Takrorlash-umumlashtirish darsi – o’rganilgan bir necha mavzular bo’yicha
o’zlashtirilgan bilimlarni qayta yodga olish, mustahkamlash, ular o’rtasidagi
aloqadorlik, bog’liqlik asosida umumiy xulosalarga kelish maqsadini ifodalovchi
dars. Bu turdagi darslarda o’qituvchi tomonidan quyidagi pedagogik vazifalar hal
qilinadi: tashkiliy masalalarni hal qilish; o’qituvchining dars maqsadi va rejasini
bayon etuvchi kirish nutqi; o’quvchilar tomonidan jamoaviy yoki individual ravishda
umumlashtirish
yoki
tizimlashtirish
xarakteridagi
og’zaki
yoki
yozma
topshiriqlarning bajarilishi; bajarilgan ishlarni tekshirish; o’rganilgan material
bo’yicha muayyan xulosalarga kelish; dars natijalarini baholash; darsni yakunlash;
uyga vazifa berish.