B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/126
Sana13.05.2022
Hajmi2,15 Mb.
#603116
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

11.4. Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ 
rejalashtirish
11.4.1. Rejalashtirishda insoniyat rivojlanishining indikatorlari 
 
Ijtimoiy siyosatning samaradorligini aholining turmush darajasi 
ko’rsatkichi bilan baholash mumkin. Turmushning barcha tomonlari 


154 
dinamikasini nazorat qilish, uni o’tgan davrlar va boshqa mamlakatlar 
bilan, shuningdek, yuzaga kelgan oqilona ilmiy normalar bilan solishtirish 
imkonini beruvchi turmush darajasi indikatorlarining tizimi salomatlik 
ko’rsatkichlari va sog’liqni saqlash, bandlik, ovqatlanish, uy-joy 
sharoitlari ko’rstkichlarini, ro’zg’or buyumlarining mavjudligini, 
madaniyat darajasi, pullik xizmatlar ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. 
“BMTni rivojlantirish dasturi” mutaxassislari uchta kattalikdan o’rtacha 
ko’rsatkich sifatida hisoblab chiqiladigan turmush darajasining 
umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdi: aholi jon boshiga 
hisoblanganda YaIM, hayot kechirish davomiyligi va aholining ma’lumot 
darajasi (25 yosh va undan kattalar). Bu indikator “Inson rivoji 
indikatori” deb nomlangan. 
Davlat darajasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy 
hamkorlik instituti hal qiluvchi rol o’ynaydi. G’arbiy Evropa 
mamlakatlarida tadbirkorlar, kasaba uyushmalari va davlat vakillaridan 
iborat uch tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy kengashlarning shakllanishi 
ijtimoiy hamkorlikning rasmiy siyosatga aylanishi ko’rsatkichi bo’lib 
xizmat qilishi mumkin. Turli mamlakatlarda ular turlicha nomlanadi. 
Italiyada 1947 yilda Iqtisodiyot va mehnat milliy kengashi, Belgiyada 
1948 yilda shunga o’xshash organ tashkil etildi, Franstiyada iqtisodiy va 
ijtimoiy qo’mita 1958 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bunday 
kengashlar Gollandiya (1950 y.), Angliya (1962 y.), Irlandiya (1973 y.) 
va Lyuksemburgda (1966 y.) ham tashkil etilgan. 
Evropa Ittifoqi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy qo’mita faoliyat 
ko’rsatib, u boshqa Funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda milliy 
kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirishga ham ko’maklashadi. Ijtimoiy 
hamkorlik siyosati milliy doiralardan chetga chiqib, muvofiqlashtirilgan 
xalqaro (mintaqaviy) siyosatga aylanib bormoqda. 
Mamlakat ko’lamlarida konsensusni ta’minlash ijtimoiy hamkorlik 
mexanizmining Funksiyalaridan biri hisoblanadi. Mazkur Funksiyani 
bajarish uchun iqtisodiy va ijtimoiy kengashlar hukumat va parlamentga 
ijtimoiy muammolarga taalluqli qonun hamda qarorlar loyihalari bo’yicha 
muntazam maslahat berib turish barobarida, mehnat munosabatlari 
subyektlarining manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy adolat o’rnatish 
yuzasidan uyg’unlashtirilgan siyosatni ishlab chiqadi. 
Davlat darajasida ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish milliy 
daromadni qayta taqsimlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Yan Tinbergen 
qator mamlakatlar uchun milliy daromadni aholining ijtimoiy ehtiyojlari 
uchun qayta taqsimlash ulushiga baho berdi va uni shartli ravishda 


155 
ijtimoiylashtirish ko’rsatkichi deb atash mumkin. To’rtta mamlakat uchun 
ushbu ko’rsatkich quyidagi tarzda namoyon bo’ladi: Shvestiya - 0,299, 
Niderlandiya - 0,28, AQSh - 0,125, Yaponiya - 0,1. G’arbiy Evropaning 
boshqa mamlakatlar ko’rsatkichlari Shvestiya va Yaponiyaning ekstremal 
ko’rsatkichlari orasida turadi. 
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmi bir necha 
yo’nalishlarni ko’zda tutadi. Bunga quyidagilar kiradi: ijtimoiy sug’urta; 
ish haqi sohasidagi siyosat; mehnat bozoridagi ijtimoiy chora-tadbirlar; 
uy-joy siyosati. 
Ijtimoiy sug’urta – aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy unsuri 
hisoblanadi. Ijtimoiy sug’urta tizimining maqsadi kasal bo’lish holatida 
va qariyalik davrida, baxtsiz hodisalar va ishlab chiqarish bo’yicha 
kasallanishlar, 
ishsizlik 
munosabati 
bilan 
insonning 
iqtisodiy 
himoyalanishini ta’minlashdan iborat. Davlat ijtimoiy sug’urta tizimi 
birinchi bo’lib Germaniyada XIX asr oxirida baxtsiz hodisalar va kasallik 
bo’yicha sug’urtalash to’g’risidagi (1883 - 1884 yy.), qariyalik va 
nogironlik bo’yicha pensiyalarning joriy etilishi to’g’risidagi (1889 y.), 
qonunlarning qabul qilinishi bilan tashkil etildi, so’ngra Avstriya, Daniya, 
Franstiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ham ana shunday 
tizim yo’lga qo’yildi. 
Sug’urtalashning ikkita xili mavjud – majburiy va ixtiyoriy. 
Ixtiyoriy sug’urta ham huddi majburiy sug’urta singari sug’urta 
to’g’risidagi qonun hujjatlari asosida amal qiladi, lekin ixtiyoriy 
xususiyatga ega va sug’urta shartnomasi bilan tartibga solinadi (sug’urta 
ta’minoti) va boshqa shartlar tomonlarning kelishuviga ko’ra belgilanadi. 
Daniyadan tashqari, Evropaning qolgan mamlakatlarida ishsizlik bo’yicha 
sug’urtalash majburiy xususiyatiga ega. 
Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda o’z ko’lamlari va 
rivojlanish darajasiga ko’ra pensiya ta’minoti ijtimoiy sug’urtaning asosiy 
turi hisoblanadi. Davlat ijtimoiy fondlarni tashkil etish tartibini, 
pensiyalar belgilash shartlarini (yosh, sug’urta yoki mehnat staji, 
fuqarolikning davomiyligi), pensiyalar miqdorini aniqlash tamoyilini 
(qat’iy belgilangan, eng kam ish haqiga bog’liq) tartibga soladi. Ijtimoiy 
fondlar davlat dotastiyalari, ish beruvchilar uchun ijtimoiy soliqlar va 
sug’urtalanuvchilarning badallari hisobidan shakllanadi. 
Ishsizlik bo’yicha davlat ijtimoiy sug’urtasi ijtimoiy himoyalashni 
ta’minlovchi ijtimoiy sug’urtaning yana bir turi hisoblanib, u bozor 
iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda XX asrning 20-30-yillarida joriy 
etilgan. Ishsizlik bo’yicha nafaqaning tayinlanishi u to’lanadigan shaxslar 


156 
doirasini cheklovchi qator talablarning bajarilishi bilan bog’liq. Nafaqa 
so’rab murojaat etgan xodim muayyan stajga ega bo’lishi, muayyan 
muddat (yilning choragi, bir yil) mobaynida zarur eng kam ish haqini 
olishi kerak. Malaka stajining davomiyligi, shuningdek nafaqa to’lash 
muddati ham turli mamlakatlarda turlicha (Germaniyada 13 haftadan 52 
haftagacha, AQShning aksariyat shtatlarida, Italiya va Yaponiyada 
o’rtacha 26 haftagacha). Ishsizlik bo’yicha nafaqalar to’lashning katta 
ulushi davlatning chekiga tushadi. Xususan, Shvestiyada ishsizlik 
bo’yicha nafaqaning faqat 15 foizi sug’urta badallari hisobidan, 85 foizi 
esa tadbirkorlarning majburiy badallari va soliqlardan yuzaga keladigan 
davlat mablag’lari hisobidan to’lanadi. 
Davlatning ish haqi sohasidagi tartibga soluvchi aralashuvi eng kam 
ish haqining qonun bilan belgilanishini nazarda tutadi. Bu asosan mehnat 
jarayonlarining malakasiz mehnatni talab qiladigan turlariga taalluqli. 
Qonunlar yordamida davlat ish haqini to’lash rejimini belgilaydi 
(masalan, ikki haftada yoki har oyda). 
Ayrim holatlarda ish haqi siyosati uning eng yuqori darajasi joriy 
etilishini va muayyan muddat mobaynida ushbu darajaning saqlanib 
turilishini nazarda tutadi. Shuningdek, mehnatga haq tulashning o’sish 
sur’atlariga nisbatan ham cheklovlardan foydalaniladi. Ushbu tadbirlar 
inflyastiyaning oldini olish maqsadida qo’llaniladi. Ikkinchi tomondan, 
rivojlangan mamlakatlarda inflyastiyaning, birinchi galda narxlar 
o’sishining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun ish haqini 
indeksastiyalash mexanizmi qo’llaniladi. Indeksastiyalash tartibi turlicha. 
U umummilliy xususiyatlarga ega bo’lishi, shuningdek tadbirkorlar, 
kasaba uyushmalari va davlat o’rtasida ijtimoiy hamkorlik doirasida 
tuziladigan kelishuvlarda qayd etilishi mumkin. Indeksastiya firmalar 
yoki alohida tarmoqlar darajasida amalga oshirilishi va tadbirkorlar bilan 
kasaba uyushmalarining jamoaviy shartnomalarida qayd etilishi mumkin. 
Indeksastiya qilinadigan ish haqining miqdori turlicha. To’liq 
indeksastiya eng kam ish haqiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin
so’ngra indeksastiya qisman xususiyatga ega bo’la boshlaydi, bu hol 
inflyastiyaga to’sqinlik qilishga yordam beradi. 
Bandlik muammosi eng keskin ijtimoiy muammolardan biri 
hisoblanadi. Shuning uchun mehnat bozoriga nisbatan ijtimoiy siyosat 
davlat yo’li bilan tartibga solishda alohida o’rin tutadi. Davlat yollash 
shartlarini va mehnat shartnomalarini tuzishning umumiy shartlarini 
qonun bilan belgilaydi. Davlat ta’lim, xodimlarni kasb-hunar va texnik 
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etishni o’z zimmasiga 


157 
oladi. Davlat subsidiyalari hisobidan xodimlarning omilkorligi, kichik 
biznesning rivojlanishi rag’batlantiriladi, yangi ish o’rinlari tashkil 
etuvchi tadbirkorlarga imtiyozlar ko’rsatiladi. 
Tanglik davrlarida davlat jamoat ishlaridan foydalanadi. Ishsizlar 
uchun jamoat ishlari – 1929-1933 yillardagi Buyuk qatag’on yillarida 
yuzaga kelgan davlat bandlik siyosatining birinchi yo’nalishi. Mehnat 
bozorlarida davlatning ta’siri xorijiy ishchi kuchi oqimini tartibga 
soluvchi migrastiya siyosati bilan ham amalga oshiriladi. 
Zarur uy-joy sharoitlarini ta’minlash siyosati G’arb mamlakatlarida 
tarkibiy siljishlarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi 
ijtimoiy siyosat vositasi sifatida ko’rib chiqiladi, chunki oson va tez hal 
etiladigan uy-joy muammolari ishchi kuchining harakatchanligini 
ta’minlashga ko’maklashadi. 
Ijtimoiy siyosatning ushbu yo’nalishi uy-joyni ijaraga oluvchi 
xodimlarga yordam ko’rsatish maqsadida byudjetdan mablag’lar ajratish 
yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat ko’pincha mustaqil uy-joy qurilishini 
rag’batlantiradi. Bunda turli imkoniyatlardan foydalaniladi. Masalan, 
hududiy hokimiyat organlari nisbatan arzon uy-joy majmualarini barpo 
etib, ularni past daromadli oilalarga ijaraga beradi. Ushbu sohadagi 
ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning yana bir yo’li xususiy qurilish 
kooperativlari tomonidan qurilgan uy-joydan foydalanishni nazarda 
tutadi. Bu erda davlatning roli qurilish tashkilotlariga erning bepul 
berilishi, ularni imtiyozli kreditlashning amalga oshirilishi yoki yumshoq 
soliq solinishida namoyon bo’ladi. Mazkur variant doirasida davlat 
odatda uy egalarining ijaraga beriladigan 
uy-joydan oladigan 
daromadining eng yuqori chegarasini belgilagan holda uy-joy uchun 
to’lovlar miqdorini nazorat qiladi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish