186
erkinligisiz tarbiya g’oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya
jarayoni oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o’zida o’quvchi va o’qituvchi
ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi.
4. Yo’naltirilganligi. Mazkur g’oya ta’lim
muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar,
ularning shakl, metod va vositalari emas, balki o’quvchi turganligini anglatishga
xizmat qiladi. Shuningdek, yo’naltirilganlik tarbiya jarayonining shaxsga milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni anglatish, bilim, ko’nikma va malakalar birligi asosida
har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qilishini ham anglatadi. 5. O’z-o’zini
anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning
shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri –
insonning hayotiy o’z-o’zini anglashi, o’z shaxsiy hayoti va faoliyatining subyekti
sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. 6. Jamoaviylik. Tarbiyaviy ishlar
mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa
yordamida shaxs kamoloti ta’minlanadi, unda moddiy borliqni anglash,
insonparvarlik va o’zaro hamkorlik tuyg’ulariga ega bo’lishi uchun zarur sharoit
yaratiladi. 7. Insonparvarlik. Tamoyil tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsini hurmat
qilish, uning qiziqish, xohish-istaklarini tushuna olish zarurligini ifodalaydi. 8.
Ilmiylik. Tarbiya jarayonining mazmuni, shakl, metod va vositalarining zamonaviy
fan va texnika darajasiga muvofiq kelishini ifodalaydi. 9. Pedagogik jarayonning
hayot va amaliyot bilan bog’liqligi. Mazkur tamoyil o’zida o’quvchilar tomonidan
o’zlashtirilayotgan nazariy bilimlarning hayotiy voqeliklarga asoslanishi, amaliyot
bilan bevosita bog’liqligini ta’minlash maqsadga muvofiqligini yoritadi. 10. Izchillik,
uzluksizlik va tizimlilik. Ushbu tamoyil tarbiya jarayonida o’quvchilar tomonidan
avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma, malaka, ma’naviy-axloqiy sifatlarning
mustahkamlanishi, yanada rivojlantirilishi va takomillashtirilishini ham anglatadi. 11.
Ko’rsatmalilik. Mazkur tamoyil negizida aqliy bilish va borliqni hissiy qabul
qilishning o’zaro bog’liqligi aks etadi. 12. Estetik g’oyalarning ustuvorligi. Mazkur
tamoyil o’quvchilarda tabiiy va ijtimoiy borliqqa estetik munosabatni shakllantirishga
xizmat qiladigan ta’lim va tarbiyani ma’naviy-axloqiy sifatlarga egalikning asosi
sifatida qabul qilinishini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: