B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Etika  (axloqshunoslik)
  –  ijtimoiy  axloq  me’yorlari,  ularning  shaxs  hamda 
jamiyat  hayotidagi  o’rnini,  axloqning  shakllanish  shart-sharoitlari  va  shakllarini 
o’rganuvchi fan. 
 
Etnopedagogika 
(yun.  “ethnos”  –  xalq)  –  etnik  guruhlarning  bolalarni 
tarbiyalash  va  ularga  ta’lim  berishga  oid  amaliy  tajribalari, oila,  urug’,  qabila, xalq, 
millatning qadimgi  axloqiy-etik, estetik  qarashlari  to’g’risidagi  fan. Etnopedagogika 
tushunchasi ilk bor o’tgan asrning 60-yillarida G.N.Volkov tomonidan qo’llanilgan. 
 
Etti  san’at  fanlari 
(lot.
 
“septem  artes  liberales”  –  yetti  erkin  san’at)  –  qad. 
Gretsiya,  Rimda  ellin  davrida,  shuningdek,  o’rta  asrlarda  G’arbiy  Yevropada 
o’qitilgan  o’quv  fanlari,  ya’ni  predmetlar  to’plami.  Qadimda  va  o’rta  asrlarda 
yashagan mutafakkirlarning fikrlariga ko’ra, yetti san’at fanlari asoslarini mukammal 
egallay olgan shaxsgina yetuk, komil deya tan olingan.    
Tushunchani  ifodalashda  qadimda  “erkin  fanlar”  (lot.  “doctrinae  liberales”), 
“erkin  mashg’ulotlar”  (lot.  “liberalia  studia”)  atamalari  ham  qo’llanilgan.  Biroq,  bu 
tushunchani  “erkin  san’at”,  “san’at  erkinligi”  atamalari  bilan  adashtirmaslik  lozim. 
Zero,  ushbu  tushunchalar  san’at  sohasida  qo’llaniladigan  tushunchalar  bo’lib, 
mutlaqo individual xarakterga ega. Qad. Gretsiya va Rimdayoq o’quv predmetlarning 
ro’yxatini  ishlab  chiqishga  harakat  qilingan.  Dastlab  ular  “fanlar”,  keyinchalik  esa 
“erkin  fanlar”  deb  nomlangan.  Ushbu  fanlar  o’z  mohiyatiga  ko’ra  falsafa 
mashg’ulotlari  uchun  tayyorgarlik  sifatida  qabul  qilingan.  “Erkin  mashg’ulotlar” 
tizimining asoschisi, qadimgi yunon faylasufi, mashhur notiq Suqrotning zamondoshi 
Gippiy Elidskiy (e.av. 460-400 y.y.) hisoblanadi. U Platonning bir qator dialoglarida 
yetakchi  shaxs  bo’lgan.  Faylasuf  o’z  davrining  juda  ko’plab  fanlari  bo’yicha 
bilimdon  bo’lganligi  sababli,  “ko’p  narsani  biluvchi”,  ya’ni  “Poligistor”  nomini 
olgan.  U,  shuningdek,  iste’dodli  notiq  va  o’ziga  xos  xotira  egasi  bo’lgan.  Juda 
ko’plab  notiqlik  chiqishlarini  hech  bir  tayyorgarliksiz  amalga  oshirgan.    Gippiy 
Olimpiada o’yinlari g’oliblarining ro’yxatini tuzgan.      
Qadimda  o’quv  predmetlari  sifatida  “etti  erkin  san’at”ning  tanlanishida  asosiy 
e’tibor  ular  asosida  o’zlashtirilgan  bilimlarning  shaxs  erkinligini  ta’minlay  olishiga 
qaratilgan.  Bu  o’rinda  “san’at”  tushunchasi  negizida  fanning  badiiy  qiymati  emas, 
balki  amaliy  ahamiyati,  ya’ni  tabiat,  borliqni  amaliy  kuzatishda  alohida  ahamiyatga 


 
62 
ega  bo’lgan  tizimli  nuqtai  nazar  inobatga  olingan.  Mazkur  tizimda  fanlar 
qo’yidagicha o’rin olgan: so’z  san’ati (grammatika va ritorika), fikrlash (dialektika) 
hamda sonlar (arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa). “Etti san’at fanlari”ning 
dastlabki  sikli:  grammatika,  ritorika,  dialektika  –  triviy  (yoki  “trivium”;  uch  yo’l 
chorrahasi),  ikkinchi  sikli:  arifmetika,  geometriya,  astronomiya,  musiqa  –  kvadriviy 
(yoki kvadrivium; “to’rt yo’l”) deb nomlangan.   
“Etti  erkin  fanlar”  asoslari  e.  V  asrida  Marsian  Kapella  tomonidan  uning 
“Filologiya  va  Markuriyning  nikohi  to’g’risida”gi  traktatida  tizimlashtirilgan.  O’rta 
asrlarda  universitetlarining  dastlabki  bosqich  (kurs)larida  “etti  erkin  san’at”  fanlari 
san’at  fakultetida,  yuqori  bosqich  (kurs)larda  esa  ilohiyot  (teologiya),  tibbiyot  va 
huquqshunoslik  fakultetlarida  o’qitilgan.  Boshqa  fanlar  yillar  davomida,  juda 
qiyinchilik  bilan  “etti  erkin  fanlar”  tizimiga  kiritilgan  va  XII  asrga  kelibgina  tizim 
tubdan o’zgartirilgan. XIII asrda esa “etti san’at fanlari” tizimi eskirgan deb topilgan. 
Keyinchalik  esa  “gumanitar  fanlar”  tushunchasining  sinonimi  sifatida  “mustaqil 
fanlar” deb yuritila boshlangan. Ayni vaqtda “etti san’at fanlari” tizimining qismlari 
sifatida  san’at,  gumanitar  va  ijtimoiy,  kam  holatlarda  esa  matematika  fanlari  e’tirof 
etiladi.  
Biroq,  shuni  ham  aytib  o’tish  lozim,  zamonaviy  G’arb  mamlakatlarining  ilmiy 
daraja tizimida ham, m: san’at magistri va falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo’lish 
uchun  “etti  erkin  fanlar”  asoslarini  puxta  o’zlashtirish  talab  qilinadi.  Zero,  ushbu 
fanlar axborot, ma’lumotlarni tahlil qilish, sharhlashni o’rgatadi, shuningdek, shaxsiy 
fikrni ifodalash malakasini shakllantiradi, deb hisoblanadi.  
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish