1.1. Radikal polimerizatsiya Radikal polimerizatsiya jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:
1. Boshlang‘ich erkin radikal hosil qilish bilan reaksiyani initsir-
lash.
2. Hosil bo‘lgan radikalga o‘sib boruvchi makromolekulani chek-
ka zvenosiga erkin valentlikni saqlagan holida monomer molekulasi-
ni ketma-ket ulash, ya’ni erkin radikal xossasini saqlagan holida.
3. Erkin valentlikni to‘yinishi hisobiga makroradikalni o‘sishdan
to‘xtashi va makromolekulani hosil bo‘lishi.
Ushbu bosqichlarning har biri biroz kengroq ko‘rib chiqiladi.