19
kibidan 4%
gacha etan ajratib olinadi, qolgan gazni atsetilen ishlab
chiqarishda yoki yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Neftkimyo uchun qimmatli bo‘lgan yog‘li (yo‘ldosh) gazdir.
Yog‘li gaz komponentlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1) metan, etan va qo‘shimchalar (N
2
,CO
2
,O
2
va boshqalar), bosh-
qacha aytganda quruq gaz;
2) propan, butan–20 atmosfera bosimda va normal haroratda su-
yuq holatga o‘tadigan uglevodorodlar (suyultirilgan gazlar);
3) pentan, geksan va geptan–normal sharoitda suyuq holatda
bo‘lgan uglevodorodlar (gaz benzini).
Chuqur burg‘ilash hajmlarining oshishi munosabati bilan neft-
kimyo sintezi xomashyolari manbai sifatida
gaz kondensat konla-
ri tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Kondensat konlaridan
chiqqan gaz etan, propan va butan miqdori bo‘yicha tabiiy hamda
yo‘ldosh gazlar oralig‘idan o‘rin oladi.
Kondensatsiyalangan komponentlarni, ya’ni suyulgan gazlarni va
gaz benzinini ajratib olish uchun 3 usul ishlatiladi:
1) kompression (bosim ostida haydash);
2) absorbsion (katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan materiallar –
masalan, faollangan ko‘mir bilan absorbsiyalash).
Ushbu usul gazda
yuqori molekular komponentlar kam bo‘lganda ishlatiladi.
3) absorbsion (moy bilan absorbsiyalash).
Hozirgi paytda eng ko‘p qo‘llanilayotgan usul – absorbsion usul
bo‘lib, bunda 35 atmosfera bosim ostida turgan gazdan C
3
va undan
yuqori uglevodorodlarni absorbsion moyda eritib, ajratib olinadi.
Yutilgan uglevodorodlarni desorbsiyalash va absorbentni regenerat-
siya qilish to‘yingan absorbtsion moy (yog‘li moy)ni
isitish orqali
amalga oshiriladi; shundan so‘ng absorbent «ochiqqan moy» yana
absorbsiyaga yuboriladi. Yog‘dan ajratib olingan parafin uglevodo-
rodlardan gaz benzini olish uchun bosim ostida propan va butanlar
haydalib, so‘ng ajratish uchun jo‘natiladi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida turli jarayonlar mavjud bo‘lib,
ularda neftkimyo sintezi uchun xomashyo bo‘lgan gazlar hosil
bo‘ladi.
Yengil parafin uglevodorodlar, asosan, neftni to‘g‘ri haydash
jarayonida, dizel yoqilg‘isini gidrotozalashda va gidrokrekingda oli-
nadi.
Quyi molekular parafin uglevodorodlar neftkimyo sintezi uchun
20
qimmatli xomashyo hisoblanadi. Etan va propan neftkimyo uchun
qimmatli xomashyo turi bo‘lgan etilen hamda propilenni olishga ish-
latiladi, butan va pentan esa sintetik kauchuklar
olish uchun dastlab-
ki monomer bo‘lgan butilen, butadien va izoprenlarni olishda foyda-
laniladi.
Parafin uglevodorodlar nitrolash, xlorlash va oksidlash jara-
yonlarida ham ishlatilishi mumkin. Hosil bo‘ladigan nitroparafin-
lar (erituvchi), metilxlorid,
xloroform, uglerod IV–xlorid, etil xlorid
(tetraetilqo‘rg‘oshin olish uchun ishlatiladi), formaldegid, metanol,
atsetaldegid va boshqalar qimmatli moddalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: