Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi – kasbiy
bilimlar, ko’nikma va malakalarni yangilash, chuqurlashtirish maqsadida tashkil
etiladigan bosqich. Ushbu tizimda
asosiy e’tibor mutaxassislarning kasbiy bilimlari
va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Uzluksiz ta’lim
tizimining mazkur bosqichida malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonidan
o’tgan mutaxassislar ta’lim muassasasidagi o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladi. Kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.