Ishonch bildirish – bolalar va o’smirlarga ularning yosh xususiyatlari, jismoniy
imkoniyatlarini inobatga olgan holda muayyan topshiriqlarni berish usuli.
Ishchi o’quv dasturi – namunaviy dastur asosida DTS va muayyan, aniq ta’lim
muassasasiga mos ravishda o’quv jarayonining metodik, axborot, texnik ta’minlash
imkoniyati, o’quvchilarning tayyorgarlik darajalari inobatga olingan holda ishlab
chiqilib, ta’lim muassasalarining Pedagogik kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan
o’quv dasturi. Bu kabi o’quv dasturlari ta’lim muassasalarida ishlab chiqiladi. Ishchi
92
o’quv dasturlarini yaratish tartibi ta’lim tizimini boshqaruv organlari tomonidan
belgilanadi.