Dissertatsiya
– muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati
tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida
ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma
huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar.
Disterveg, Fridrix Vilgelm Adolf
(1790-1866 y.y.) – buyuk nemis pedagogi. U
Vestfaliyadagi sanoat shaharchasi Zigenda chinovnik-yurist oilasida tug’ilgan.
Dastlabki ma’lumotni o’rta maktabda olgan. 1808 yilda Xerborn universitetiga kirib,
matematika, falsafa va tarixni o’rgandi. Tyubingen universitetida ham tahsil olgan.
Falsafa fanlari doktori ilmiy unvonini olishga musharraf bo’lgan. Avval Mers-
Reynda, so’ngra Berlinda pedagogik seminariyalarga rahbarlik qiladi. A.Disterveg
seminariyada pedagogika, matematika, nemis tili va boshlang’ich ta’limdan dars
berib, darslik va qo’llanmalar nashr qildi. A.Disterverg matematika, nemis tili,
geografiya, matematik geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va
qo’llanmalar nashr qildi. Ular orasida eng mashhuri “Nemis o’qituvchilarini o’qitish
uchun qo’llanma” asari sanaladi. 1827 yildan to umrining oxirigacha “Tarbiya va
ta’lim uchun Reyn varaqalari” nomli jurnal ta’sis qilib, unda pedagogik masalalarga
oid to’rt yuzdan ortiq maqola chop ettirdi. Pedagog hayotlik vaqtidayoq “nemis
muallimlarining muallimi” degan faxrli nomni oldi. 1866 yilda vabo bilan og’rib,
vafot etdi.
Taniqli nemis pedagogining mashhur pedagogik g’oyalari quyidagilar sanaladi:
1. Aholining barcha qatlami ta’lim olishi mumkin bo’lgan o’quv muassasalari
faoliyatini yo’lga qo’yish muhim. Unga ko’ra ta’lim muassasalarini ma’lum turlarga
ajratish maqsadga muvofiqdir. M: kambag’allar uchun – xalq maktabi, byurger
(o’rtahol aholi uchun) – real o’rta maktabi, dvoryanlar va chinovniklar uchun –
klassik gimnaziya bo’lishi mumkin. 2. Maktabning asosiy vazifasi “chinakam
prussiyaliklar”ni emas, balki insonparvar kishilar va ongli fuqarolarni tarbiyalashdan
iboratdir. 3. Har bir o’quvchida nafaqat o’z millatiga, balki butun insoniyatga
nisbatan mehr-muhabbatni rivojlantirish lozim. Pedagogning asosiy shiori: “Inson –
mening nomim, nemis – mening laqabim”. 4. Tarbiyaning oliy maqsadi “haqiqatga,
go’zallikka va yaxshilikka xizmat qilishga qaratilgan tashabbuskorlikdir. 5.
Tarbiyaning eng muhim tamoyili – bu uning tabiatga uyg’un bo’lishidir (Pestalossi
kabi). 6. Tarbiya, yana shuningdek, millatning madaniy rivojlanishi uyg’un
53
xarakterda bo’lishi ham kerak. 7. Mohir pedagoglarning bolalarni tarbiyalashga doir
ish tajribalarini o’rganish zarur. 8. Psixologiya – tarbiya to’g’risidagi fanning asosi.
Mahoratli pedagog Pestalossi kabi ta’limning asosiy vazifasi bolalarning aqliy
kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirishdan iborat; o’quvchining mustaqil o’zlashtirgan
bilim va malakalari amaliy qimmatga ega, deb hisoblaydi. U o’quv fanlarining
o’quvchilarni har tomonlama kamolga yetkazishdagi rolini yuqori baholaydi.
Ayniqsa, tabiiyot, matematika fanlarining ahamiyatini yuksak baholab, ular
bolalarning aqliy o’sishi uchun muhim vosita ekanligini ko’rsatdi, barcha tipdagi
umumta’lim maktablarida bu fanlarni o’qitish, ular vositasida o’quvchilarni hayotga
amaliy tayyorlash lozim deb hisoblaydi. Taniqli pedagog boshlang’ich ta’limni
shaxsni ma’lumotli qilishdagi eng muhim asos deb biladi. Shu sababli bu davrni
tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlaydi. A.Disterveg
boshlang’ich maktabning o’quv rejasiga tabiiyot, fizika, amaliy geometriya va
geografiyadan boshlang’ich ma’lumotlarning kiritishni, rejani kengaytirishni
yoqlaydi. Uning fikricha, o’qituvchi boshlang’ich ta’limda ko’rsatmali o’qitish yo’li
bilan bolalardagi barcha sezgi a’zolarini o’stirishga alohida e’tibor berishi lozim.
A.Disterveg o’qitishning 33 qonuni va qoidasi tarzida bayon qilingan
takomillashtirilib boriladigan ta’lim didaktikasini yaratdi. Bu qoidalar orasida:
“O’quvchilar tomonidan o’rganilgan bilimlar unutilishining oldini olish”, “Fanlar
asoslarini o’rgatishda shoshilmaslik” kabilar muhim ahamiyatga ega. Taniqli pedagog
o’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga yuksak talablari qo’yadi. Ular: 1. O’qituvchi
o’qitish chog’ida bolalarning tashabbuskorligini o’stirishi, ularni bilimlar bilan
qurollantirishi lozim. 2. O’qituvchining o’qitish ishini puxta ishlangan o’quv rejasi
va yaxshi darslik asosida tashkil etishi kutilgan natijalarni beradi. 3. Ta’limning
muvaffaqiyatli bo’lishi nafaqat darslik yoki qo’llaniayotgan metodga, balki
o’qituvchining mahoratiga ham bog’liq. 4. Yaxshi o’qituvchi mutaxassislik fani
asoslarini mukammal egallab olgan bo’lishi, o’z kasbini, bolalarni sevishi kerak. 5.
Darsda barcha o’quvchilar tetik bo’lishlari, o’qituvchi g’ayrat bilan dars berish orqali
ularning
aqliy
qobiliyatlarini
rivojlantirishi,
irodalarini
mustahkamlashi,
xarakterlarini tarkib toptirishi kerak. 6. Yaxshi o’qituvchi o’zining tarbiya
tamoyillarini qat’iyat bilan, og’ishmay amaliy jarayonga tatbiq etib boradi. 7.
O’qituvchi o’z ustida muntazam ishlashi lozim, shundagina u o’quvchilarni bilimlarni
matonat bilan egallashga o’rgatadi, qiyinchilikni yenga oladigan shaxs etib
tarbiyalaydi.
Disterveg o’qituvchining mustahkam xarakteri va o’tkir iroda kuchi ham katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O’qituvchi qattiqo’l va talabchan
bo’lish bilan birga, adolatli bo’lishi ham kerak, faqat shundagina u o’z o’quvchilari
orasida obro’ qozonishi mumkin. O’qituvchi haqiqiy inson, mustahkam e’tiqodli
bo’lishi lozim. Yomon o’qituvchi haqiqatni to’g’ridan-to’g’ri aytib beradi, yaxshi
o’qituvchi esa o’quvchilarni haqiqatni topishiga o’rgatadi. O’qituvchilar o’zlari
o’qitayotgan fanga taalluqli asarlar bilan izchil tanishib borishlari kerak. Qolaversa,
tarix, adabiyot, pedagogika, psixologiya va metodikaga doir manbalardan xabardor
bo’lib turishlari zarur. Zamonaviy sharoitda ko’rsatmali ta’limdan foydalanishning
afzalliklarini ko’rsatib beradi. U e’tirof etayotgan ko’rsatmali ta’lim “yaqindan
uzoqqa”, “oddiy narsalardan murakkab narsalarga”, “osonroq narsalardan qiyinroq
54
narsalarga”, “ma’lum narsadan noma’lum narsaga” o’tish tamoyillariga asoslanishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |