“Donishmandlik uyi” (“Bayt ul-Hikma”)
– Bag’dodda halifa Ma’mun ar-
Rashid (786-833 y.y.) tomonidan VIII asrning 20-yillarida Bog’dod shahrida tashkil
etilgan akademiya. Mazkur akademik uning asoschisi Ma’mun ar-Rashid sharafiga
“Ma’mun akademiyasi” nomi bilan mashhur bo’lgan. Halifa Ma’mun ar-Rashid
Islom ilohiyotining ilk shakli – Kalom (a. “Al-Kalom” – so’z, nutq)ni o’rganish,
uning mohiyatini chuqur anglashga intilgan. Shu sababli u Kalomning birinchi yirik
yo’nalishi sifatida yuzaga kelgan mu’tazilliy (Islomiy g’oyalar asoslangan dastlabki
davrlarda paydo bo’lgan ilohiyot oqimlaridan biri tarafdorlari; a. “mutazilliy” –
ajralib chiqqan, uzoqlashgan)lar, o’zlarini “Adolat va yagona din tarafdorlari” deb
atagan shaxslarga nisbatan xayrixoh bo’lgan. Halifa Al-Ma’mun ilohiyot yuzasidan
tashkil etiladigan bahs-munozaralarning amaliy ahamiyatini oshirish, ularni boy
daliliy ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida halifalikning barcha viloyatlari, shu
jumladan Markaziy Osiyo va Erondan Bog’dodga o’z davrining yetuk olimlari,
bilimdonlarini to’plagan. “Donishmandlik uyi” Sahl Ibn Xarun tomonidan
boshqarilgan. Mazkur akademiyada “Donishmandlik xazinasi” (“Xazanat al-
Hikmat”) kutubxonasi mavjud bo’lgan. Akademiyaning asosiy vazifasi – qadimgi
yunon va hind tillarida bitilgan matematika, tibbiyot, kimyo, falsafaga oid asarlarni
arab tiliga tarjima qilishdan iborat bo’lgan. Halifaning tashabbusi bilan qimmatbaho
sanaluvchi qadimgi yunon manbalarini qo’lga kiritish maqsadida Vizantiyaga maxsus
elchi yuborilib, ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilingan. U Platon, Aristotel asarlari
hamda ularga yozilgan sharhlarni, shuningdek, yunon tibbiyotining asoschilari
bo’lgan Gippokrat, Galen va Dioskoridaning ilmiy ishlarini Bag’dodga olib kelgan.
Akademiyada astronomiya fanini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu
maqsadda qator astronomik kuzatishlar, tadqiqotlar olib borilgan. Natijada qadimgi
yunon, yahudiy, sanskrit, suryoniy, fors va hind qo’lyozmalarida qayd etilgan
dalillarni tekshirilib, ularning haqqoniyligi tasdiqlangan. Halifa Al-Ma’mun davrida,
ya’ni e. 829-yilida Bag’dod shahri yaqinida Ash-Shammasiya mahallasida rasadxona,
831 yilda esa Damashq yaqinidagi Kosion tog’ida uning bo’limi barpo qilingan.
Ushbu rasadxonaga marvlik Abu Ali Yahyo ibn Mansurdan so’ng vatandoshimiz
Muhammad al-Xorazmiy ham rahbarlik qilgan.
Akademiya olimlarining
maqsadlaridan biri Yerning umumiy o’lchamini aniqlashdan iborat edi. Yer
meridianining 1º li yoyi uzunligini aniqlash maqsadida e. 827-yilida Sinjar tekisligida
geodeziya ishlari olib borilgan. Arab olimlari tomonidan qo’lga kiritilgan ma’lumot
zamonaviy texnika va texnologiyalar orqali aniqlangan ma’lumotdan bor-yo’g’i 1º ga
farqlanadi. “Bayt ul-Hikma”
mo’g’ul xoni Xulaguning Bog’dodga hujumi vaqtida,
ya’ni 1258 yilning 12 fevralida vayron qilindi, u yerda saqlanayotgan kitoblar esa
daryoga tashlandi.
Shuni alohida qayd etib o’tish lozim, Bag’doddagi ushbu akademiya
(“Donishmandlik uyi”)da vatandoshlarimiz Muhammad al-Xorazmiy va Ahmad al-
Farg’oniylar ham faoliyat olib borishgan.
XI asrning boshlarida xorazmshohlar sulolasining uchinchi hukmdori bo’lgan
Ma’mun ibn Ma’mun Abul Abbos (? – 1017 y.y.; hukmronlik yillari – 1009-1017
55
y.y.) davrida Xorazmning poytaxti Gurganch (hozirgi ko’hna Urganch) shahrida 1004
yilda ilmiy markaz tashkil etilib, u “Dorul hikma va maorif” (ba’zi manbalarda esa
“Majlisi ulamo”) deb atalgan. “Dorul hikma va maorif”ga Nishopur, Balx, Buxoro va
hatto Iroqdan ko’plab olimlar taklif etilgan.
Hukmdorning tog’asi – o’z davrining bilimdon Abu Nasr ibn Iroq 1004 yilning
boshida Abu Rayhon Beruniyni Bog’doddan Gurganchga taklif qiladi. Xorazmga
qaytgach alloma mazkur akademiyaga boshchilik qiladi. O’z davrining mashhur
allomasi, tibbiyot ilmining ulug’ namoyondalaridan biri buxorolik Abu Ali ibn Sino
ham Abu Rayhon Beruniy boshchiligida ma’lum muddat ushbu ilmiy markazda
faoliyat olib borgan.
“Dorul hikma va maorif”da ham ilm ahli uchun keng ko’lamli tadqiqotlar, ilmiy
izlanishlarni olib borilib, qadimgi yunon, hind, arab olimlarining ishlari o’rganilgan.
Ilmiy markaz olimlari tomonidan Xorazm vohasining iqlimi, tabiati, mineralogiyasi,
yer osti suvlari, qazilmalari, sug’orish tizimi, Amudaryo deltasining umumiy va
mavsumiy holati, tuproqni tozalash, korizlar qurish, Xorazmning rivojlanish tarixi,
aholining ijtimoiy turmush tarzi, xalq bayramlari, urf-odatlari, yozuvi, xalq ijodiyoti
kabi masalalar borasida ilmiy izlanishlar olib borilgan. “Dorul hikma va maorif”
faoliyatining asosi, maqsadi quyidagi shiorda o’z ifodasini topgan: “Ilm – insonlar
hojatini chiqarishga xizmat qilishi lozim”.
Ilmiy markaz faoliyati, shuhrati uzoq o’lkalarga borib yetgan. Markaz olimlari
tomonidan erishilayotgan yutuqlar Mahmud G’aznaviyga yoqmagan va u ilmiy
markaz faoliyatiga chek qo’yish yo’llarini izladi. Buning chorasi sifatida 1017 yilning
bahorida o’z kuyovi bo’lgan Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun (Ma’mun II)ga
qarshi suiqasd uyushtirib, o’ldiradi. Shu yilning iyunida esa “kuyovi uchun qasos
olish”ni bahona qilib, Xorazmni bosib oladi. Talonchilik, vayronagarchilik natijasida
“Dorul hikma va maorif” faoliyati ham tugatiladi. Ilmiy markazning ko’plab olimlari
majburan G’azna shahriga olib ketiladi.
XVIII-XX asrlarda “Dorul hikma va maorif” ilmiy markazi faoliyatini o’rganish
natijasida ish ko’lami, tadqiqotlarning samaradorligi nuqtai nazaridan mazkur
dargohni akademiyaga tenglashganligi isbot qilingan va unga “Xorazm Ma’mun
akademiyasi” nomi berilgan.
Xorazm Ma’mun akademiyasi Markaziy Osiyo ilm-fanini rivojlantirishdagi
o’rni, ilmiy bilimlarni to’plashdagi ulkan hissasini inobatga olgan holda 1997 yilning
11 noyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun
akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni imzolandi. Shu yilning
noyabr oyida arxeologiya, tarix va falsafa, til va adabiyot, biologiya muammolarini
tadqiq etuvchi bo’limlar tashkil qilindi.
Ayni vaqtda “Xorazm Ma’mun akademiyasi”da jami 58 nafar (shu jumladan, 2
nafar akademik, 8 nafar fan doktori, 24 nafar fan nomzodi) ilmiy xodim tomonidan
arxeologiya, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyot va biologiya sohalarida keng
ko’lamli tadqiqotlar olib borilmoqda. Yana shuni ham aytib o’tish lozimki, 2005 yili
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 noyabridagi qaroriga
muvofiq Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
Doston
– tarixiy voqea-hodisalarning mohiyati, xalq qahramonlarining
56
faoliyatini badiiy to’qimalar vositasida nasr va nazmda ifodalab, avloddan avlodga
uzatiladigan epik asar.
Do'stlaringiz bilan baham: |