206
ta’limi muassasalarida: keyingi 3-5 kun mobaynida davomatni qo’shimcha tekshirish
o’tkaziladi; o’quvchi (talaba)larning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi reyd
tekshirishlari yo’li bilan bir yilda kamida ikki marta qo’shimcha ravishda o’rganiladi,
o’rganish asosida ularning mashg’ulotlarga qatnashmasligi sabablari aniqlanadi.
Ta’lim oluvchilarning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi darajasi 70 foizdan pastni
tashkil etadigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida maxsus guruh
tomonidan doimiy asosda davomat monitoringi amalga oshiriladi.
O’quvchi (talaba)larning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi monitoringini
amalga oshirish maqsadida har bir ta’lim muassasasida O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, , Oliy va o’rta-maxsus,
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi tomonidan belgilanadigan shakl bo’yicha
“O’quvchi (talaba)larning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi monitoringi daftari”
(Monitoring daftari) yuritiladi.
Monitoring daftari qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi. Unda aks
ettirilgan axborotning ishonchliligi uchun tegishli maxsus guruh rahbari mas’ul
hisoblanadi. Monitoring daftariga rejali va tanlab tekshirishlar davomida maxsus
guruh tomonidan aniqlangan ma’lumotlar, shu jumladan o’tkazilgan rejali yoki tanlab
tekshirishlar sanasi, vaqti, o’quv guruhi raqami, o’quv fanining nomi, o’qituvchining
familiyasi, ismi, otasining ismi, ro’yxat bo’yicha o’quvchilar soni, mashg’ulotda
hozir bo’lgan o’quvchilarning amalda mavjudligi, sabablari ko’rsatilgan holda
mashg’ulotda qatnashmaganlar ro’yxati kiritiladi. Aniqlangan ma’lumotlar maxsus
guruhning rahbarlari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining
direktorining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Monitoring yakunlari bo’yicha: maxsus guruhlar hududiy boshqarmalar bilan
birgalikda o’quvchi (talaba)larning o’quv mashg’ulotlariga qatnashish darajasini
oshirish, kam sonli o’quv guruhlarini birlashtirish, o’qituvchilarning yuklamasini
o’zgartirish hisobiga byudjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish bo’yicha
taklif va tavsiyalarni tayyorlaydi, ko’rib chiqish uchun Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga kiritadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi: o’quvchi (talaba)larning
o’quv mashg’ulotlariga qatnashmasligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan
tashqari, sabablarining oldini oluvchi shart-sharoitlar yaratish; o’qituvchilarning
o’quv yuklamasi (ta’rifikatsiya)ni tegishli ravishda qisqartirgan holda kam sonli
o’quv guruhlarini birlashtirish; o’qituvchilarning o’quv yuklamasi (ta’rifikatsiyasi)
qisqarishi
munosabati
bilan
tegishli
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining xarajatlar smetasiga o’zgartirishlar kiritish tadbirlarini amalga
oshirish bo’yicha qo’shma qaror qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: