Jamoa
(lot. “kollektivus” – yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma,
guruh) – bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy
maqsad asosida tashkil etilgan guruh. Ta’lim muassasasi tarkibidagi eng barqaror
bo’g’in – muayyan guruhlar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Ta’lim
muassasalarida ikki muhim bo’g’in: o’qituvchilar jamoasi va o’quvchilar jamoasi
mavjud bo’ladi. Jamoaga xos umumiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1. Ijtimoiy
ahamiyatli yagona maqsadning mavjudligi. 2. Birgalikdagi umumiy faoliyatning
tashkil etilishi. 3. Majburiy, masuliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi. 4.
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |