Tarbiyaviy ta’sir
– ijtimoiy subyektlar (ota-ona, yoshi katta shaxs, o’qituvchi
hamda tengdoshlar) tomonidan shaxsiy ibrat ko’rsatish orqali bevosita yoki bilvosita
shaxsning ongi, xulq-atvori, yurish-turishi, mulomalasiga ta’sir qilish. Mohiyatiga
ko’ra tarbiyaviy ta’sir ijobiy yoki salbiy xarakterga ega bo’ladi. Pedagogik jarayonda
o’quvchi (talaba)larda ijtimoiy ong, dunyoqarash va ijobiy sifatlarni shakllantirishda
ijobiy xarakterga ega tarbiyaviy ta’sirlardan foydalanishga e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |