Diniy yo’llanma
– diniy ulamo (mulla, domla, qori, so’fi, imom, shayx va b.)lar
tomonidan yoshlarga to’g’ri yashash, halol mehnat qilish, umrni behuda
o’tkazmaslik, o’z birodarlari o’rtasidagi mehr-oqibatni yo’qotmaslik zarurligini
muqaddas manbalar – Qur’on, Hadis, shuningdek, Shariat, Fiqh ilmi g’oyalari
asosida uqtirilgan da’vatni ifodalovchi nasihat.
Dissertatsiya avtoreferati
– dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy
ma’lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda
umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar
yuzasidan ma’lumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan
qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar.
Do'stlaringiz bilan baham: |