B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Didaktik tizim 
(yun. “systema” – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) 
–  ma’lum  mezonlar  asosida  ta’lim  jarayonining  yaxlit  holatini  belgilash,  ajratib 
ko’rsatish.
 
 
Diksiya
  –  so’zlarning  aniq  talaffuz  qilinishi.  Pedagogik  faoliyatda  diksiyaga 
e’tibor  qaratish  muhim  shartlardan  biri  sanaladi.  Qolaversa,  diksiyaning  to’g’ri 
bo’lishi o’qituvchining pedagogik mahoratini ifodalovchi holat sifatia baholanadi.  
 
 
Diniy  dunyoqarash 
(a.  “din”  –  e’tiqod,  ishonch)  –  borliqning  ilohiy  kuchga, 
Xudoga  ishonish  asosida  qabul  qilinishini  ifodalovchi  tasavvur,  urf-odat  va 
marosimlar majmui.  
 
Diniy ekstremizm 
(lot. “extremus” – eng oxirgi, o’taketgan, ashaddiy, keskin) – 
rasmiy  hokimiyatni keskin,  qat’iy  choralar  ko’rish  yo’li  bilan  o’zgartirish  harakatini 
diniy ta’limot, qarash va g’oyalar asosida amalga oshiradigan oqim. Bu kabi harakat 
yo’lini  tanlangan  diniy  oqimlar  barcha  dinlar  negizida  ham  shakllangan  va  ayni 
vaqtda  ham  ular  mavjud.  Islom  ekstremizmda  o’ziga  xos  ikki  belgini  kuzatish 
mumkin:  hozirgi  zamon  musulmon  jamoalari  o’zining  islomiy  xususiyatlarini 
yo’qotgan  va  jaholat  tusiga  aylangan  degan  mafkurani  targ’ib  qilish;  mamlakatda 
islom qoidalarini o’rnatish, hokimiyatga haqiqiy musulmonlar kelishi uchun hech bir 
ikkilanmasdan  faol  urush  harakatlarini,  “kuch  ishlatish”  zarurligini  insonlar  ongiga 
singdirishga  urinish.  Islomiy  guruhlar  o’z  qarashlari,  maqsadlari,  faoliyatining 
mazmuniga  ko’ra:  traditsionalizm  (an’anaviylik  g’oyalarini  ilgari  suradigan 
nazariya),  fundamentalizm  (ilk,  boshlang’ich  nazariy  asosni  yoqlovchi  nazariya)  va 
modernizm (an’anaviy g’oyalarni inkor etib, yangi g’oya, qarashlarni ilgari suradigan 
ta’limot)  sifatida  bir-biridan  farqlanadi.  Islom  ekstremizmi  o’tgan  asrning  50-60-
yillarida  xorijda,  ayniqsa,  Yaqin  va  O’rta  Sharq  mamlakatlarida  paydo  bo’lgan. 
Aslida ekstremistik kuchlarning ildizi  juda  chuqur, ya’ni, islom  dini  shakllangan ilk 
davrlardayoq  paydo  bo’lgan.  O’sha  davrda  estremistik  kayfiyatdagi  elementlar 


 
51 
xorijiylar  deb  atalgan.  Ular  to’rtinchi  xalifa  hazrati  Alining  kelishuvchilik  (675  yil) 
siyosatini keskin qoralaganlar va “haqiqat uchun kurashib, qat’iy chora ko’ra olmadi” 
degan xulosaga kelishgan. Shu davrdan boshlab, ular bid’atga yuz tutgan, islom dini 
mafkurasini  noto’g’ri,  buzib  talqin  qiluvchilar  sifatida  qoralangan.  XVIII  asrda 
Saudiya  Arabistonida  shakllangan  vahhobizm  ta’limoti  diniy-ekstremizmning  keng 
tarqalgan  oqimi  sanaladi.  Bu  ta’limot  g’oyalariga  ko’ra  Olloh  yagona  (sof  tavhid) 
bo’lib,  islom  dinini  rivojlanishiga  xizmat  qiluvchi  har  qanday  yangi  g’oya  (bid’at) 
hisoblanadi.  Ayniqsa,  muqaddas  qadamjolar,  avliyolarning  qabrlarini  ziyorat 
qilinishini  inkor  etiladi.  Ta’limot  g’oyalariga  ko’ra,  bunday  xatti-harakatlar 
ko’pxudolikni targ’ib qilishning ko’rinishidir. Vahhobiylikning eng xavfli jihati, ular 
o’zlariga  ergashmagan  har  qanday  musulmonni  kofir  deb  hisoblash,  ularga  qarshi 
doimo jihod e’lon qilish yo’li bilan o’zlariga bo’ysundirishni targ’ib-tashviq qilish.  
O’zbekistonda  ham  faoliyat  yuritgan  “Hizb  at-tahrir”  ekstremistik  uyushma 
bo’lib,  u  xorijiylar,  Ibn  Taymiyya  va  vahhobiylarning  qarashlariga  tayansa-da, 
ulardan  farq  qiluvchi  g’oyalarga  asoslanib  ish  ko’radi.  Ularning  qarashlariga  ko’ra, 
“jihod  kofirlarga  qarshi  kurashgina  bo’lib  qolmasdan,  balki  muayyan  mamlakat 
musulmonlari,  ya’ni,  haqiqiy  musulmonlar  bilan  adashgan,  gunohga  botgan 
musulmonlar  o’rtasidagi  o’zaro  kurashdir”.  “Hizb  at-tahrir”  1930  yilda  Hasan  al-
Banna  tomonidan  asos solingan  “Musulmon  birodarlar”  diniy-ekstremistik tashkilot 
g’oyalarining davomchisi sanaladi.  

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish