Ta’limning ommaviy shakli – turg’un o’quvchilar guruhi – jamoasi bilan
o’quv faoliyatini tashkil etish, sinfdagi jami o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligi
ostida birgalikda muayyan harakatlarning bajarilishini nazarda tutadigan ta’lim
shakli. XV asrda ommaviy (jamoaviy) o’qitishni tashkil etish g’oyasi ilk bor
Muhammad Tarag’ay Ulug’bek tomonidan ilgari surilgan. Mutafakkir o’zining
madrasalarida individual mashg’ulotlar tizimini bekor qilgan va jamoaviy, ya’ni sinf-
dars tizimiga yaqin bo’lgan shaklni joriy qilgan. XV va XVI asrlar davomida
Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi. Bu o’zgarishlar bolalarga
ta’lim berishning ommaviy shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi.