B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Estetik  tarbiya   
(lot.  “aisthetes”  –  his  qilaman,  yun.  “aisthetikos”  –  hissiy 
idrokka  oid)  –  shaxsni  ijtimoiy  voqelik,  tabiat  va  mehnat  munosabatlari,  turmush 
go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rganish, uning estetik didini 
o’stirish,  go’zallikka  muhabbat  uyg’otish,  go’zallikni  yaratish  qobiliyatlarini 
tarbiyalash jarayoni. Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliq, 
voqelik, maishiy turmush, mehnatga estetik munosabatini shakllantirishdan iborat. 
Ijtimoiy  tarbiyaning  bu  turi  shaxsda  axloqiy  qiyofa,  ijobiy  xulq-atvor 
me’yorlarini  tarkib  toptirish,  ularning  ijodiy  qobiliyatlarini  taraqqiy  ettirishga  katta 
ta’sir  ko’rsatadi.  Ta’lim  muassasalarida  musiqa,  tasviriy  san’at  darslari,  adabiyot 
fanlarini  o’qitish  estetik  tarbiyani  samarali  yo’lga  qo’yishga  yordam  beradi. 
SHuningdek, estetik tarbiyani olib borish jarayonida o’quvchilarda estetik his-tuyg’u, 
estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go’zallikni 
sevish, go’zallikka intilish tuyg’ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Oilada  va  ta’lim  muassasalarida  nafosat  tarbiyasini 
tashkil  etish  orqali  o’quvchilarda  estetik qiziqish,  estetik  ehtiyoj,  estetik  his-tuyg’u, 
estetik  did,  estetik  mulohaza,  estetik  ong,  estetik  ideal,  estetik  qarash  hamda  estetik 
faoliyat ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Estetik  tarbiyani  tashkil  etishda  quyidagi  vazifalar  hal  qilinadi:  o’quvchilarga 
ijtimoiy  voqelik,  tabiat  va  mehnat  munosabatlari,  turmush  go’zalliklari,  ularni 
anglash  to’g’risidagi  bilimlarni  berish;  o’quvchilarda  ijtimoiy  voqelik,  tabiat  va 
mehnat  munosabatlari,  turmush  go’zalligini  anglash,    his  qilish  qobiliyatini  
tarbiyalash;  o’quvchilarda  mavjud  go’zalliklarni  qadrlash  hissi,  estetik  didni 
shakllantirish,  go’zallikka  muhabbat  uyg’otish;  o’quvchilarda  go’zallikni  yaratish 
ehtiyojini qaror toptirish, estetik qobiliyat va madaniyatni shakllantirish.     
Nazariy  va  amaliy  estetik  bilimlarni  egallash  asosida  o’quvchilarda  quyidagi 
holatlar  ko’zga  tashlanadi:  estetik  bilimlarning  tarkib  topganligi;  estetik 
madaniyatning  tarbiyalanganligi;  estetik  va  madaniy  meros  namunalaridan  xabardor 
bo’lish;  estetik  tuyg’uning  rivojlanganligi;  ijtimoiy  hayot,  tabiat  va  mehnat 
go’zalliklarini  his  etishi;  go’zallikka  intilish  ehtiyojining  rivojlanganligi;  estetik 
idealning shakllanganligi; fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko’rinishda go’zal 
bo’lishga intilish. 
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go’zal jihatlarini 
ko’ra  olishnigina  emas,  balki  ichki  go’zallikni  his  qilish  xislatini  ham  tarbiyalaydi, 


 
61 
insondagi xulqiy go’zallikni qadriga yetishga undaydi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish