B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Jinsiy ta’lim 

 
bolalar, o’smirlar, yoshlarga jinslar, jinsiy etilish, jinsiy organlar 
gigienasi  hamda  turli  jinslar  o’rtasidagi  munosabatlarning  axloqiy  mohiyatiga  oid 
nazariy  bilimlarni  berish  orqali  ularda  bu  boradagi  tushunchalarni  qaror  toptirish 
jarayoni.
 
 
Jismoniy tarbiya
 – 
1)
 o’quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish, 
ularni  aqliy,  jismoniy  jihatdan  mehnat  va  Vatan  mudofaasiga  tayyorlashga 
yo’naltirilgan  jarayon; 
2)
  ijtimoiy  tarbiya  turlaridan  biri.  Jismoniy  tarbiyani  tashkil 
etishda  o’quvchilarni  o’z  sog’liqlarini  saqlash  va  mustahkamlash,  organizmni 
chiniqtirish,  jismoniy  jihatdan  to’g’ri  rivojlanish,  uning  ishchanlik  qobiliyatini 
oshirish  to’g’risida  g’amxo’rlik  qilish  tuyg’ularini  tarbiyalash,  ularda  yangi  harakat 
turlariga  doir  ko’nikma,  malakalarni  hosil  qilish,  ularni  maxsus  bilimlar  bilan 
qurollantirish,  o’quvchilarning  yoshi,  jinsiga  muvofiq  keladigan  (kuch,  tezkorlik, 
chaqqonlik,  chidamlilik,  sabot,  iroda,  xarakterni  qaror  toptirish  va  b.)  jismoniy 
sifatlarni  rivojlantirish,  shaxsiy  gigienani  saqlashga  nisbatan  ongli  munosabatlarni 
tarbiyalash maqsadi ko’zlanadi. Pedagogik yondashuvga ko’ra didaktik o’yinlar bilan 
bir  qatorda  ularning  jismoniy  faolliklarini  oshirishga  xizmat  qiluvchi  harakatli 
o’yinlar ham maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yoshi bolalarining jismoniy, aqliy 
jihatdan rivojlanishlariga katta yordam beradi.  
Jismoniy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  quyidagi  vazifalar  hal  qilinadi: 
o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, ularni jismonan rivojlantirish; ularning  aqliy 
va  jismoniy  ish  qobiliyatlarini  oshirish;  o’quvchilarda  tabiiy  harakatchanlikni 
rivojlantirish va mustahkamlash; o’quvchilarni  harakatning yangi turlariga  o’rgatish; 
o’quvchilarda irodaviy sifatlar (kuch, chaqqonlik, dadillik, chidamlilik, qat’iyatlik va 
b.)ni    rivojlantirish;  o’quvchilarda  axloqiy  sifatlar  (intizomlilik,  masuliyatlik,  jamoa 
bilan  bo’lish  va  sh.k.)ni  tarbiyalashularda  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  doimiy, 
muntazam  shug’ullanish  ehtiyojini  shakllantirish;  o’quvchining  jismonan  sog’lom 
bo’lishini  ta’minlash,  shaxsiy  gigiena  qoidalariga  amal  qilishga  odatlantirish,  o’z 
sog’ligiga ongli munosabatni tarbiyalash. 
O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  tashkil  etiladigan  jismoniy 


 
97 
tarbiya  uning  chaqiriqqa  qadar  boshlang’ich  tayyorgarlik  bilan  bog’liqligiga  ko’ra 
o’ziga xos xarakter kasb etadi. 
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida yosh avlodni jismonan sog’lom 
bo’lishini  ta’minlovchi  uch  bosqichli  tizim  ishlab  chiqildi.  Bu  tizim:  1.  “Umid 
nihollari”  sport  musobaqasi  (umumiy  o’rta  ta’lim  maktablari  o’quvchilar  o’rtasida 
tashkil  etiladi).  2.  “Barkamol  avlod”  sport  musobaqasi  (o’rta  maxsus  kasb-hunar 
ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasida tashkil etiladi). 3. “Universiada” sport 
musobaqasi (oliy o’quv yurtlarining talabalari o’rtasida tashkil etiladi). 
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil 
etish  maqsadga  muvofiq.  Shu  sababli  ta’lim  muassasalarida  jismoniy  tarbiya  asosiy 
o’quv  fanlaridan  biri  sanaladi.  Ta’lim  muassasalarida  jismoniy  tarbiyani  tashkil 
etishda  o’quvchilarni  quyosh,  suv  va  havo  vositalarida  chiniqtirishga,    dam  olish 
(jumladan, to’yib uxlash) va mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil etishga alohida e’tibor 
qaratish lozim.  
O’quvchilarning jismoniy madaniyatga egaliklari quyidagi bilan belgilanadi: 1) 
jismoniy  harakat  ko’nikmalariga  egalik;  2)  jismoniy  mehnat  qilish  qobiliyatining 
rivojlanganligi;  3)  jismoniy  kamolotning  aks  etishi;  5)  o’quvchilar  tomonidan 
jismonan  rivojlangan  idealning  tanlanganligi  va  undan  namuna  olish  yo’lida  amaliy 
harakatlarning tashkil etilayotganligi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish