B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


II bo‘lim yuzasidan sinov savollari



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/178
Sana23.06.2021
Hajmi3 Mb.
#99716
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   178
Bog'liq
neft-gaz sintezi asoslari

II bo‘lim yuzasidan sinov savollari.
1.  Neftkimyo  sintez  xomashyolarining  asosiy  manbalarini  so‘zlab  be-
ring.
2. Yo‘ldosh gaz nima?
3. Gaz benzini qanday olinadi?
4. Tabiiy gaz tarkibiga nimalar kiradi?
5. Gaz kondensati tarkibiga nimalar kiradi?
6. Suyuq neft mahsulotlariga nimalar kiradi?
7. Uglevodorod xomashyoga qo‘yiladigan talablar?
8. Parafin uglevodorodlarning tarkibi qanday?


107
III BO‘LIM.
PОLIОLEFINLАR VА PОLIMERIZАTSIОN 
PLАSTMАSSАLАR ISHLАB CHIQАRISH
Poliolefinlar va polimerizatsion plastmassalar ikki bog‘li uglevo-
dorodni,  ya’ni  masalan,  etilen,  propilen,  ayrim  boshqa  a–olefinlar,
stirol, vinilxlorid va boshqalarni polimerizatsiyalab olinadi.
Poliolefinlarni texnik namunalari 15 darn to 600–700 mingtaga-
cha molekular og‘irlikka ega bo‘lib, ularda 1000–10000 uglerod ato-
miga bir qo‘shbog‘ to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ushbu birikmalar
amalda to‘yingan xarakterga ega.
To‘yinmagan  uglevodorodlar  polimerizatsiyasini  birinchi  bor
XIX asrning oxirida kuzata boshlangan. Biroq poliolefinlarni sanoat
ishlab chiqarishi ikkinchi jahon urushidan keyin amalga oshirilgan.
1938–1940-yillarda  Аngliyada  etilenni  yuqori  bosimi  ostida  poli-
merlash imkoniyati borligi ochilgan. Taxminan o‘sha davrda Rossi-
ya Federatsiyasida ham А.I. Dinses rahbarligida laboratoriya sharoi-
tida etilenni yuqori bosimda polimerizatsiyasi imkoniyati o‘rganildi.
Birinchi sanoat qurilmalari 1942–1943-yillarda paydo bo‘ldi, biroq
yuqorida ta’kidlanganidek, ommaviy ishlab chiqarish ikkinchi jahon
urushidan  keyin  boshlangan.  1955-yilgacha  polietilen  faqat  yuqori
bosim qo‘llanilgan jarayonlardagina olingan.
1955–1956-yillardan  boshlab,  ya’ni  Sigler–Natt  metallorganik
katalizatorlarida  polimerlash  imkoniyatlari  ochilgandan  so‘nggina
quyi bosim polietilenini ishlab chiqarish boshlangan.
Plastmassalar  –  bu  plastiklik,  ya’ni  ma’lum  harorat  va  ma’lum
yuklar  ta’sirida  o‘z  shaklini  o‘zgartirish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan
materiallar.  Poliolefinlar  ham  plastmassalarga  proporsional,  biroq
ularni ishlab chiqarish faqat neftkimyo xomashyosiga asoslanganligi
va monomerlar ishlatilishi sabab, ularni alohida guruhga ajratiladi.
G‘arb  davlatlarida  1960–1970-yillarda  neftkimyo  mahsulotla-
rini  ishlab  chiqarish  umuman  olganda  o‘sgan  holida  yuqori  mole-
kular  moddalar  ishlab  chiqarish  3,  6  marta  ko‘proq  o‘sgan  (xusu-
san,  sintetik  tola  –  6–7  marta,  plastmassalar  –  3,8  marta  va  sinte-
tik kauchuklar – 2,2 marta). 1980-yilga kelib u 1970-yilga nisbatan  
3 marta ortgan.
Ishlab  chiqarish  hajmi  bo‘yicha  birinchi  o‘rinda  plastmassalar


108
(yuqori polimerlar umumiy ishlab chiqarish ichida 1970-yilda 74%
ni, 1980-yilda esa 80% ni tashkil etgan) turadi.
Sintetik  kauchuk  va  tolalarni  maxsus,  chegaralangan  ishlatilish-
dan farqli o‘laroq, plastmassalar amalda sanoatning hamma sohalari-
da ishlatiladi. 80-yillar o‘rtalariga kelib butun dunyo bo‘yicha plast-
massa  ishlab  chiqarish  hajmi  bo‘yicha  po‘lat  eritish  ko‘rsatkichiga
yetib oldi. O‘tgan asrning oxiriga kelib, butun dunyo bo‘yicha ish-
lab chiqarilgan konstruksion materiallarning 70% i plastmassalarga
to‘g‘ri keldi.
Plastmassalarni  dunyo  bo‘yicha  ishlab  chiqarish  1970-yilda  de-
yarli  30  mln.  tonna,  ya’ni  1950-yildagiga  (1,5  mln.  t)  nisbatan  20
marta ortgan. Bu esa ushbu davrda plastmassalar ishlab chiqarishni
yillik o‘sishi 16% ni (umumiy kimyo sanoatiniki esa 8,7%) tashkil
etadi.
Аsosiy ilg‘or davlatlarda 2000-yilda plastmassa ishlab chiqarish
(mln.  t)  va  har  bir  davlatning  umumiy  ishlab  chiqarishdagi  ulushi
quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:
Davlatlar
Ishlab chiqarish
Ulushi
АQsh
yaponiya
gFR
Italiya
Fransiya
Аngliya
28,48
15,12
14,33
8,73
8,52
4,47
28
17
14
5,8
5,1
4,9
Plastmassalar  ishlab  chiqarishning  yillik  o‘sishi  kimyo  sanoati
umumiy o‘sishidan anchagina ortiqligini ta’kidlab o‘tish lozim.
2000–2010-yillarda o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari (% da) quyi-
dagi jadvalda keltirilgan:
Аsosiy davlatlar
Kimyoviy mahsulot
Plastmassalar
АQsh
yaponiya
g‘arbiy Yevropa
7
10
5
11
16
12
Plastmassalar  umumiy  ishlab  chiqarishning  yarmidan  ko‘pi
termo plastlarga  to‘g‘ri  kelib,  1980-yilga  kelib,  hajmi  50  mln.  t  ga
yetgan.


109
Hamma rivojlangan davlatlarda poliolefinlar yetakchi o‘rinni egal - 
laydi.  1965-yili  ishlab  chiqarish  hajmi  bo‘yicha  ular  polivinil - 
xlo ridni  quvib  o‘tdilar:  Ishlab  chiqarish  1960-yilda  1,1  mln.t  dan
1970-yilda 8 mln. t ga va 2000-yilda 50 mln. t ga yetdi. Poliolefin-
larni sintetik smolalar va plastmassalar umumiy ishlab chiqarishida
ulushi 1960-yildagi 16% dan 1970-yili 27% ga, 2000-yili esa 60%
gacha ortdi.
Poliolefinlar  ichida  ishlab  chiqarish  hajmi  bo‘yicha  birinchi
o‘rinda yuqori bosim ostida olinuvchi quyi zichlikdagi polietilen tu-
radi, u 1980-yilda dunyo bo‘yicha 17,5 mln. tonna (15 mln. t. polivi-
nilnikiga qarshi)ni tashkil qilgan.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish