Ekskursiya –
narsa va hodisalar mohiyatini tabiiy sharoitlar (ishlab chiqarish
muassasalari, fermer va jamoa xo’jaliklari, tabiat) yoki maxsus muassasalar (muzey,
ko’rgazma zallari va sh.k.)da bevosita o’rganilishini tashkil etish.
Ertak – to’qima obrazlar, voqea-hodisalar asosida yoritiladigan epik badiiy asar.
Unda insonlarga xos maishiy turmush tarzi sehrgarlik va sarguzashtga boy tarzda
talqin etiladi. Ertaklardan xalq pedagogikasida samarali foydalanish yosh avlodda
59
yaxshilikka, ezgulikka, mo’’jizaga, shaxs tomonidan tashkil etiladigan har bir xatti-
harakatning o’z bahosini olishiga ishonchni hosil qiladi.