uchun hisoblab chiqilgan aholi sonining
o’rtacha yillik absolyut o’sishlari kelgusida ham saqlanib qoladi degan
taxminga asoslanadi.
Amalda aholini prognoz qilish uchun chiziqli Funksiyadan deyarli
foydalanilmaydi, chunki o’rtacha yillik absolyut o’sishlarning
o’zgarmasligi to’g’risidagi taxmin faqat juda qisqa vaqt (ko’pi bilan 5 yil)
uchun nisbatan to’g’ri bo’lishi mumkin.
Ayniqsa tug’ilish va o’lish darajalarining o’zgarmasligi va
migrastiya mavjud emas deb faraz qilinganda aholi soni o’rtacha yillik
o’sish sur’atlarining o’zgarmasligi to’g’risidagi taxmin haqiqatga ancha
yaqin hisoblanadi. Mazkur holatda gap prognoz qilishda eksponenstial
Funksiyadan foydalanish haqida borayapti.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |