89
hisoblanadi.
Rejalashtirish
rivojlanishdagi ustuvor yo’nalishlarni
tanlashdan boshlanadi. Tanlov to’lig’icha
kelajak uchun faoliyatning
asosiy maqsadlarini belgilab beruvchi yuqori rahbariyatning qaroriga
bog’liq.
Rejalashtirishda
axborot
yig’ish
ishlari
ko’p
jihatdan
prognozlashtirishni tashkil etishdagi huddi shunday bosqichga o’xshab
ketadi. Bunda uning farqi ko’proq xo’jalik yuritish ichki muhitining
axborotidan foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy tahlil
o’tmish va hozirgi davr to’g’risidagi axborotni
baholash sifatida iqtisodiy ishning mustaqil unsuri sifatida ko’rib
chiqiladi. Ushbu jarayon iqtisodiy shaxs faoliyatining bo’lajak shart-
sharoitlari va natijalarini baholash maqsadida o’tmishdagi va hozirdagi
iqtisodiy, tijorat, kadrlar sohasidagi
va boshqa holatlar haqidagi
ma’lumotlarni o’rganishga asoslangan. Tahlil rejalashtirishning majburiy
boshlang’ich bosqichi hisoblanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
iqtisodiy
hisob-kitoblar;
faoliyatdagi
ijobiy
jihatlarni
aniqlash;
faoliyatdagi salbiy jihatlarni aniqlash, shu jumladan uning paydo bo’lishi
sabablarini o’rganish; faoliyatni baholash; faoliyatni yaxshilashga doir
tavsiyalar ishlab chiqish.
Rejalashtirishni tashkil etishning navbatdagi bosqichi –
rejalarni
tuzish.
U ko’p sonli hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi.
Reja ko’rsatkichlarini tasdiqlash
jarayoni reja loyihasining
dastavval manfaatdor tuzilmaviy bo’g’inlar
tomonidan, so’ngra esa
yuqori rahbariyat tomonidan muhokama etilishini nazarda tutadi. Rasmiy
rejalarning tasdiqlanishi bayonnoma, buyruq yoki farmoyish bilan qayd
etiladi. Tasdiqlanganidan keyin rejalar
ijrochilarga, ya’ni:
tarkibiy
bo’linmalar, bo’limlar, xizmatlar va alohida xodimlarga
etkaziladi
.
Rejalarni bajarish
ishlari boshlanadi va bunda menejerlar katta rol
o’ynaydi.
Rejalarni bajarish jarayoni
, birinchidan, mablag’larning
sarflanshiga qarab, ikkinchidan,
bajarish vaqtiga qarab, uchinchidan,
iqtisodiy samara nuqtai nazaridan nazorat qilinadi.
Rasmiy rejalardan tashqari ko’proq boshqaruv qarorlarini eslatuvchi
ko’plab rejalar qo’llaniladi. Ko’pincha ular taktik xususiyatga ega bo’ladi.
Tadbirkorlar, menejerlar va boshqa mutaxassislar har kuni belgilangan
maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan ko’plab muayyan qarorlarni qabul
qilishadi. Kundalik harakatlarni rejalashtirish ham rejalashtirishning
umumiy metodologiyasiga asoslanadi.
Qaror qabul qilish jarayoni
cheklangan imkoniyatlar va belgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda
barcha mavjud muqobil variantlar ichidan birini tanlash zarurligiga
90
asoslanadi.
Rejaning mosligi va barqarorligi talablarini qarama-qarshi qo’yish
rejalashtirish nazariyasidagi murakkab dilemma hisoblanadi. Bir
tomondan, rejani ishlab chiqish uni firma faoliyatining o’zgaruvchan
sharoitlarga uzluksiz moslashtirib turishga yo’naltirilishi lozim, lekin,
ikkinchi tomondan, reja haqiqatdan ham ishdagi mo’ljal sifatida xizmat
qilish uchun hech bo’lmaganda ma’lum muddatga barqaror bo’lishi
kerak. Bunday holatni real joriy etish quyidagi yo’llar bilan murosa
yo’lini topishdan iborat:
1)
Rejaga
tuzatishlar
kiritish
(unga
kiritiladigan
tezkor
o’zgartirishlarning to’planishiga qarab doimiy
ravishda yoki vaqti-vaqti
bilan). Lekin dastlabki reja ham, tuzatishlar kiritilgan reja ham
faoliyatning yakuniy maqsadlariga erishish darajasini baholash imkonini
beruvchi o’zgarmas parametrlarga, mezonlarga ega bo’lishi kerak;
2) Faoliyatning yakuniy maqsadlariga
yoki oraliq natijalarga
erishganlik uchun xodimlar mehnatini rag’batlantirish tizimini yaratish.
Shu munosabat bilan sobiq ittifoq davridagi ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyotida qo’llanilgan reja ko’rsatkichlarini o’zgartirish amaliyotini
ta’kidlash mumkin. Xodimlar rejalarni bajarish yuzasidan o’z vazifalarini
anglab etishi va zarur harakatlarni amalga oshirishni o’ylab ko’rishi
uchun rejalarni ijrochilar hukmiga reja davri boshlangunga qadar kamida
10 kun oldin havola etish zarur deb hisoblanardi. Rejaga o’zgartirishlarni
reja davri tugashiga kamida 20 kun qolganida va bunga etarlicha asoslar
mavjud bo’lan taqdirda kiritish mumkin edi. Rejalarning tez-tez
o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmas edi, chunki bu xodimlarni o’z ishining
haqiqiy
vazifalarini
bajarishdan
chalg’itishi
mumkin
edi.
Rejalashtirishning hozirgi amaliyoti ham rejalarni ijrochilarga etkazish va
ularga o’zgartirishlar kiritishning o’z qoidalarini ishlab chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: