Istiqbol rejalarni tuzish,
bu erdan maksimal darajada foydalanish,
qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’plab etishtirish va mahsulotlarni
ko’paytirish evaziga korxona ishchilarining moddiy manfaatdorligini
yanada yaxshilash uchun imkoniyatlar ochib beradi. Umuman
xo’jaliklarning besh yilga mo’ljallangan istiqbol rejalarida juda muhim
tashkiliy-xo’jalik masalalari hal qilinishini ko’rsatiladi.
Istiqbol
rejada
ekin
maydonlarining
strukturasi,
xo’jalik
tarmoqlarining yo’nalishi, yangi erlarni sug’orish, yaylovlarga suv
chiqarish, ekin maydonlarini kengaytirish, chorvachilik mahsuldorligini
oshirish, mollar tuyogini ko’paytirish, ularning ozuqa bazasini
mustahkamlash kabi tadbirlar ko’rsatiladi.
Istiqbol rejada ishlab chiqarish, madaniy-maishiy binolar, yo’llar
qurish, texnika sotib olish, elektrlashtirish, meliorastiya inshoatlarini
yaxshilash, xo’jalikning ishchi kuchlaridan foydalanish, mahsulot
tannarxini arzonlashtirish va korxonaning rentabelligini oshirishga ham
e’tibor beriladi.
Xo’jaliklarning istikbol rejalari xo’jaliklarning tabiiy va iqtisodiy
sharoitiga qarab tuziladi. Xo’jalik asosiy tarmog’ining hajmi uning ishlab
chiqarish yo’nalishiga qarab belgilanadi.
Qo’shimcha er va erdamchi tarmoqlarning hajmi esa asosiy
tarmoqlarning rivojlanishini to’la ta’minlashni ko’zda tutib belgilanadi.
Xo’jaliklarning ekin maydonlari miqdorini, chorva mollarining sonini va
ularning mahsuldorligini belgilashda davlatga mahsulotlar sotish
yuzasidan berilgan topshiriqlarni to’liq bajarish hamda xo’jalikning ichki
ehtiyojlarini qondirish hisobga olinishi lozim.
84
Istiqbolda dehqonchilik sohasini rejalashtirishda asosiy vazifalar
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- Xo’jalikning ihtisoslashuvi va erdan foydalanishning kadastr
bahosini aniq belgilab olish;
- Xo’jalikning suv resurslari, asosiy fondlari va mehnat resurslaridan
foydalanish darajasini to’g’ri rejalashtirish;
- Xo’jalik erlarining ekinlar bo’yicha taqsimlanishida muammolarni
hisobga olib borish;
- Xo’jalikda chorva mollarining bosh soni, ularning turlari,
mahsuldorligi va xo’jalik balansini hisobga to’g’ri va anik olib borish;
- Xo’jalikning jami etishtiriladigan mahsulotlarini sotish, qayta
ishlash va ichki taqsimlashni to’g’ri rejalashtirish;
- Dehqonchilik tarmogini rivojlantirishdagi joriy va kelgusi davr
xarajatlarini hisobga olib borish.
- Xo’jalikda istiqbol rejalar ikki xil ko’rinishda tuzilishi mumkin:
- Tashkiliy xo’jalik tuzilmaviy rejalar;
- Iqtisodiy sostial rivojlanish rejasi.
Tashkiliy xo’jalik rejasi qishloq xo’jalik korxonalarini rastional
tashkil qilishga doir hamma muhim ko’rsatkichlarni, jumladan,
maydonlarni belgilash, tarmoqlarni ixtisoslashtirish va ularni bir-biriga
to’g’ri bog’lab borish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizastiyalash
hamda intensivlik darajasini yildan-yilga oshirib borish va boshqalarni
o’z ichiga oladi.
Tashkiliy xo’jalik rejasida loyixa qismi va loyihadagi tadbirlarni
amalga oshirish kalendar qismi bo’ladi. Loyiha qismida xo’jaliklarni
ixtisoslashtirish, tarmoqlar tuzilishi va ularni bir-biriga bog’lab borish
usullari, er maydonlarining tuzilishi, holati va ulardan foydalanish
imkoniyatiga qarab dehqonchilik va chorvachilikning asosiy sistemalari,
kapital jamg’armalar miqdori, xo’jalik tarmoqlarining iqtisodiy tomondan
samaradorligi va shu kabilar ko’rsatiladi.
Xo’jalikda istiqbol rejalarni tuzishda har bir tarmoqning ham
istiqbol rejasi alohida tuzilishi kerak.
Dehqonchilikni tashkil etish buyicha:
- irrigastiya-meliorastiya qurilishlari;
- er fondidan uni yarokli va yaroqsizga bo’lib to’liq foydalanish;
- qishloq xo’jalik ekinlari, ko’p yillik daraxtlar va yaylovlarning
hosildorligini oshirish;
- almashlab ekish sxemalari soni, o’lchami va qaysi ekinlar bilan
almashlab ekilishini rejalashtirish;
85
- ekin maydonlarining strukturasini to’g’ri belgilash;
- agromeliorativ ishlarni yaxshilash va eroziyaga qarshi kurash
choralarini o’z vaqtida olib borish.
Chorvachilikni tashkil etish buyicha:
- chorva mollari, parrandalarning bosh sonini va mahsuldorligini
oshirib, ularning zotini yaxshilash;
- fermalar hajmi va ularni joylashtirish;
- chorva mollarini turlariga qarab boqish va asrashni yaxshilash.
Moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va undan foydalanish
bo’yicha:
-xo’jalikni mashinalash, texnika va asbob-uskunalar bilan
ta’minlab borish;
- remont bazalarini tashkil etishni rejalashtirish;
-qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish va yigishtirish texnologiyasini
aniqlash va amalga oshirish.
Mexnat unumdorligi va ishchi kuchlaridan foydalanish bo’yicha:
- aholining o’sishi va ishchi kuchlaridan foydalanish;
- aholi yashaydigan punktlar va ularni joylashtirish.
Qurilish va kapital jamg’armalar bo’yicha:
- kommunal turar-joy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish
binolarining hajmi, qurilib foydalanishga topshirish muddatlarini
rejalashtirish.
Rejalashtirish ishi faqat reja tuzish bilan chegaralanmasdan, balki
reja ko’rsatkichlarining to’la bajarilishini ta’minlashdan ham iboratdir.
Xo’jaliklarda ishlab chiqarish rejalarining aniq bajarilishi ustidan
nazorat qilishni yaxshi yo’lga qo’ymay turib, uning bajarilishini amalga
oshirib bo’lmaydi. Shuning eng yaxshi tuzilgan reja ham vaqti-vaqti bilan
tekshirib turilmasa yoki bajarishga safarbar qilinmasa, kog’ozda qolib
ketishi mumkin.
Rejani nazorat qilishda ma’lumotlar oddiygina solishtirilib
qolinmasdan, balki iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha bajarilishini ham
nazorat qilinishi lozim. Shundagina xo’jalikning barcha ishlab chiqarish
topshiriklariga to’g’ri baho berish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishda operativ va joriy rejalar qatorida istiqbol rejalarni tuzish ham
mumkindir. Hozirgi bozor iqtisodietida qishloq xo’jaligida istiqbolni
belgilab beruvchi ko’rsatkichlar erdamida milliy va amaliy asoslangan
rejalar tuzish va ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llashni
86
rejalashtirish,
xo’jaliklarning
kelajakda
rivojlanishda
ko’plab
imkoniyatlarni vujudga keltirib beradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish va ishlab
chiqarishda istiqbol rejalarni tuzishni rejalashtirish va uning mohiyati
shundaki, bu rejalar ishlab chiqarishda zamonaviy fan-texnika
yutuqlaridan foydalanishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |