B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Irsiyat 
– ajdodlarga xos biologik (tana tuzilishi, individual rivojlanish, moddalar 
almashinuvi,  salomatlik  holati,  turli  kasalliklarga  moyillik  va  b.)  belgilar  hamda 
rivojlanish  holatlarini  keyingi  avlodlarga  o’tishini    ifodalovchi  xususiyat.  U,  eng 
avvalo,  o’sayotgan  organizmning  jismoniy    tuzilishi  va  biologik  o’ziga  xos 
xususiyatlarida  namoyon  bo’ladi.  Biologik  nuqtai  nazardan  quyidagi  irsiy 
xususiyatlar  ota-onadan  bolaga  o’tishi  mumkin:  anatomik-fiziologik  belgilar  (yuz 
tuzilishi,  teri,  soch  hamda  ko’z  ranglari,  burun  va  quloq  shakli,  qoshning  tuzilishi, 
qaddi-qomat,  yurish  holati,  fe’l-avtor),  nutq,  tafakkur  qobiliyati,  mehnatga  bo’lgan 
munosabat,  ijodiy  layoqat  va  b.  Ayni  o’rinda  shuni  ham  yodda  tutish  kerak:  bolaga 
ota-onadan  yoki  ajdodlaridan  o’zgarmas  xususiyatlargina  meros  bo’lib  o’tmaydi. 
Ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyot  jarayonida  biologik  mavjudot  –  odamning  anatomik  va 
fiziologik  belgilari  o’zgarishi  mumkin.  Bu  o’zgarishlar  bir  necha  avlodlar 
almashinuvida  mustahkamlanib,  takomillashib,  nasldan-naslga  o’taveradi.    Inson 
organizmining  tabiiy  qonuniyatlar  va  o’z  tabiatiga  muvofiq  o’sishi,  biologik 
rivojlanish jarayonida namoyon bo’ladigan irsiy xususiyatlar birlamchi (genetik) omil 
sanaladi.  Biologik  rivojlanish  jarayonida  quyidagi  hodisalar  kuzatiladi:  inson 
tanasidagi ayrim organlar o’sadi (m: yurak, o’pka hajmi, miya va tana vazni ortadi, 
ko’krak qafasi kengayadi, asab tizimi taraqqiy etib, mustahkamlanib boradi, suyaklar 
o’sadi.  Jumladan,  miya  vazni  bola  bir  yoshga  to’lgach  ikki  baravar,  to’rt-besh 
yoshlarga borib esa uch baravar ortadi.  
Go’daklarning  xatti-harakatlari  shartsiz  reflekslar  yordamida  amalga  oshirilsa-
da, shu bilan birga tashqi muhit ta’sirida bu kabi reflekslar negizida shartli reflekslar 
yuzaga  keladi.  Bola  ikki  yoshga  qadam  qo’ygach,  unda  I.P.Pavlov  “ikkinchi  signal 
tizimi”  deb  ta’riflagan  va  miya  po’stining  faqat  insongagina  xos  bo’lgan  oliy 
funksiyasi namoyon bo’la boradi. Buyuk biolog I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, ikkinchi 
signal  tizimining  mexanizmlari,  avvalo,  tafakkurning,  so’ngra  og’zaki  va  yozma 
nutqning  asab-fiziologik  negizi  sanaladi.  Ikkinchi  signal  tizimining  xususiyati 
shundaki,  unga  ko’ra  bosh  miya  po’sti  tashqaridan  qabul  qilinayotgan  so’zlarga 
harakatlar  orqaligina  emas,  balki  so’zlar  yordamida  ham  ta’sir  ko’rsata  oladi.  
Birinchi va ikkinchi signal mexanizmlarini o’zida qamrab olgan, taraqqiy etgan asab 
tizimi,  shu  jumladan,  bosh  miya  shaxsning  tobora  rivojlanib  boruvchi    ruhiyatining 
moddiy  negizidir.  Biroq,  birgina  organizmning  o’sishi  shaxs  kamolotini,  uning 
ruhiyatini,  o’y-fikrlarining  mazmuni  va  shaklini  belgilay  olmaydi.  Ya’ni  bola 
tanasida  biologik-fiziologik  o’zgarishlargina  kechmaydi  hamda  u  tayyor  bilim, 
ko’nikma, malaka, qiziqish va qobiliyatga ega bo’lib tug’ilmaydi.  
Organizmning  o’sishi  asab  tizimining  taraqqiy  etishini  ta’minlaydi.  Asab 
tizimining taraqqiy etishi esa o’z navbatida ruhiyatning rivojlanishi uchun imkoniyat 
yaratadi.  Shaxsning  to’laqonli  rivojlanishi  uchun  ham  biologik  o’sish,  ham 
ruhiyatning  taraqqiy  etishi  talab  etiladi,  u  subyektlar  orasida  –  ijtimoiy  muhitda 


 
91 
yashashi, ana shu muhit ta’sirida rivojlanishi lozim. 
 
Istak 
–  shaxs  tomonidan  ehtiyojning  yetarli  darajada  anglanganligi  bilan 
tavsiflanuvchi faoliyat rag’bati (motivi). Kishida hosil bo’lgan istak ma’lum darajada 
anglansa, tilak-havasga aylanishi mumkin.  
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish