B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Kafedra 

 
oliy  o’quv  yurti  (fakultet)  tuzilishidagi  bir  yoki    bir  necha  turdosh 
fanlar bo’yicha o’quv, ilmiy va usulbiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida 
ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  olib  boruvchi,  shuningdek,  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik 
kadrlarni tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi asosiy tarmoq (bo’g’in). 
Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita rektorga bo’ysunadi. 
Odatda  OTMda  ikki  turdagi  kafedralar  faoliyat  ko’rsatadi.  Ular:  1) 
umumuniversitet  (umuminstitut)  kafedralari  (OTMdagi  barcha  fakultetlarga  xizmat 
ko’rsatadi); 2) fakultet kafedralari (faqatgina fakultet uchun xizmat qiladi).  
Kafedra kamida beshta o’qituvchi mavjud bo’lganda, ulardan bittasi  fan doktori 
yoki  professor  darajasi  va  kamida  ikkitasi  fan  nomzodi  yoki  dotsent  unvoniga  ega 
bo’lganda  tuziladi.  Jismoniy  tarbiya,  chet  tillari,  grafika  va  chizmachilik,  rasm  va 
musiqa  kafedralari,  odatda,  kamida  ikkita  o’qituvchi  ilmiy  daraja  yoki  unvonga  ega 
bo’lganda tuziladi.  Kafedra  o’quv-tarbiyaviy  va  ilmiy  jarayonni  ta’minlovchi  o’quv 
va  ilmiy  laboratoriya,  kabinet,  markaz  va  b.  tarmoqlarga  ega  bo’lishi  mumkin. 
Kafedrani  odatda  professor  yoki  fan  doktori  darajasiga  ega  bo’lgan,  tanlov  asosida 
saylangan  kafedra  mudiri  boshqaradi.  Kafedra  tarkibiga  professor,  dotsent,  katta 
o’qituvchi,  o’qituvchi,  assistent,  katta  va  kichik  ilmiy  xodimlar,  doktorant  va 
aspirantlar, shuningdek, stajyorlar, injener-texnik va yordamchi xodimlar kiradi. 
OTMning kafedralari bir mutaxassislik bo’yicha pedagog va ilmiy xodimlardan 
tashkil topadi. Pedagog va ilmiy xodimlarni kafedraga ishga qabul qilinishi va ishdan 
bo’shatilishi  OTMning  Nizomi  talabiga  ko’ra,  ya’ni,  konkurs  asosida  amalga 
oshiriladi.  OTMning  proessor-o’qituvchilari  har  besh  yilda  davlat  attestatsiyasidan 
o’tkaziladi  va  ta’lim  muassasasi  Ilmiy  kengashining  qaroriga  ko’ra  lavozimga 
tayinlanadi.  Pedagoglar  kasbiy  o’sishga  erishish,  malakalarini  oshirish  maqsadida 
ishlab  chiqishdan  ajralmagan  holda  muayyan  muddatlar  (ishdan  ajralgan  holda  har 
besh yilda) malaka oshirish huquqiga ega.  
OTMda  faoliyat  ko’rsatadigan  har  bir  kafedra  oldida  muayyan  vazifalar 
qo’yiladi. Kafedralar quyidagi vazifalarni bajarishda vakolat va masuliyatga ega: oliy 
ta’limning  DTS  asosida  belgilangan  o’quv  mashg’ulotlarini  yuksak  nazariy,  ilmiy-
uslubiy darajada tashkil etish; talabalarning malakaviy amaliyoti, bitiruv va mustaqil 
ishlarga rahbarlik qilish, reyting nazoratini joriy etish; kafedra fanlari bo’yicha o’quv 
dasturlarini  ishlab  chiqish  va  tasdiqlash  uchun  taqdim  etish;  dissertatsiyalar 


 
100 
mavzularini  tasdiqlash,  dissertatsiyalarni  muhokama  qilish;  turdosh  kafedralarning 
dasturlariga  taqriz  va  xulosalar,  shuningdek,  kafedraga  taalluqli  fanlar  bo’yicha 
darslik,  o’quv  va  metodik  qo’llanmalar,    ko’rgazmali  qurollar,  o’quv-metodik 
majmualar  va  yordamchi  adabiyotlar  (lug’at,  ma’lumotnoma,  atlas,  ensiklopediya, 
xrestomatiya,  mashqlar  to’plami  va  b.)ni  tayyorlash  va  nashr  ettirish;  iqtidorli 
talabalar  bilan  ishlash,  ularni  olimpiada  va  tanlovlarda  ishtirok  etishga  tayyorlash, 
talabalarning mustaqil ta’lim olishning shakl va metodlarini takomillashtirish; ilmiy-
tadqiqot  ishlarini  bajarish,  tadqiqot  natijalarini  amaliyotga  tadbiq  etish,  talabalar, 
aspirantlar  va  doktorantlarning  ilmiy  ishlariga  rahbarlik  qilish,  tugallangan  ishlarni 
muhokama  etish;  kafedra  xodimlari  tomonidan  shaxsiy  rejada  belgilangan 
yuklanmalarning  bajarilishini  ta’minlash;  tegishli  fan  va  faoliyat  sohasi  bo’yicha 
to’plangan  ilg’or  tajribalarni  umumlashtirish,  ilg’or  pedagogik  texnologiyalarini 
ishlab  chiqish  hamda  amaliyotga  joriy  etish;  xorijiy  oliy  o’quv  yurtlari  tajribasini 
o’rganish orqali ustuvor g’oyalar hamda masofaviy ta’lim tizimini OTM amaliyotiga 
joriy  etish,  ta’lim  xizmatlari  tizimini  rivojlantirish;  kafera  faoliyatiga  byudjetdan 
tashqari mablag’larni jalb etish, maqsadida korxonalar, xo’jaliklar, muassasalar bilan 
aloqa  o’rnatish  asosida  o’zaro  hamkorlikka  erishish;  oliy  o’quv  yurtini  bitirganlar 
bilan  aloqa  o’rnatish;  xorijiy  mamlakatlarning  ilmiy  va  ta’lim  muassasalari  bilan 
xalqaro aloqalar o’rnatish. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish