B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
“Daydi  o’qituvchilar” 
–  o’rta  asrlarda  shartnoma  asosida  ishga  qabul  qilinib, 
shartnoma muddati tugagandan keyin ishdan bo’shatilganligi sababli yangi joydan ish 
izlaydigan o’qituvchilar. 
 
Deduksiya 
(lot. “deductio” – payqab olish, xulosa chiqarish) – umumiy hodisa, 
holatlarga  tayangan  holda  xususiy  xulosalarni  chiqarishga  asoslanib,  mulohaza 
yuritish usuli; bilish jarayonining tadqiqot metodi.  
 
Demosfen 
(tax.e.av.  384-322  y.y.)  –  qad.  yun.  faylasufi,  notig’i.  U    taxminan 
e.av.  384  yilga  yaqin  Afina  shahrida  boy  mulkdor  oilasida  tug’ilgan.  Uning  otasi 
qariyb  50 ga yaqin qullari hamda mebel va qurol-yarog’lar ishlab chiqaradigan ikkita 
ustaxonaga ega bo’lgan. Bo’lajak notiq 8 yoshga to’lganda otasi vafot etadi. Unga va 
5  yoshli  singlisiga  otasidan  katta  mulk  meros  bo’lib  qoladi.  Biroq,  vasiylari 
o’zlarining  ochko’zliklari  tufayli  bolalarning  ta’lim  va  tarbiyasi  to’g’risida 
qayg’urishmadi, o’qituvchilarning oylik maoshlari uchun haq to’lashmadi.  
Demosfen zaif, jismonan nosog’lom bo’lib voyaga yetdi. U tovushlarni noaniq 
talaffuz qilar, duduqlanardi. Hali bolalik vaqtidayoq Demosfen o’qituvchisidan o’zini 
taniqli  notiqlar  nutqini  eshitish  uchun  sud  zaliga  olib  borishni  so’radi.  U  omma 
notiqlarni  qarsaklar  bilan  olqishlaganligidan  to’lqinlandi.  Sud  Demosfen  uchun 
notiqlik san’atini qunt bilan egallash yo’lida tinimsiz mashqlar qilishiga turtki berdi. 
U 4 yil davomida Afinadagi eng mashhur notiq Iseya qo’lida shug’ullandi. Notiqlik 
sirlarini o’rganib, dastlab sud yig’ilishlari uchun nutqlar tayyorlagan Demosfenning 
niyati omma oldida o’zi mustaqil chiqish qilish istagida edi. Uning mustaqil ravishda 
omma oldidagi birinchi va ikkinchi nutqlari to’la barbod bo’ldi. Omma uning nutqiga 
nisbatan  norozilik  bildirdi.  Shovqin,  kulgu  va  qichqiriqlar  tufayli  Demosfen  o’z 
nutqini yakunlay olmay qoldi. Buning asosiy sababi – Demosfenning nihoyatda past 
ovozda  gapirganligi,  nutqning  tushunarsizligi,  tovushlarni  noto’g’ri  talaffuz  qilishi, 
duduqlanishi edi. Omma uchun Demosfenning noverbal (og’zaki nutqsiz) murojaati 
ham  tushunarsiz  edi.  Chunki  u  vaqti-vaqti  bilan  yelkasini  ko’tarib  qo’yar,  omma 
oldida o’zini mutlaqo tuta bilmas edi. 
Ikkinchi  nutqi  ham  muvaffaqiyatsiz  chiqqan  Demosfen  tushkun  holda  uyga 
qaytadi. Rivoyat qilinishicha, uni o’z ustida ishlashdan to’xtamaslikka aktyor do’sti 
rag’batlantirgan.  Omma  uning  otashin  nutqlarini  tushunmayotganligidan  noligan 
Demosfendan do’sti Sofokl yoki Yevripid asarlaridan biror parchani o’qib berishini 
so’raydi.  Bu  iltimos  bajariladi.  Demosfen  asarlardan  parcha  o’qishni  tugallagach, 
aktyor  do’sti  o’sha  parchalarni  ko’tarinki  kayfiyat,  his-hayajon  bilan  qayta  o’qiydi. 
Shundagina  Demosfen  his-hayajon  har  qanday  nutqning  go’zal  bo’lishini  ta’minlay 
olishini  tushunib  yetadi  va  notiqlik  sirlarini  o’rganishga  qaytadan  kirishadi. 
Demosfen  nutqidagi  kamchiliklar  ustida  ishlashda  davom  etdi.  U  boshqalardan 
uzoqroqda  yolg’iz  ishlay  boshlaydi.  Yolg’izlik  ko’ngliga  tekkanda  omma  oldiga 
chiqishdan  o’zini  saqlash  uchun  sochining  yarmini  qirib  tashladi.  Toki  natijaga 
erishmaguncha har kuni bir necha soatdan shug’ullunishga qaror qildi. 
Alloma  o’z  nutqi  ustida  ishlashda  eng  oddiy  usuldan  foydalangan.  U  og’ziga 


 
49 
tosh solib olib, gapirishni mashq qilar va garchi og’zida toshlar bo’lishiga qaramay, 
nutqining sof, tiniq bo’lishiga intilardi. Ovozi kuchi va nafasini rivojlantirish uchun 
Demosfen toqqa chiqib,  baland ovozda she’rlar o’qirdi. U ataydan dengiz bo’ylarida 
sayr qilar va o’z ovozi bilan to’lqinlar shovqinini bostirishga harakat qilardi. Ayrim 
harflarni chuchuk talaffuz  qilishga barham berish maqsadida kuchukcha sotib olgan 
Demosfen uning qanday hurishini diqqat bilan tinglab, o’zi ham “huruvchi” tovushlar 
chiqarishga  harakat  qilardi.  Yelkasini  uchirish  odatini  yo’qotish  uchun  Demosfen 
“ekzotik”  usulni  tanladi.  Buning  uchun  u  uyning  shiftiga  o’tkir  tig’li  qilichni  osib 
qo’ydi va o’zi ana shu qilich ostida nutq so’zlashni mashq qilardi. Bordi-yu, yelkasi 
yana  o’ziga  bo’ysunmasa,  u  holda  shiftga  osilgan  qilichga  borib  tegardi.  O’tkir 
qilichning  tig’i  uning  yelkasini  shunday  og’ritib,  uni  o’z  tanasini  nazorat  qilish, 
boshqarishga  majbur  qilardi.  U  aktyor  do’sti  bilan  maslahatlashgan  holda  jestlarni, 
nutq  so’zlash,  tanani  boshqarish  omma  oldida  o’zini  tuta  bilish    malakalarini 
o’zlashtirdi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish