Ta’limning jamoaviy shakli
– o’qituvchi tomonidan o’quvchilar faoliyatini
tashkiliy jihatdan yaxlit, bir butun jamoa tarzida uyushtirilishi. Pedagogik
amaliyotda ta’limning mazkur shakli ko’p hollarda o’quvchi (talaba)lar jamoalarida
ma’ruzalarni tashkil qilish, musobaqalarni tashkil etishda qo’llaniladi.
Ta’limning individual-guruhli shakli
– ta’lim jarayonida o’qituvchi tomonidan
bir vaqtning o’zida ham o’quvchi bilan individual ishlash, ham o’quvchilar guruhi
yoki guruhlarini boshqarishni tashkiliy jihatdan uyushtirilishi. O’qitishning mazkur
shakli XVI asrda Yevropada keng ommalashgan bo’lsa, Markaziy Osiyo davlatlarida
ta’limning bu shaklidan ilk o’rta asrlarda ham foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |