B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Taqdirlash
  –  bolalar,  o’smirlarning  xatti-harakatlari,  faoliyatlariga  berilgan 
ijobiy baholarga tayangan holda ularni mukofotlash usuli.  
 
Taqiq
  –  ota-onalar,  oilaning  katta  yoshli  a’zolari,    o’qituvchilar  tomonidan 
nojo’ya,  ijtimoiy  axloq  me’yorlariga  zid  hatti-harakatlari,  yurish-turishlari,  xulq-
atvorlari,  gap-so’zlari  uchun  bolalar,  o’smirlarni  ular  avval  foydalanib  kelingan 
imtiyozlardan mahrum etish.
 
 
Taqiqlash
  –  xulq-atvori,  xatti-harakatlari,  yurish-turish  yoki  gap-so’zlari 
qoralangan  bolalar,  o’smirlarni  ular  foydalanib  kelgan  muayyan  imtiyozlardan 
mahrum etish, imtiyozlardan foydalanishni to’xtatib qo’yish usuli.  
 
Tarbiya  jarayoni
  – 
1)
  muayyan,  aniq  maqsad  va  ijtimoiy  tajriba  asosida  yosh 
avlodni  har  tomonlama  o’stirish,  uning  ongi,  xulq-atvori,  dunyoqarashini  tarkib 
toptirish  jarayoni; 
2)
  o’qituvchi  va  o’quvchi  (tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchi)lar 
o’rtasida  tashkil  etilib,  aniq  maqsadga  yo’naltirilgan  hamkorlik  jarayoni.  Bu 
jarayonda  tarbiyalanuvchining  ongi  shakllana  boradi,  his-tuyg’ulari  rivojlanadi, 
ijtimoiy  hayot  uchun  zarur  bo’lgan  ijtimoiy  aloqalarni  tashkil  etishga  xizmat 
qiladigan  xulqiy  odatlar  hosil  bo’ladi.  Tarbiya  jarayonida  bolalar  faoliyatini  to’g’ri 
uyushtirish muhim. Bu jarayonda o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini 
ham  o’stirib  borish,  unda  jamiyatning  shaxsga  qo’yadigan  axloqiy  talablariga 
muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. O’qituvchi tarbiya 
jarayoniga rahbarlik qiladi. 
Tarbiya  yaxlit  jarayonda  amalga  oshirilib,  uning  tarkibiy  qismlari  ayni  bir 
vaqtda,  faoliyatning  biror  turi  asosida  namoyon  bo’ladi.  Mazkur  jarayon  o’ziga  xos 
xususiyatlarga  ega.  Bu  xususiyatlar  quyidagilardan  iborat:  aniq  maqsadga 
yo’naltirilganlik;  uzoq  muddat  davom  etishi  (tarbiya  natijalari  tez  sur’atda  yaqqol 
ko’zga  tashlanmaydi);  uzluksizligi  (o’quvchilar  va  o’qituvchining  birgalikdagi 
uzluksiz,  tizimli  harakatlari);  yaxlit,  tizimli  tashkil  etilishi;  ikki  tomonlama  aloqa, 
qarama-qarshiliklarning mavjud bo’lishi. 
Pedagogikada  tarbiya  jarayonining  muvaffaqiyatli  kechishi  uning  maqsadi, 


 
183 
shakllari,  metodlari,  vositalari,  mavjud  pedagogik  shart-sharoitlar,  shaxsning  o’zini-
o’zi  tarbiyalash  va  qayta  tarbiyalash  ehtiyojiga  egaligiga  bog’liqligi  ko’rsatiladi. 
Tarbiya  jarayonida  tarbiyalanuvchi  shaxsida  ongning  shakllanib  borishi,  his-
tuyg’ularning  rivojlanishi,  ijtimoiy  hayot  uchun  zarur  bo’lgan  ijtimoiy  aloqalarni 
tashkil  etishga  xizmat  qiladigan  xulqiy  odatlarning  hosil  bo’lishi  kabi  o’zgarishlar 
kuzatiladi.  Tarbiya  jarayonida  uning  maqsadi,  shakl  va  metodlari,  shaxsning  o’zini-
o’zi  tarbiyalash  va  qayta  tarbiyalash  jihatlari  muhim  o’rin  tutadi.  Tarbiya  mazmuni 
ijtimoiy  tuzum  buyurtmasi  asosida  belgilanib,  uning  amalga  oshishi  uchun  ma’lum 
shart-sharoitlarning  mavjudligi  talab  etiladi.  Tarbiya  jarayonini  tashkil  etishda, 
jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  sohalarida  yuz  berayotgan 
o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar  mohiyatini chuqur anglab yetish talab 
etiladi.  Binobarin,  kishilik  jamiyati  tarixiy  taraqqiyotining  turli  davrlarida  shaxs 
tarbiyasiga  yondashuv  ham  mazmunan,  ham  shaklan  o’zgarib  boradi.  XXI  asr 
insoniyat  tarixidan  “kompyuter  asri”  nomi  bilan  o’rin  oldi.  Bu  esa  shaxsni 
tarbiyalashga  o’ziga  xos  yondashuvni  qaror  toptirishni  taqozo  etadi.    Biroq,  fan-
texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotidan muhim joy olib, ishlab chiqarish 
jarayonlarining  tezlashuviga  qanchalik  samarali  ta’sir  etmasin,  tarbiya  nazariyasida 
shaxsni  komil  etib  tarbiyalash,  bu  borada  Markaziy  Osiyo  mutafakkirlari,  xalq 
pedagogikasi  hamda  jahon  pedagogikasining  ilg’or  fikrlariga  tayanib  ish  ko’rish 
zarur.  
Tarbiyaning shaxs kamolotiga ta’siri quyidagilarda ko’rinadi: 1) tarbiya ta’sirida 
muhit  bera  olmagan  bilim,  ma’lumot  egallanadi,  mehnat  va  texnik  faoliyat  bilan 
bog’liq  ko’nikma,  malakalar  hosil  bo’ladi;  2)  tarbiya    tufayli    tug’ma    kamchiliklar 
ham  o’zgartirilib,  shaxs  kamolga  yetadi;  3)  tarbiya  yordamida  muhitning  salbiy 
ta’sirini ham yo’qotish mumkin; 4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish