B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
 
Jinsiy  tarbiya
  –  bolalar, o’smirlar,  yoshlarda  jins  masalalariga  nisbatan  to’g’ri 
munosabatni  shakllantirishga  qaratilgan  tibbiy,  pedagogik  tadbirlar  tizimiga  ko’ra 
tashkil  etiladigan  jarayon.  Jinsiy  tarbiyaning  maqsadi  yosh  avlodni  jins  sifatida 
to’g’ri,  sog’lom  bo’lib  shakllanishini  ta’minlash,  nikoh  va  oilaga  samarali 
tayyorlashdan  iborat.  Jinsiy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  quyidagi  vazifalar  hal 
qilinadi:  o’quvchilarga  jinslarning  fiziologik,  jismoniy,  ijtimoiy  jihatdan  to’g’ri 
shakllanishi,  shaxsiy  gigiena  qoidalariga  oid  bilimlar  bilan  tanishtirish;  ular 
tomonidan  turli  jins  vakillari  o’rtasidagi  munosabatlar  mohiyatini  to’g’ri  anglab 
yetilishini, o’quvchilarning jins sifatida to’g’ri va sog’lom bo’lib kamolga yetishlarini 
ta’minlash;  ularning  turli  jinslar  o’rtasidagi  munosabatlarning  ma’naviy-axloqiy, 
ruhiy  jihatlariga  oid,  shuningdek,  shaxsiy  gigienaning  ahamiyati  borasidagi 
tasavvurlarini  boyitish; o’quvchilarda  turli  jinslar  o’rtasidagi  munosabatlarni tashkil 
etishga  axloqiy,  masuliyatli  yondashuv,  ijobiy  munosabat,  reproduktiv  madaniyatni 
shakllantirish;  ularda  shaxsiy  gigiena  qoidalariga  qat’iy  rioya  qilish,  o’zining, 
yaqinlarining  salomatliklarini  saqlash  ko’nikma,  malakalarini  hosil  qilish; 
o’quvchilarni nikoh va oilaga samarali tayyorlash. 
Bu  yo’nalishdagi  tarbiyaning  metodik  jihatdan  to’g’ri  tashkil  etilishi  bolalar, 
o’smirlarda  erta  yetilish,  jinsiy  mayllar  erta  uyg’onishining  oldini  oladi.  Qolaversa, 
jinsiy  tarbiya  davrida  o’g’il  va  qiz  bolalarga  o’qituvchilar,  tibbiyot  xodimlari 
ko’magida  shaxsiy  gigienaga  rioya  qilishga  doir  bilimlarning  berib  borilishi,  ularni 
yoshlikdanoq  o’rinda  to’g’ri  yotishga,  ichki  kiyimlarning  ozoda  bo’lishi,  tananing 
toza  tutishga  oid  ko’nikmalarni  hosil  qiladi,  ular  tomonidan  shaxsiy  sog’lomatlikni 
saqlash  malakasi  va  reproduktiv  madaniyatning  samarali  o’zlashtirilishini 
ta’minlaydi.  Metodik  jihatdan  to’g’ri  tashkil  etilgan  jinsiy  tarbiya  yosh  avlodning 
fiziologik  jihatdan  to’g’ri  rivojlanishiga,  nikoh  va  oilaning  mustahkam  bo’lishiga, 
reproduktiv salomatlik (zurriyod qoldirish)ka ega bo’lishiga xizmat qiladi. 
Ayrim  ota-onalar,  hatto  pedagoglar  ham  yoshlar  o’rtasida  jinsiy  tarbiyani  ular 
balog’atga  yetganlaridan  keyin  boshlash  zarur  deb  hisoblaydi.  Bunday  yondashuv, 
ayniqsa,  axborot  oqimi  shiddatli  bo’lgan  bugungi  kunda  noto’g’ri.  CHunki  yoshlar 
o’rtasida  jinsiy  tarbiya  vaqtli  tashkil  etilmasa,  ularda  chetdan,  hech  bir  izohlarsiz 
olinayotgan  axborotlar  tufayli  turli  jinslar  o’rtasidagi  munosabatning  ma’naviy-
axloqiy,  tibbiy  jihatlari  to’g’risida  yetarlicha  tushunchalar  shakllanmaydi.  Natijada 
nikoh  va  oila  muqaddasligini,  farzand  ko’rish  masuliyatini  chuqur  anglamagan 
yoshlarda  jinsiy  hayot  faqatgina  jismoniy-fiziologik  ehtiyojni  qondirishdan  iborat 
degan  noto’g’ri  fikr  shakllanadi.  Balog’atga  yetgunga  qadar  jinsiy  tarbiya  asoslari 
to’g’risidagi  bilimlarni  o’zlashtirgan  yoshlar  ijtimoiy  me’yorlar,  ma’naviy-axloqiy 
qoidalar,  o’zining  ruhiy,  fiziologik  xususiyatlarini  anglashga,  o’zi  uchun  umr 


 
96 
yo’ldoshi  sifatida  tanlanadigan  o’zga  jins  vakiliga  hurmat  bilan  munosabatda 
bo’lishga, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmatini himoya qilishga odatlanib boradi.         
Jinsiy  tarbiyani  to’g’ri  yo’lga  qo’yishda  ota-onalar,  pedagoglar  o’g’il  va  qiz 
bolalarning jinsiy rivojlanishlarining o’ziga xosligi, bosqichlari, tabiiy va g’ayritabiiy 
jinsiy  yetilishni  bir-biridan  farqlay  olishlari  lozim.  SHuningdek,  ular  jinsga  mos 
ravishda o’yinchoqlar, kiyim-kechaklar olib berish, bolalarning jinsini inobatga olgan 
holda turli yumushlarni buyurishni zarurligini yodda tutishlari kerak. Qizlar o’rtasida 
jinsiy  tarbiyani  tashkil  etishda  ularga  jinsiy  organlarni  shamollash,  yuqumli 
kasalliklardan  saqlash  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  ham  berib  borish  maqsadga 
muvofiqdir.  Jinsiy  tarbiyani  ma’naviy-axloqiy,  aqliy,  estetik  va  jismoniy  tarbiyalar 
bilan bog’lab olib borish ijobiy natijalarni beradi. Bu jarayonda qizlar ongiga qadr-
qimmatini  anglash,  sha’nini  ulug’lash,  nomusini  asrash,  masullik,  burch,  uyat-
andisha, hayo-ibo, mehribonlik, fidoiylik, vafo kabi tushunchalarni  singdirish, ularda 
bu fazilatlarni tarbiyalashga jiddiy e’tibor qaratish zarur.    

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish